Taktik rejalashtirishni o‘rta muddatli (bir yildan uch yilgacha) tushunish mumkin. O‘rta muddatli rejalarda strategik maqsadlar aniqlashtiriladi. Ushbu rejalashtirish strategik rejalarda belgilangan maqsadlarni bajarishga qaratilgan bo‘ladi. Odatda, taktik rejalar o‘rta boshqaruv darajasida, masalan, kadrlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi. Taktik rejada kadrlar tadbirlari ancha batafsil qayd etiladi. Taktik rejalashtirish ishchi kuchini strategik, global rejalashtirish va operativ (tezkor)rejalashtirish o‘rtasidagi oraliq bo‘g‘indir.
Do'stlaringiz bilan baham: |