K. Sh. Baltayeva, Sh. R. Aliyev


Sanitar ko„rsatkichli mikroorganizmlar



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/232
Sana18.04.2022
Hajmi5,56 Mb.
#559997
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   232
Bog'liq
2 5440625474038403380

5.Sanitar ko„rsatkichli mikroorganizmlar
Tuproq va suv juda xilma-xil mikroorganizmlar yashaydigan asosiy 
muhitlardan biri sanaladi. Mikroorganizmlar havoga tuproqdan, suvdan, 
odam va hayvonlar organizmidan o‗tadi. Tuproq, suv va havo- oziq-
ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar va preparatlar, apteka ishxonlarini 
mikroblar bilan zararlaydigan asosiy manba hisoblanadi. Bundan tash-
qari, ular odamlarni patogen mikroorganizmlar bilan turli kasalliklarga 
duchor qilishi mumkin. Odamdan atrof-muhitga mikroorganizmlar, shu 
jumladan patogen mikroblar asosan najas hamda havo-tomchi yo‗l bilan 
ajralib chiqadi. Odamlar va issiqqonli jonivorlar yuqumli kasalliklar 
tarqatadigan asosiy manba hisoblanadi. Biroq atrof -muhit obyektlarida 
patogen mikroorganizmlar borligini aniqlash ancha mushkul, chunki, 
ular tabiatda nihoyatda oz miqdorda, buning ustiga vaqtincha hayot 
kechirib turadi. Ularni aniqlash usullari esa uzoq muddat ba ancha 
mehnat qilishni talab qiladi. Shu sababdan odam va hayvonlar mikrof-
lorasidagi mikroblar miqdori sanitar- ko‗rsatkichli mikroorganizmlar 
yordamida aniqlanadi. 
Sanitar-ko‗rsatkichli mikroorganizmlar: odam boshqa issiqqonli 
jonzotlarning chiqindilarida hamisha mavjud bo‗ladi; ular boshqa tabiiy 
rezervuarlarda uchramaydi yoki o‗zgacha tabiiy sharoitda yashay 
olmaydi; organizmdan ajralib chiqqandan keyin, xuddi shu yo‗l bilan 
chiqqan patogen mikroorganizmlarning o‗rtacha yashash muddatiga teng 
umr ko‗ra oladi; atrof-muhit obyektlarida tez ko‗payish xossasiga ega 


165 
bo‗lmaydi, ya`ni organizmdan chiqqanda qancha bo‗lsa, o‗sha miqdor 
saqlanib qolaveradi; zamonaviy mikrobiolok vositalar yordamida oson 
aniqlanadi (miqdoriy jihatidan ham); o‗ziga xos belgilarga ko‗ra stabil 
bo‗lgan bu mikroorganizmlar boshqa turlardan ajralib turadigan aniq 
xususiyatlarga ega bo‗ladi. 
Atrof-muhitning turli obyektlaridagi sanitary-ko‗rsatkichli mikro-
organizmlarga quyidagilar kiradi: suv uchun- 
E. coli, S. faecalis,
tuproq 
uchun- 
E. coli, S.faecalis, C. perfringens,
havo uchun- S. haemolyticus 
S. viridans, S. aureus, kundalik turmushda qo‗llaniladigan ashyolar 
uchun- 
E. coli, S. faecalis, S. aydareus S. anreus, E. coli, S. faecalus
atrof-muhitning fekaliy (ya`ni go‗ng) bilan ifloslanishi
S. virdans, S. 
haemolyticus va C. aureus
esa og`iz tomchi yo‗llari orqali chiqadigan 
mikroorganizmlar bilan ifloslanish darajasining ko‗rsatkichi vazifasini 
bajaradi. 
E. Coli
ning atrof-muhit obyektivlarida saqlanib turish muddati 
patogen bakteriyalarning atrof-muhitda yashay olish muddatiga mos 
keladi. 
C. perfringens
esa atrof-muhit obyektlarida nisbatan uzoq 
vaqtgacha yashay olishi bilan xarakterlanadi. 
S. faecalis
esa atrof-muhit-
da uzoq yashay olmaydi, ammo uning yo‗qligi, obyektning sanitary 
holati yaxshiligidan dalolat bermaydi; tekshirilayotgan obyektdan bu 
mikrob topilsa, bu o‗sha joy fekaliy bilan yaqindagina ifloslanganligini 
ko‗rsatadi. Agar 
C. perfringens E. coli
bilan birga qayd qilinsa, bu o‗sha 
obyekt fekaliy bilan birmuncha vaqt avvalroq ifloslanganligidan darak 
beradi. 
Suv, tuproq va boshqa obyektlarning mikroblar bilan ifloslanish 
darajasini miqdoriy xarakteristikasini aniqlashda ko‗pincha koli-titr, 
koli-indeks va perfringens-titr ko‗rsatkichlaridan foydalaniladi. Koli-titr 
- tarkibida 
E. coli
mavjudligi aniqlangan eng oz miqdordagi o‗rganila-
yotgan materialdir. 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish