Urush vaqtida tuproq alohida epidemiologik ahamiyati kasb etadi,
chunki bu vatqda yadrolar jarohatining qoqshol va gazli gangrena
qo‗zg‗atuvchilarning sporalari bo‗lgan tuproq bilan ifloslanish xavfi
kuchayadi.
160
Tuproqni mikrobiologik tekshirish turar joylar, suv omborlari va
boshqa obyektlarning qurilishida muhim ahamiyatga ega. Tekshirish
uchun tuproqni maxsus parmalagich yordamida ancha chuqurlikdan
olinadi. Tuproqning umumiy ifloslanishi – 1 gr tuproqdagi mikroblar
miqdori (mikroblar soni) va sanitariya-ko‗rsatkichli mikroorganizmlar:
Cl, perfringens, ichak tayoqchasi, enterokokklar, termofillarning bor-
yo‗qligi aniqlanadi. Patogen mikroblarni tuproqdan ajratib olish
maqsadida epidemik ko‗rsatkichlar bo‗yicha ham tekshirish olib
boriladi.
3. Suv mikroflorasi
Suv tuproq singari ko‗plab mikroorganizmlarning tabiiy yashash
muhitidir. Suv mikroflorasing turlari tuproq mikroflorasi turlariga juda
o‗xshab ketadi. Bundan tashqari, suvda har xil tur vibrionlar, spirillalar,
temir va oltingugurt bakteriyalari, nurlanuvchi bakteriyalar va boshqalar
mavjud. Suv mikroorganizmlari tuproq mikroorganizmlari kabi tabiatda
moddalar aylanishida katta rol o‗ynaydi. Suvda ammonifikatsiya,
nitrifikatsiya, denitrifikatsiya va bijg`ish jarayonlari ro‗y beradi. Suv
mikroblari yordamida oltingugurt, temir va boshqa elementlar
aylanishining eng muhim bosqichlari amalga oshadi.
Suv mikroflorasining xarakteri har xil sabablarga bog`liq. Suv
organik birikmalar bilan qanchalik ko‗p ifloslangan bo‗lsa, unda
mikroblar shunchalik ko‗p bo‗ladi. Ayniqsa aholi yashaydigan joylar
yaqinidagi daryo, hovuz, ko‗l suvida mikroorganizmlar ko‗p, chunki suv
xo‗jaliklardan chiqadigan iflos suvlar va axlat bilan ifloslanib turadi.
Aholi yashaydigan joylardan uzoqlashgan sari suvdagi mikroblar asta-
sekin kamayib boradi.
Dengiz va okeanlarda suvning sho‗riga, katta bosimiga va past
temperaturasiga moslashgan mikroblar yashaydi. Suv tagidagi
balchiqning ustki qatlamida mikroblar shu qadar ko‗pki, xuddi pardaga
o‗xshab ko‗rinadi. Artezian quduqlari va buloqlar suvi birmuncha toza.
Bu manbalar suvning qaynatmasdan va zararsizlantirmasdan ichish
mumkin.
Sanitariya nuqtai nazaridan, ochiq suv havzalari suvining hayvonlar
va o‗simliklarning organik moddalaridan, kasallik qo‗zg`atuvchi mik-
roblardan o‗z-o‗zidan tozalanish jarayonlari ayniqsa katta ahamiyatga
ega. Organik birikmalarning tez parchalanishi va suv havzalari suvining
161
o‗z-o‗zidan tozalanishi suv saprofit mikroflorasining hayot-faoliyatiga
bog`liq.
Ochiq suv havzalarini shartli ravishda uchta zonaga bo‗linadi: 1) eng
iflos suvida organik moddalar ko‗p va kislorod kam bo‗lgan avlisaprob
zona. Bu zona mikrofloraga anchagina boy va asosan chirituvchi hamda
bijg`ituvchi anaerob mikroblardan iboratdir. 2) iflosroq – mezosaprob zona.
Bu zonada organik moddalarning intensivi ravishda minerallanishi ro‗y
beradi. Saprofit mikroblar miqdori va tarkibi bu zonalarda juda xilma-xildir;
3) toza suv zonasi – olisoaprob zona, unda organik birikmalar deyarli yo‗q
va mikroflorasining har xil vakillari uchraydi.
Suvning, unda bo‗lmaydigan mikrofloralardan o‗z-o‗zidan tozala-
nish jarayonlari bir qancha omillarga bog`liq; suv sathidagi mikrob-
larning quyosh nurlari ta`sirida halok bo‗lishi, iflos suvlarning ancha
tozasi bilan aralashishi, mikrob tanachalarining mexanik cho‗kishi, har
xil kimyoviy birikmalar va suv o‗tlari, zamburug`lar hamda boshqa
mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan antibiotik mahsulotlar ta`sirida
mikroblar hayot-faoliyatining susayishi, alohida mikrob guruhlari
o‗rtasidagi raqobat, soda jonivorlar va boshqa organizmlarning mikrob-
larni yeb qo‗yishi shunday omillangandir. Bu faktorlar yig`indisi shunga
olib keladiki, hatto iflos suv havzalarida ham vaqt o‗tishi bilan va
manbadan chiqib ketgan sari suv sifati yaxshilanib boradi.
Suv infektsiya tarqatuvchi omil sifatida katta epidemiologik ahami-
yatga ega. Har xil yuqumli kasalliklar (vabo, ich terlama, dizenteriya,
tulyaremiya, leptospirozlar va boshqalar)ning suv epidemiyasi qadimdan
ma`lum. Suvning patogen mikroblar bilan ifloslanishi, odatda, oqar
suvlarda odam va hayvonlar cho‗milishi natijasida ro‗y beradi.
Patogen mikroblarning suvda yashash muddati har xil bo‗lib, asosan
suvning sifatiga bog`liq (8-jadval).
Patogen mikroblarning suv orqali tarqalishining oldini olish uchun
omborlari va suv bilan ta`minlash manbalarini sanitariya jihatidan
muhofaza qilish, shuningdek ichiladigan suv va xo‗jalikka ishlatiladigan
suvlarni tozalash hamda zararsizlantirish choralari ko‗riladi.
Suvning sifatiga baho berishda suvdagi mikroorganizmlarning umu-
miy soni, patogen mikroblarning bor-yo‗qligi va mikroorganizmlarning
sanitariya-ko‗rsatkichi hisobga olinadi. Bu ko‗rsatkich suvning odam
axlati,masalan, ichak tayoqchasi bilan ifloslangan yoki ifloslanma-
ganligini ko‗rsatadi.
162
Do'stlaringiz bilan baham: |