Masalaning ishlanishi: Ushbu masalani ishlash uchun biz, oqsil tarkibidagi bitta aminokislota og’irligi 120 ga tengligi hamda ikkita aminokislota o’rtasida bitta peptid bog’i mavjudligini.
120*124=14880 ribonukleaza fermenti og’irligi.
124 ta aminokislotadan iborat ribonukleaza fermentida 123 ta peptid bog’I mavjud.
12-masala: DNK ning o’ng zanjiridagi nukleotidlar ketma- ketligi CTATAGTAA --CAA bo‘lsa, chap zanjirdan transkripsiya asosida hosil bo‘lgan oqsil fragmentidagi aminokislotalar ketma-ketligini toping.
Masalaning ishlanishi:Batafsil.
DNK ning o’ng
zanjiri
|
C
|
T
|
A
|
T
|
A
|
G
|
T
|
A
|
A
|
-
|
-
|
C
|
A
|
A
|
DNK ning chap
zanjiri
|
G
|
A
|
T
|
A
|
T
|
C
|
A
|
T
|
T
|
-
|
-
|
G
|
T
|
T
|
i-RNK
|
C
|
U
|
A
|
U
|
A
|
G
|
U
|
A
|
A
|
-
|
-
|
C
|
A
|
A
|
Antikodon
|
G
|
A
|
U
|
A
|
U
|
C
|
A
|
U
|
U
|
-
|
-
|
G
|
U
|
U
|
Oqsil fragmentidagi Aminokislotalar ketma-ketligi
|
Asparagin
|
Izoleysin
|
Izoleysin
|
-
|
-
|
Valin
|
13-masala: DNK fragmentining bir zanjiridagi nukleotidlar ketma-ketligi: GGTACGATGTCAAGA dan iborat. Bu zanjirda kodlangan oqsilning birlamchi strukturasini toping.
Masalaning ishlanishi:Batafsil.
DNK ning bir
zanjiri
|
G
|
G
|
T
|
A
|
C
|
G
|
A
|
T
|
G
|
T
|
C
|
A
|
A
|
G
|
A
|
i-RNK
|
C
|
C
|
A
|
U
|
G
|
C
|
U
|
A
|
C
|
A
|
G
|
U
|
U
|
C
|
U
|
Antikodon
|
G
|
G
|
U
|
A
|
C
|
G
|
A
|
U
|
G
|
U
|
C
|
A
|
A
|
G
|
A
|
Oqsil birlamchi strukturasi
|
Glitsin
|
Treonin
|
Metionin
|
Serin
|
Arginin
|
14-masala: Agar nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ekanligini hisobga olsak, 90 ta aminokislotadan iborat oqsilni kodlovchi DNK fragmentidagi nukleotidlar sonini va DNK uzunligini toping.
Masalaning ishlanishi: Ushbu masalani ishlash uchun eng avval bitta aminokislota 3 ta nukleotidning birikishidan hosil bo’lgan tripletli kod yordamida ifodalanishini, DNK qo’sh spiralligi, spiralning bir marta to’liq aylanishi 3,4 nm hamda shu masofada 20 ta nukleotid borligi va qo’shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ekanligini bilgan holda quyidagicha bajariladi.
90*3=270 ta nukleotid DNK ning bir zanjirida mavjud, endi DNK ning ikkala zanjiridagi nukleotidlar sonini aniqlaymiz;
270*2=540 nm DNK ning ikkala zanjiridagi nukleotidlar soni.
= 91,8 nm DNK ning umumiy uzunligi.
15-masala: 1 ta aminokislotani 3 ta nukleotid kodlaydi. Har bir nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ga tengdir. Uzunligi 316,2 nm bo‘lgan gen asosida hosil bo‘lgan oqsil tarkibida nechta aminokislota va genda nechta nukleotid bo‘ladi?
Masalaning ishlanishi: Ushbu masalani ishlash uchun quyidagi ketma-ketlik bajariladi;
316,2 nm / 0,34 = 930 ta nukleotid mavjud.
930 / 3 = 310 ta aminokislota oqsil tarkibida bo’ladi.
Mustaqil ishlash uchun masalalar:
1-masala. DNK tarkibida 360 ta nukleotid bor. Shu DNK uzunligini toping.
2-masala. Oqsilning massasi 78240 Da ga teng. Shu oqsilni sintezlashda ishtirok etgan DNK ning uzunligini aniqlang. (O’rtacha bir aminokislotaning massasi 120 Da ga teng).
3-masala. DNK molekulasining tarkibida 4212 ta adenine nukleotidi bor. Adenin nukleotidi umumiy nukleotidlarning 27% ini tashkil qilsa, bu holda sitozin nukleotidining soni nechaga teng?
4-masala. Oqsil zanjirining ma’lum qismi valin-alanin-glitsin-lizin-triptofan-glutamin kislotalardan iborat. Genetik kod jadvalidan foydalangan holda DNK ning shu polipeptid bog’i sintezlanishida ishtirok etganini aniqlang.
5-masala. Oqsilning tarkibi 60 ta aminokislotadan iborat. Agar nukleotidlar orasi 3,4 A bo’lsa yuqoridagi oqsilni sintezlovchi genning uzunligi necha A gat eng bo’ladi?
6-masala. Bir molekula oqsilning sinteziga javobgar bo’lgan DNK fragmentidagi G va C nukleotidlari orasidagi H bog’lar soni bilan, A va T o’rtasidagi H bog’lari soni yig’indisi 750 ga, ayirmasi esa 150 ga teng bo’lsa, DNK fragmentidagi jami nukleotidlar sonini aniqlang.
7-masala. DNK molekulasining birinchi ipida umumiy nukleotidlarni 4,5 % ini tashkil etuvchi G joylashgan bo’lib, qolgan G ikkinchi ipda joylashgan. Ikkinchi ipda yana 162 ta C bor. Shu DNK molekulasida nechta nukleotid bor?
8-masala. DNK molekulasida 100 ta timinli nukleotid bo’lib, umumiy nukleotidlarning 10% ini tashkil etadi. Ushbu DNK molekulasidagi H li bog’lar sonini toping.
9-masala. DNK qo’sh zanjiridagi A+T yig’indisi G sonidan 18 taga ko’p. C umumiy nukleotidlarning 30% ini tashkil qiladi. DNK 1-zanjiridagi T lar soni 2-zanjirdagi G lar sonidan 2 marta ko’p bo’lsa, DNK fragmenti uzunligini aniqlang. (Qo’shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm).
10-masala. DNK fragmentida 1100 ta nukleotid bo’lib, T+G+C yig’indisi T+G+A yig’indisidan 1,2 marta katta bo’lsa, fragment tarkibidagi jami H bog’lar sonini toping.
6-§. MODDALAR ALMASHINUVI – HUJAYRA HAYOTIY
FAOLIYATINING ASOSI
Energetik almashinuv bosqichlari. Hujayrada kechadigan energetik almashinuv jarayoni hujayraning nafas olishi deb ham ataladi. Nafas olish jarayonida kisloroddan foydalanadigan organizmlar aerob organizmlar, nafas olish jarayoni kislorodsiz muhitda kechadigan organizmlar anaerob organizmlar deyiladi. Aerob organizmlarda energetik almashinuv 3 bosqichda o‘tadi:
1. Tayyorgarlik bosqichi.
2. Kislorodsiz bosqich – glikoliz.
3. Kislorodli bosqich – hujayraning nafas olishi.
1. Tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqich tirik organizmlarning ovqat hazm qilish organlarida va hujayra lizosomasi fermentlari ishtirokida o‘tadi. Bu bosqichda ovqat hazm qilish organlarida ishlab chiqiladigan fermentlar ta’sirida yuqori molekulali organik birikmalar kichik molekulalarga, ya’ni oqsillar aminokislotalarga, lipidlar glitserin va yog‘ kislotalariga, polisaxaridlar esa monosaxaridlarga parchalanadi.Tayyorgarlik bosqichida hosil bo‘lgan energiya issiqlik sifatida to‘liq tarqalib ketadi. Bu bosqichda hosil bo‘lgan moddalarning bir qismi hujayraning hayotiy jarayonlari uchun zarur bo‘ladigan organik moddalarining sintezlanishiga sarflanadi, bir qismi esa parchalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |