6CO2 + 6H2O + quyosh energiyasi → C6H12O6 + 6O2
Xlorofill pigmenti o‘ziga xos kimyoviy tuzilishga va yorug‘lik kvantlarini
ushlab qolish xususiyatiga ega. Fotosintez jarayoni hujayraning fotosintez
qiluvchi tuzilmalarida ikki bosqichda o‘tadi: yorug‘lik va qorong‘ilik bosqichlari
Yorug‘lik bosqichi xloroplastlarning tilakoidlarida kechadi. Bunda boshlang‘ich mahsulotlar sifatida yorug‘lik energiyasi, suv, ADF, xlorofi ll ishtirok etadi. Yorug‘lik kvantlari – fotonlar xlorofi ll molekulasi elektronlarini qo‘zg‘atadi. Elektronlar energiyasi hisobiga ADF va fosfat kislotadan ATF sintezlanadi. Ya’ni yorug‘lik energiyasi ATFning kimyoviy energiyasiga aylanadi. Elektronlar energiyasining bir qismi vodorod (H+) ionlarini vodorod atomlariga aylantirishga sarfl anadi. Natijada suv fotolizga uchraydi. Yorug‘lik energiyasi ta’sirida suvning parchalanishi fotoliz deyiladi. Hosil bo‘lgan vodorod atomlari NADF (nikotinamidadynindinukleotidfosfat) molekulalari – akseptorlarga birikib, energiyaga boy NADF·H hosil bo‘ladi. OH– (gidroksil) ionlari elektronlarini xlorofill molekulasiga uzatib, OH radikallariga aylanadi, radikallarning o‘zaro ta’sirlashuvidan suv va molekular kislorod hosil bo‘ladi. Fotosintez jarayonining yorug‘lik bosqichida oxirgi mahsulotlar sifatida O2, ATF, NADF·H hosil bo‘ladi. Molekular kislorod atmosferaga chiqariladi, energiyaga boy ATF va NADF·H qorong‘ilik bosqichi reaksiyalariga sarfl anadi.
Fotosintezning qorong‘ilik bosqichi xloroplastlarning stroma qismida amalga oshadi, bunda boshlang‘ich mahsulotlar sifatida CO2, ATF, NADF·H qatnashadi. NADF molekulasi tarkibidagi H atomlari va CO2 molekulalari ATF energiyasi hisobiga birikib, birlamchi uglevod – glukoza sintezlanadi. Fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan birlamchi uglevodlar bir qator reaksiyalar natijasida boshqa organik moddalarga, ya’ni aminokislota va yog‘ kislotalarga aylanadi, ulardan esa oqsil va lipidlar sintezlanadi.
2-jadval
Fotosintezning ahamiyati. Fotosintez organik birikmalar va kislorodni yetkazib beradigan birdan-bir manbadir. Fotosintezning umumiy mahsuldorligi nihoyatda yuqori bo‘lib, Yer yuzidagi o‘simliklar har yili juda ko‘p uglerodni o‘zlashtiradi. Natijada har yili bir necha milliard tonna organik moddalar sintezlanadi. o‘simliklarning yashil barglari ularga tushadigan quyosh energiyasining 1 foizini fotosintez uchun sarflaydi. Fotosintezning mahsuldorligi bargl arning 1 m2 maydoniga soatiga taxminan 1 g organik moddani tashkil etadi. 1 m² barg yozda bir kecha-kunduzda taxminan 15–16 g organik moddani hosil qiladi. o‘simliklarni issiqxonalarda sun’iy yoritish, suv bilan ta’minlanishi va boshqa sharoitlarni yaxshilash orqali fotosintez mahsuldorligini oshirish mumkin.
O‘simlik hujayralari ham kecha-kunduz nafas olib, tashqi muhitga karbonat angidrid gazini ajratib turadi. Lekin fotosintez natijasida o‘simlik hujayrasidan ajralib chiqadigan kislorod miqdori bir vaqtda davom etadigan nafas olish jarayonida olinadigan kisloroddan 20–30 baravar ko‘p bo‘ladi. Bu esa atmosfera havosi tarkibidagi kislorodning doimo muvozanatda bo‘lishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |