1-§. O’SIMLIKLARNING VEGETATIV ORGANLARI
Ildiz tukchasi-Ildiz tukchalari qoplovchi hujayralardan hosil bo’ladi. Ildiz tukchalari orqali tuproqdan suv va unda erigan mineral moddalar shimiladi. Bosh piyozni ildizi atrofga 60-70-sm gacha, Makkajo’xorining ildizi esa poyadan atrofga 2 m gacha yoyilib, 1mm² so’rish qismida 700 ta ildiz tukchasi bo’ladi.
1-rasm 2-rasm
Barglarning ichki tuzilishi. Bargning ichki tuzulishiga undagi ayrim organoidlarning tarkibi va ularning joylashishi tartibiga suv rejimi, yorug‘lik, harakat, shamol, tuproq sharoiti, dengiz sathidan balandlikda joylashishi va boshqa omillar sezilarli darajada ta’sir qiladi.Shuning uchun bargning ichki tuzulishi, hatto bir o‘simlikning o‘zida ham farq qiladi. Barg sirtining ham ostki, ham ustki tomoni epidermis bilan qoplangan. Epidermis hujayralari bargda suv bug‘lantirishni va havo almashinib turushni to‘g‘ri ta’minlab boradi. Bu hujayralar oraliqsiz zich joylashib, u bargni qurib qolishidan hamda tashqi fizik mexanik ta’sirlardan, shuningdek, bargning ichki hujayralari mezofillga mikroorganizmlarni kirishidan saqlaydi. Ayrim o‘simliklarni (piyoz boshi, begoniya, trodeskansiya) ustki epidermis hujayralarida antotsion pigmentlari bo‘lib, bargni, barg bandini har-xil ranga bo‘yaydi. (1-rasm)
Barg epidermisi xoh rangsiz, xoh rangli bo‘lsin o‘zidan bemalol quyosh energiyasini o‘tkazadi. Ostki epidermis hujayralari orasida ko‘pgina ustitsalar joylashadi. (2-rasm) 1.Epidermis. 2. Kollenxema hujayralari. 3. Ustunsimon assimilyasion to‘qima. 4. Bulutsimon assimilyasion to‘qima.5. Asosiy parenxema hujayralari. 6. Elaksimon naylar. 7. Floema qavatini qoplab turuvchi hujayra. 8. O‘tkazuvchi hujayralar. 9. Ajratuvchi hujayra. 10. Ustitsa (barg og‘izchasi).
11. Bezcha.
Ostki hamda ustki epidermis orasida xlorofill donachalariga boy bo‘lgan mezofill deb ataladigan assimilyatsion to‘qimalar joylashgan. Ikki pallali o‘simliklarda mezofill hujayralar ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi. Bir necha qavat cho‘ziq barg sathiga perpendikulyar joylashgan hujayralar ustunsimon yoki polisat porenximasi deb ataladi. Bu to‘qimada xloroplast juda ko‘p bo‘lgani uchun barg ustki tomonidan to‘q yashil rangda ko‘rinadi.
Ustunsimon parenxima ostida bir oz yumaloqroq, turli shakldagi hujayralar joylashgan bo‘lib, ular g‘ovaksimon yoki bulutsimon parenxima deb ataladi. Bulutsimon parenxima hujayralari siyrak joylashgan, ya’ni orasida bo‘shliqlar bor.
Ustunsimon hujayralar esa ularda zich joylashganligi bilan farq qiladi. Bulutsimon parenximada xloroplastlar nisbatan kam, shuning uchun ham barg ostki tomondan och yashil rangda ko‘rinadi. Hujayra orasidagi bo‘shliqlar orqali havo va suv bug‘lari harakat qiladi. Keraksiz havo va suv ustitsa orqali atmosferaga chiqarilib yuboriladi. Bulutsimon to‘qima o‘zining yassi tomoni bilan ustunsimon to‘qimaga yopishib olib, unda tayyor bo‘lgan organik birikmalarni floemaga yetkazib beradi. Ikkala parenxima birgalikda asimiliyasion to‘qimani tashkil qiladi.
Bargning mikroskopik tuzulishi barg sathiga tushadigan yorug‘lik miqdoriga ham bog‘liq. Quyosh nuri yaxshi tushadigan yerdagi o‘simlik (yantoq, kungaboqar)lar barglarida bir yoki bir necha qavat ustunsimon parenximalar mavjud. Soyada o‘sadigan barglarda esa bulutsimon parenxima to‘qimalari hosil bo‘ladi. Bunday holatni hatto bitta o‘simlikning o‘zida ham kuzatish mumkin. Demak, oftobda o‘sadigan barglar soyada o‘sadiganlarga qaraganda 2-2,5 marta qalin bo‘ladi.
Ustunsimon parenxima quyosh energiyasining miqdoriga qarab, moslashuvchi organ hisoblanadi. Masalan, quyosh energiyasi ko‘p bo‘lsa, hujayradagi xlorofill donachalari o‘zining kichik sathi bilan quyoshga qarab kam nur oladi, agarda bunday energiya kamlik qilsa, yuzasi keng tomoni bilan quyoshga qarab yorug‘lik nurini ko‘proq oladi. Quyosh energiyasi haddan tashqari ko‘p bo‘lsa, xlorofill donachalari ustunsimon to‘qimaning tubiga tushib, yorug‘likdan qochadi. Yorug‘lik kamayganda esa aksincha, yuqoriga ko‘tariladi.
Bir tup g’o’za yoz davomida o’z vaznidan 500-600 hissa ko’p suv bug’latadi. Bir tup makkaj’oxori yoz davomida bug’latgan suv 200 litrga teng. Bir tup o’rta yoshdagi (30-40 yillik) shirinmiya (qizilmiya) yoz davomida 500-600 litr suv bug’latadi. O’simliklar hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan suv bug’lanishi jarayoni barglardagi og’izchalar orqali amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |