163
mikroblar ko‗proq uchraydi. Ochiq havoda mikroorganizmlar qishda
kam, yozda ko‗p, yopiq binolar havosida esa buning aksi bo‗ladi.
Patogen mikroblar havoga kasal odamlar yoki bakteriya tashuv-
chilar, shuningdek hayvonlar nafas yo‗llari
orqali asosan tomchi holida
ajralib o‗tadi. Patogen mikroblar iflos bo‗lgan buyumlar (kiyim-bosh,
adyol va boshqa…)dan chiqqan chang bilan yoki infeksiyalangan
tuproqdan havoga o‗tishi mumkin. Ko‗pgina fitopatogen zambu-
rug`larning sporalari zararlangan o‗simliklardan ko‗tarilib, shamol
bilan
uzoq masofalarga tarqaladi.
Og`iz bo‗shlig`i yoki nafas yo‗llari kasallanganda atrofdagi havoga
mikroblar: stafilokokk va streptokokklar, difteriya, ko‗kyo‗tal, sil
qo‗zg`atuvchilari,
har xil viruslar, masalan, qizamiq va gripp viruslari
tarqaladi. Bu mikroblar bor havodan nafas olgan odam kasallanishi
mumkin. Infeksion kasalliklar qo‗zg`atuvchilarning havo orqali tarqa-
lishi havo tomchi yo‗li bilan tarqalish deb ataladi. Patogen mikrob-
larning havo-chang yo‗li bilan o‗tishi ham bor, bunda ular havoga chang
orqali tarqaladi.
Bakterial aerozolning uch fazasi farq qilinadi, bunda mikroblar ha-
voda bo‗lishi mumkin. Tomchi aerosol havoda muallaq holda bo‗ladigan
va juda ko‗p mikroorganizmlar saqlaydigan mayda suyuq zarrachalardan
iboratdir. Bu zarrachalar bemor so‗zlashganda, yo‗talganda, aksa
urganda chiqadigan so‗lak yoki balg`am tomchilari bo‗lishi mumkin.
Masalan, har bir aksa urganda havoga 4000dan 40000 gacha,
diametri
20-100 mkm bo‗lgan tomchilar o‗tadi. 10 mkm gacha bo‗lgan tomchilar
havoda juda uzoq saqlanadi. Ko‗pchilik patogen mikroblar tashqi muhit
sharoitlariga chidamsizroq bo‗lib, sog` odam bemorga yaqin kelganda
o‗tishi mumkin. Bunday havo-tomchi yo‗li bilan o‗tish qizamiq, gripp,
ko‗kyo‗tal, meningit uchun xarakterlidir. Tomchi yadro va chang
aerozollar chala qurigan so‗lak va balg`am zarrachalari yoki havoda
muallaq holda bo‗ladigan chang zarrachalaridan iborat. Yadrochalardagi
mikroblar chala qurigan balg`amning oqsilli pardasi bilan himoyalangan
va uzoq vaqtgacha tirik saqlanib qolishi mumkin. Chang zarrachalari
bilan havoda, masalan, kuydirgi batsillalarning sporalari bo‗lishi
mumkin. Yadro aerozollarida difteriya korinebakteriyalari 1 sutkagacha,
gemolitik streptokokk 2sutkagacha, sil mikobakteriyalari 18 sutkagacha
hayot faoliyatini saqlab qolishi mumkin.
Odatda, yopiq binolarda infeksiyalarning havo-tomchi yo‗li bilan
tarqalishi uchun qulay sharoit yaratiladi, chunki ular havosida patogen
164
mikroblar miqdori ko‗p bo‗lishi mumkin. Ochiq havoda aerogen
infeksiyalanish imkoniyati kam bo‗ladi. Havo tomchi yo‗li bilan o‗tadigan
infeksiyalarga qarshi kurashda ventilyatsiya hamda dezinfektsiya qilish
orqali havoni tozalab turish katta ahamiyatga ega. Bakterial aerozollarning
tarqalishini
kamaytirish uchun paxta-doka, doka, Petryanov gazmolidan
tayyorlangan niqoblar qo‗llaniladi. Gripp epidemiyasi vaqtida kasal-
xonalar, dorixonalarda tibbiyot xodimlari niqoblardan foydalanadilar.
Gripp bilan og`rigan bemorlar va ularning oila a`zolari ham niqob taqib
yurishlari kerak. Tomchi infektsiyalarning tarqalishiga yo‗l qo‗yilmaslik
uchun poliklinikalarda bolalar bokslarda qabul qilinadi. Silning ochiq
formasi bilan kasallangan bemorlarni kasalxonaga
yotqizish kerak yoki
alohida turar joy bilan ta`minlash lozim. Havoni sanitariya-bakteriologik
tekshirish metodlari va uni baholash mezonlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: