NAVOIY ASARLARIDAGI ASTRONOMIK QARASHLAR
Nodirabegim Rahmonova
Toshkent viloyati, Oxford brookes universiteti
nodirabegimraxmonova@gmail.com
Annotatsiya:
Navoiy ketma-ket, beshta dostonning barchasida juda ko`p bora,
bir – biriga o`xshatishlarsiz, astronomik qarashlarni, osmon hodisalarini
yulduzlarni, sayyoralarni lirik qolipga mohirona tarzda soladi. Bu esa bevosita
shoirning buyuk, ko`p qirrali istedod sohibi ekanligini anglatadi. Navoiyning besh
dostonining qadri ham manashu astranomik qarashlar bilan bog`liq.
Kalit so’zlar:
Atorud –Merkuriy, “Nodirai nuqta sanj”-Zuhra (Venera), Mirrix
-Mars, Mushtariy -Yupiter, Zuhal –Saturn, “Sa’di akbar” -yuksaklikdagi joy, Hut –
kata baliq, Asad–arslon.
ASTRONOMICAL VIEWS IN NAVOI'S WORKS
Nodirabegim Rahmonova
Tashkent Region, Oxford Brookes University
nodirabegimraxmonova@gmail.com
Abstract:
Navoi successively, in all five epics, often, without any analogies,
skillfully puts astronomical views, celestial phenomena, stars, planets in a lyrical
pattern. This directly means that the poet has a great, multifaceted talent. The value
of Navoi's five epics is also connected with these astronomical views.
Keywords:
Atorud – Mercury; "Nodirai dot sanj" – Venus; Mirrix – Mars;
Jupiter – Jupiter; Saturn – Saturn; "Sa'di Akbar" - a place on high; Hut is a big fish;
Assad is a lion.
Allomalarimizning bizga qoldirib ketgan yuksak bilim manbayi bo’lmish
kitoblari ilm-ma’rifat ahliga ulkan xazina vazifasini o’tab kelmoqda. Barchamizga
ma’lumki, Buyuk mutafakkirimiz Alisher Navoiyning ko’p qirrali salohiyati, chuqur
ilmi, uning yozgan asarlari butun dunyo ahlini lol qoldirib kelmoqda. Shoirlikdan
tashqari uning astranomiya, fizika faniga oid ilmi qanchalar yuksak darajada
ekanligini ilmiy nuqtayi nazardan bir tomonlama ko’rsatib berishimiz kerak
hisobladim. Navoiy ijodini, uning asarlarini o’rgangan, o’qigan inson komillik sari
odimlay boshlaydi. Uning asarlari go’yoki, bir dengiz bo’lsa, u dengizdan har kim
istaganicha dur oladi. Bu sohada qalam tebratganlar Navoiy dengizidan ajoyib durlar
qo’lga kiritdilar, lekin ancha qimmat durlar hamon dengiz tubida. Uning asarlarini
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
312
http://oac.dsmi-qf.uz
o’rganganimiz sari, dengiz qari qanchalar chuqur, ya’ni o’rganilmay qolgan
qanchadan qancha sirlar yashiringanini ko’rgandek bo’lamiz. Har bir shaxsning
tushunchasi turlicha, men ham “Xamsa” asarini o’z qarashim bilan o’rgandim.
Bolaligimdan she’riyat va fizika faniga qiziqishim tufayli Navoiy “Xamsa” sida
astranomiya bilan lirika o’rtasidagi bog’liqliklar e’tiborimni tortdi. Navoiy o’z
ijodining eng yuksak cho’qqisini, shubhasiz “Xamsa” asariga kirgan dostonlari
tashkil etadi. “Xamsa” orqali o’zbek adabiyoti jahon adabiyotidan eng yuqori
o’rinlardan birini egalladi. Uning bebaho istedodi avvalo shunda ko’rinadiki, u 50
mingga yaqin misradan iborat bu buyuk asarni kundalik ishlardan, xususan davlat
ishlaridan uzulmagan holda juda qisqa bir muddat ichida yozib tugallagan. “Xamsa”
yaratish g’oyasi Navoiyda juda erta, u hali Nizomiy, Xusrav Dehlaviy dostonlarini
o’qib yurgan yoshlik yillaridan yuzaga kelganini, bunda shu ikki shoir asosiy
madadkor bo’lganini Navoiyning o’zi “Saddi Iskandariy” dostonida e’tirof etadi.
“Xamsa”ni yaratilish jarayoni ham juda xarakterlidir. Navoiy deyarli har dostonning
oxirida o’zining mazkur asarni yozish jarayonida bir kun bo’lsa ham tinch o’tirib
ishlay olmaganidan zorlanadi. Uning tinchligini buzganlar vazir Navoiydan insof va
adolat, haqiqat va madad so’rab kelgan kishilar edi. Ularning keti uzulmadi.
Shoirning vijdoni ularga uzr aytib, qabul qilmay, ularning arz-dodlarini tinglamay
jo’natib yuborishga yo’l qo’ymasdi. Navoiy “Xamsa”ni yozishga har tomonlama
kamolga yetganda kirishdi. Bu shoirning estetik qarashlari bu davrda jahon
miqyosida yuqori saviyaga ko’tarilgandan, uning bu sohada g’oyat ilg’or nuqtayi
nazarda turgandan ham yaqqol ko’rinib turibdi. “Xamsa” ning yuzaga kelishi XV
asrda juda katta tarixiy voqea bo’ldi. Bu o’zbek xalqi madaniyatining jahon adabiyoti
saviyasida, o’zbek ziyolisining esa yetuklik darajasiga ko’tarilganidan darak berardi.
Shunday bir buyuk asarni o’zbek tilida vujudga kelgani chindan ham alohida
ahamiyatga ega bo’lgan edi. Chunki, Navoiy davrida o’zi O’zbek bo’laturib, asarlarni
o’z ona tilida emas, balki fors tilida yozuvchilar ko’p edi. Bu hol o’zbek xalqining
ma’naviy taraqqiyotiga madaniyatning rivojlanishiga asosiy yo’l bo’la olmas edi.
Olimlarimiz bu asarni o’rganish va tekshirishda, uning hali bizga noma’lum
tomonlarini, g’oyalarini, san’atlarini ochishda, tadqiq etishda yana ham ko’p ishlarni
amalga oshiradilar, deb o’ylaymiz. «Xamsa»ning yaratilishi jarayoniga diqqat bilan
nazar solinsa, asar voqealari Navoiyning kundalik hayotidagi ijtimoiy-siyosiy voqea
va hodisalar bilan bog‘liqligi, ularning uzluksiz ravishda shoir kayfiyatiga, ijodiga
o‘z ta’sirini turli shakllarda ko‘rsata borishi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Shoirning astronomiya hodisalari haqidagi fikrlari uning dostonida aks etishi
asarni qimmatini yanada oshirganini oddiy ko`z bilan o`qib sezish qiyn.
Do'stlaringiz bilan baham: |