1. Quyosh sistemasidagi sayyoralar ichida quyoshga eng yaqin sayyora qaysi?



Download 23,86 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi23,86 Kb.
#371011
Bog'liq
38-savol


Savollar

1. Quyosh sistemasidagi sayyoralar ichida quyoshga eng yaqin sayyora qaysi?

Javob: Merkuriy

2. Merkuriy atmosferasining asosiy qismining yo’qolishiga sabab nima?

Javob: Sayyorada temperaturaning juda yuqoriligi.

3. Merkuriy atmosferasi asosan nimadan iborat?

Javob: Geliydan. Bosimi bu gazning Yer sirtidagi bosimidan 200 milliard marta kam.

4. Merkuriy sirt jinslarining zichligi qanday?

Javob: Oynikiga yaqin bo’lib, o’rtacha 5440 kg/m3 ga teng.

5. Merkuriyni birinchi marta qaysi kosmik stansiya kuzatgan?

Javob: Mariner-10. U 1974-yil 21-sentabrda Merkuriydan 47 ming 981 kilometr masofada o’tayotib, sayyora sirtining 500 ga yaqin rasmini oladi.

6. Qadimgi Rimda qaysi sayyoraga sevgi xudosi deb nom berishgan?

Javob: Venera sayyorasiga.

7. Venere quyosh atrofini qancha vaqtda aylanib chiqadi?

Javob: U orbitasi bo’ylab sekundiga 35 kilometr yurib quyosh atrofini 225 kunda to’liq aylanib chiqadi.

8. Nima uchun Venerada yerdagik fasllar almashinuvi kuzatilmaydi? Ya’ni bizdagidek bahor, yoz, kuz va qish bo’lmaydi?

Javob: Chunki Veneraning aylanish o’qi uning orbita tekisligiga deyarli tik joylashgan.

9. Venera atmosferasi nimalardan tuzilgan?

Javob: 97 foizi karbonad angidrid, 1,5 foizi kislorod, qolgani esa boshqa gazlar.

10. Veneraning nechta tabiiy yo’ldoshi bor?

Javob: Uning tabiiy yo’ldoshlari hali topilmagan.

11. Yer o’z o’qi atrofida yulduzlarga nisbatan qancha vaqtda aylanib chiqadi?

Javob: 23 soat 56 minut 4 sekund (deyarli 24 soat, ya’ni bir kun)

12. Yerning atmosferasi nimalardan tuzilgan?

Javob: 78 foiz azot, 21 foiz kislorod qolgani esa boshqa gazlar.

13. Yer sirtining necha foizini gidrosfera tashkil etadi?

Javob: 71 % ni.

14. Yerdagi muzliklarni asosiy qismi qayerlarda joylashgan?

Javob: Antarktida va Grenlandiyada

15. Yerning markazidagi temperatura qanday?

Javob: Yerning markazga tomon temperaturasi ortib borib, mantiyaning quyi chegarasida Kelvin shkalasida 5000 gradusgacha, markazda esa taxminan 10 000 gradusgacha boradi.

16. “Urush xudosi” deb qaysi sayyorani aytishadi?

Javob: Marsni

17. Marsning yuzasiga qancha quyosh energiyasi tushadi?

Javob: Mars quyoshdan yerga nisbatan 1,5 marta uzoqligi tufayli uni yuzasiga yerga tushadigan energiyaning 43% tushadi.

18. Marsning atmosferasi qanday?

Javob: Marsning atmosferasi juda siyrak bo’lib, o’rtacha bosimi 6,1 millibar (1 bar taxmiman 100 000 paskal), yani yerdagi bosimdan 160 marta kichikdir.

19. Marsdagi eng mashhur tog’ nomi nima?

Javob: Marsning ajoyib xususiyatlaridan biri undagi tog’lardir. Ulardan eng mashhuri Olimp tog’idir. Uni balandligi 27 km.

20. Marsning nechta tabiiy yo’ldoshi bor?

Javob: Fobos va Deymos

21. Yupiterning radiusi qancha?

Javob: Uning radiusi yernikidan 11 marta katta, yani 69150 km.

22. Yupiter quyosh atrofini qancha vaqtda bir marta aylanib chiqadi?

Javob: U sekundiga 13 kilometr yurib 12 yilda bir marta aylanib chiqadi.

23. Yupiterning atmosferasi qanday?

Javob: Uni atmosferasi Yernikidan ancha farq qilib, vodorod, geliy, metan va ammiakdan tashkil topgan.

24. Yupiter sirtining temperaturasi qanday?

Javob: Undagi temperatura kunduzi va kechasi bir xil bo’lib, minus 133 gradus.

25. Yupiterning nechta tabiiy yo’ldoshi bor?

Javob: 50 ta.

26. Quyosh sistemasida oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan sayyora qaysi?

Javob: Saturn

27. Saturn Quyosh atrofini qancha vaqtda aylanib chiqadi?

Javob: 29 yilu 5 oy 16 kunda.

28. Saturnning bir kuni taxminan necha soat?

Javob: 10 soatu 14 minut

29. Saturnning halqalari nimalardan iborat?

Javob: Mayda mitti yo’ldoshlardan

30. Rosh chegarasi nima?

Javob: Sayyoraning yo’ldoshlari undan ma’lum kiritik masofadan kichik oraliqda mustaqil yashay olmaydi. Bu kritik masofa Rosh chegarasi deyiladi.

31. Uran sayyorasi qachon topilgan?

Javob: 1781-yilda V.Gershel topgan.

32. Uran qutblarida quyosh qancha vaqt ko’rinib turadi?

Javob: Aylanish o’qi boshqa sayyoralarga nisbatan teskari bo’lgani uchun 21 yil davomida doimo ko’rinib turadi.

33. Uranning tabiiy yo’ldoshlari nechta?

Javob: 21 ta.

34. Uranning nechta halqasi bor?

Javob: 9 ta.

35. Faqat matematik hisob-kitoblar orqali topilgan sayyora qaysi?

Javob: Neptun.

36. Neptun Quyosh atrofini qancha vaqtda aylanib chiqadi?

Javob: U bir sekundda 5,5 km yurib 164 yilu 280 kunda aylanib chiqadi.

37. Neptunning temperaturasi necha gradus?

Javob: U quyosh tizimidagi eng sovuq sayyoradan biri bo’lib minus 213 gradusdir.

38. Neptunni nima uchun unday nomlashgan?



Javob: U dengiz va okeanlar xudosi Neptun nomiga shunday atalgan.
Download 23,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish