stavkalarini yuqori chegarasiga nisbatan o’rnatilgan cheklovni aylanib o’tish
maqsadida NAU hisobraqamini ixtiro qildilar. Ya’ni, bunda tijorat banki mijoz
bilan kelishgan holda, mijozning joriy hisobraqamidagi pul mablag’ini muddatli
depozit hisobraqamiga olmasdan turib ishlatadi.
Lekin mijozga yuqori foiz
to’laydi. Bu erda Markaziy bank tijorat bankiga e’tiroz bildira olmaydi. Chunki,
Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan cheklov muddatli va jamg’arma
depozitlariga tegishli. Bunda tijorat banki transaktsion depozitga, ya’ni mijozning
talab qilib olinadigan depozit hisobraqamining qoldig’iga foiz to’layapti.
Depozitlarning foiz stavkalariga nisbatan limitlar belgilash instrumentiga xos
bo’lgan kamchiliklar va muammolarni hisobga olgan AQSh FZT ushbu
instrumentdan foydalanishni bekor qildi.
Depozitlarning foiz stavkalari ularni tijorat banklariga keng ko’lamda jalb
etishni ta’minlaydigan asosiy omil hisoblanadi. Shu sababli, tijorat banklari
muddatli va jamg’arma depozitlarning foiz stavkalarini o’zgartirish yo’li
bilan
depozitlar taklifiga ta’sir eta oladi. Shu sababli, depozitlarning foiz stavkalariga
nisbatan limitlar belgilash tijorat banklarining depozitlar taklifiga ta’sir etish
imkoniyatini keskin pasaytiradi.
Ta’kidlash joizki, taraqqiy etgan mamlakatlarda tijorat
banklari talab qilib
olinadigan depozitlardan to’g’ridan-to’g’ri, ya’ni ushbu mablag’larni muddatli
depozit hisobraqamlariga olmasdan turib foydalanishga haqli emas. Buning sababi
shundaki, banklar pul mablag’larini faqat uning egasini roziligi bilan ishlatishlari
kerak.
Respublikamizda esa, tijorat banklari mijozlarning talab qilib olinadigan
depozit hisobraqamidagi pul mablag’laridan, ularning roziligisiz foydalanadi.
Fuqarolik kodeksi bunga ruxsat etadi. Ammo talab
qilib olinadigan depozitlar
beqaror passiv bo’lganligi sababli, ulardan tijorat banklarining aktiv
operatsiyalarini moliyalashtirishda foydalanish banklarning likvidliligiga nisbatan
kuchli salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Depozitlar tijorat banklari resurslarining asosiy qismini tashkil etadi. Taraqqiy
etgan mamlakatlarda, tijorat banklari resurslarining umumiy hajmida salmog’iga
ko’ra birinchi o’rinni
depozitlar, ikkinchi o’rinni qimmatli qog’ozlarni sotishdan
olingan pul mablag’lari va uchinchi o’rinni umumiy kapital tashkil etadi. Shu
sababli, banklarning depozit bazasini mustahkamlash, ularni jalb etish jarayoniga
to’sqinlik qilmaslik banklar uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: