Agar e’tibor
beradigan bo`lsak shoir ketma-ket, beshta dostonning barchasida juda ko`p bora, bir
– biriga o`xshatishlarsiz, astronomik qarashlarni, osmon hodisalarini, yulduzlarni,
sayyoralarni lirik qolipga mohirona tarzda soladi. Bu esa bevosita shoirning buyuk,
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
313
http://oac.dsmi-qf.uz
ko`p qirrali istedod sohibi ekanligini anglatadi.
Endi esa, Navoiyning beshta
dostonining har biridagi lirik qolipga joylashtirilgan va betakror tarzda qo’llanilgan
so’zlarni taxlil qilib ko’ramiz
Alisher Navoiyning yuksak istedodi, ko’p qirrali salohiyati shuni ko’rsatadiki, u
o’z lirikasini yanada jonlantirish maqsadida astranomik hodisalar, tushunchalarni
o’zi egallagan tarixiy bilimlar bilan uyg’unlashtiradi. Navoiy ushbu dostonni
yozishga kirishar ekan, hatto osmondagi yulduzlar turkumi – nasri toyir ham himmat
qanotini qoqib gardun qorong’uligida sayr qila boshladi, deydi.
“Hayratul-abror’’ning boshlanish qismi bir necha kirish boblaridan tashkil
topgan. “Hayratul-abror’’ dostonida asosan Navoiy garchi dunyoda ko’p go’zal
narsalar yaratilgan bo’lsa ham, shu bilan birga, olamda, kishini tasavuriga
sig’maydigan darajada voqealar yuz berib turadi. Masalan, yulduzlar olami turli
holatlarga tushsa, buning sirlarini bilmoqchi bo’lganlar bunga erisha olmasalar ham,
bundan xudoga hech bir ziyon va hech bir tashvish yo’q. Chunki ular hammasi
xudoning irodasi bilan harakatda va o’zaro bir-biriga muvofiq holda harakat qiladi.
Sayyoralar ham uni izmida. Dengiz to’fonlari yuz berishi, zilzila turib, tog’larni
osmonga chiqib ketishi-bular hammasi uning buyukligi deydi Navoiy. O’z asarida
tabiat hodisalarini shunday moxirona tasvirlab beradiki, lol qolmay iloj yo’q.
Shoir mohirona tarzda sayyoralarga murojaat eta boshlaydi: “U(ko’ngil) yana
bir (osmon) bog’iga kirib, joy oldi. Unda kumush badanli bir maxbuba turardi”.
Klassik poetikada tashxis degan san’at bor. Bu san’at shoirga borliqdagi jonsiz
narsalarni jonlantirib, insoniy sifatlarda shaxslantirib tasvirlash imkonini beradi.
Bunda Navoiy xuddi shu usulni qo’llagan. Chunki shoir “buti siminbadan” qandaydir
“qoshi fusungar, ko’zi tannoz” bir malak emas, balki ikkinchi osmonda joylashgan
Atorud “(Merkuriy) sayyorasidir. Navoiy keyingi “Nodirai nuqta sanj”-Zuhra
(Venera), Mirrix (Mars), Mushtariy (Yupiter), Zuhal (Saturn) planetalari xususida
ham tashxis usulida mulohaza yuritgan. Dostonning bu va shunga o’xshash
astranomiyani lirikaga bog’lash fantaziyasining roli nihoyatda katta.
“Osmonni to’qqiz qutisi bo’lib, hammasi zar bilan ishlangan, ularning ichida
yuz minglab qimmatbaho durlar bor. Undagi har bir durning yorug’ligiga farog’at
shamidir, oddiy dur emas, sham ham emas, ko’chani yorituvchi durdir” deya
yulduzlarga beqiyos lirik o’xshatish bergan.
Navoiy “Farhod va Shirin” dostonida
fizik-lirik qarashlarni chetlab o’tmadi. U ushbu dostonni mukammallashtirish
maqsadida ham o`z ilmiga tayangan holda astranomik qarashlarni ilgari surdi va so`z
o’yinlarida foydalandi.
Chu tortib Zuhra lahni Borbadni
Olib Bahromvashlardin xiradni.
O’kush Farhodu Shirin aylasang jam,
Shabistonda bir parvonau sham’,
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
314
http://oac.dsmi-qf.uz
Va gar ming Besutundek qilsang idrok,
Yo`lida bir kesak, bal bir ovuch xok.
Bu yerda Zuhra – Venera, Sharqda esa erta tongda, G’arbda kechqurun porlab
ko’rinadigan yorqin yulduz. Qadimgi yunonlarda muhabbat ma’budasi sifatida
tasvirlangan. Zuhra ba’zan Nohid nomi bilan ham ataladi. Zuhra go’zallik, muhabbat
hamda musiqa homiysi hisoblanadi.
Bahrom – Mirrix – Mars sayyorasi. Ilmi nujumcha Bahrom harbiy ishlar
homiysi sanalgan. Besutun – Behistun – Shimoliy Eronda, Hamadon shahridan 100
km g’arbda tog’ oralig’idagi qoya. Bu qoya rivoyat va afsonalarda ko`pincha Farhod
nomi bilan vobasta holda tilga olinadi. Farhod shu tog’ etaklarida kanal qazigan, shu
tog’ni kesib yo’l ochgan qahramon sifatida tasvirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |