3. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul bazasi orqali muomaladagi
pul massasiga bevosita va faol tarzda ta’sir etish imkoniyatiga ega.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki majburiy zaxira siyosatidan an’anaviy
monetar instrument sifatida faol tarzda foydalanmoqda.
Majburiy zaxira ajratmalari
esa pul bazasining muhim elementi bo’lib, pul massasining multiplikativ ko’payishiga
bevosita ta’sir ko’rsatadi. Pul bazasining elementlaridan yana biri tijorat banklarining
Markaziy bankning balansidagi «Vostro» vakillik hisobraqamlarining qoldiqlari
bo’lib, Markaziy bankning obligatsiyalarini tijorat banklariga sotish yo’li bilan uning
miqdorini kamaytirish mumkin. Yoki Markaziy bankning REPO operatsiyalaridan
foydalanish orqali «Vostro» vakillik hisobraqamlarining qoldiqlari miqdorini oshirish
mumkin. Bunda, ayniqsa, Markaziy bank tomonidan qimmatli qog’ozlarni qaytarib
sotib olish sharti bilan sotish usulidan keng foydalanish mumkin.
Amalda tijorat banklarining pullari Markaziy
bankning pullari asosida
shakllanadi. Pul bazasining keskin qisqarishi pul agregatlari miqdorining
kamayishiga olib keladi. Buning sababi shundaki, tijorat banklarining «Nostro»
vakillik hisobraqamlari qoldiqlarining kamayishi birinchi navbatda ularning
balansidagi depozitlar miqdorining kamayganligini anglatadi.
«Keng» pul bazasi tarkibiga odatda tijorat banklarining
Markaziy bankning
balansida ochilgan vakillik hisobraqamlarining qoldiqlari, muomalaga chiqarilgan
naqd pullar va majburiy zaxira ajratmalari kiradi (shunisi xarakterliki,
respublikamiz tijorat banklari milliy valyutada faqat bittagina vakillik
hisobraqamiga ega bo’lib, u ham bo’lsa Markaziy
bankning balansida ochilgan
vakillik hisobraqamidir). Vakillik hisobraqamlari qoldiqlarining banklararo hisob-
kitoblarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan miqdordan yuqori bo’lishi tijorat
banklarining kredit faolligini past ekanligidan, bank aktivlari daromadlilik
darajasining etarli darajada emasligidan va pul massasining
multiplikativ asosda
ko’paytirish imkoniyatidan to’liq foydalanilmayotganligidan dalolat beradi.
Buning sababi shundaki, muomaladagi pullarning asosiy qismi tijorat banklari
kredit emissiyasining natijasidir.
Banklarning vakillik hisobraqamlarida pul mablag’larining to’planishi jalb qilingan
mablag’lardan va bankning o’z mablag’laridan aktiv operatsiyalarda va,
birinchi
navbatda, kredit operatsiyalarida foydalanilmayotganligidan dalolat beradi. Masalan,
tijorat banklarining xorijiy valyutalardagi “Nostro” vakillik hisobraqamlarida
vaqtinchalik valyuta mablag’larining etishmasligi muammosi xorijiy vakil bankning
overdraft kreditlari orqali qisqa vaqt oralig’ida hal qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: