268
Bu maqsadlar uchun ko‘p
sondagi mexanik, kimyoviy, elek-
trokimyoviy, termik, ultratovushli va boshqa usullardan foydala-
niladi. Avtotransport korxonasida qo‘llash mumkin bo‘lgan de-
tallarni bo‘yashga tayyorlashning oddiy operatsiyalari jumlasiga
quyidagilar kiradi: erituvchilar yordamida sirtni yog‘sizlantirish:
zanglagan yuzalarni metall cho‘tka va jilvir qog‘oz yordamida
ketkazish. Lok-bo‘yoq qoplami hosil qilishga tayyorlangan sirtga
qoplamning birinchi qatlami – grunt beriladi (11. 1- rasm).
11. 1- rasm. Lok-bo‘yoq qoplamining tuzilishi.
Gruntovkalar lok yoki emallarning yaxshi ilashishi uchun xiz-
mat qiladi, ular bo‘yaladigan sirt (metall, yog‘och) bilan lok-
bo‘yoq qoplamalar o‘rtasida bog‘lovchi qatlam vazifasini o‘tay-
di. Gruntovkalar lok-bo‘yoq qoplamida muhim vazifani bajaradi,
ya’ni pardaning qarshiligi yuqoriligi hisobiga metallni korroziyala-
nishdan saqlaydi. Gruntovka –
grunt tashkil topgan material, odat-
da, kist, bo‘yoq sepuvchi moslama yoki botirish yo‘li bilan amalga
oshiriladi. Sirtni bo‘yashga tayyorlash va gruntovkalash o‘rtasidagi
vaqt juda qisqa bo‘lishi maqsadga muvofiq, chunki bu vaqtda sirt-
ga chang o‘tirishi, yoki sirt zanglashi mumkin. Grunt quritilgani-
da unchalik katta bo‘lmagan qalinlikka (15–20 mkm) ega bo‘la-
di. Gruntovka qilingan sirtdagi sidirilgan chiziqlar, hosil bo‘lgan
pachoqlar to‘la saqlanadi. Detallarni tayyorlashda ular sirtida
chiziqlar va turli notekisliklar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim,
mavjudlari esa mexanik ishlov berish yo‘li bilan bartaraf etiladi.
Unda ham iloji bo‘lmasa, mahalliy va umumiy shpaklovkadan foy-
269
dalaniladi. Mahalliy shpaklovka yuzadagi yirik notekisliklarni bar-
taraf etish uchun beriladi. Umumiy shpaklovka bo‘yaladigan bu-
tun sirtni silliqlash maqsadida beriladi. Mahalliy shpaklovkalashda
tarkibida 75–80 foiz to‘ldiruvchi (bo‘r, oxra va boshqalar) bo‘lgan
quyuq pasta (shpaklovka)dan foydalaniladi. Quriganida elastikligi
yetarli bo‘lmasligi, darzlar va yoriqlar paydo bo‘lishini e’tiborga
olib, bir marta surtishdagi qalinligi 0,5 mm dan ortmasligi lozim.
Shpaklovkaning har bir qatlami (ularning soni ikkitadan ortmaydi)
yaxshilab quritiladi va dag‘al abraziv jilvir qogozlar (N 80–120)
yordamida jilvirlanadi va chang hamda abraziv kukunlardan tozala-
nadi.
Zarur bo‘lganida, bo‘yaladigan umumiy
sirtni tekislashda sirt-
ga 50–100 mkm qalinlikda umumiy shpaklovka beriladi va quri-
tilganidan so‘ng kichik donali N 150–220 jilvir qog‘oz bilan jilvir-
lanadi. Umumiy shpaklovka bo‘yoq sepuvchi moslama yordamida
beriladi.
Ishlov berilgan shpaklovka, u bo‘lmaganida esa, gruntovkalan-
gan sirtga bir necha qatlam bo‘yoq beriladi. Bo‘yoq qatlami soni
qatlamning tashqi ko‘rinishi, ekspluatatsiya sharoiti va boshqa sha-
roitlarga asoslanib tanlab olinadi.
Bo‘yoq yuzaga grunt kabi cho‘tka,
purkagich, shu jumladan,
elektrostatik maydon, botirish, quyish va boshqa usullar bilan be-
riladi. Bo‘yoqning har bir qatlami alohida quritiladi, tashqi qatlam
qo‘shimcha ravishda jilvirlanadi, jilolanadi, loklanadi.
Yengil avtomobillarning kuzovlari qoplami grunt, mahalliy va
umumiy shpaklovkalar va 3 tadan 7 tagacha qatlam bo‘yoqdan
iborat bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha ular 1- klass talablari-
ga mos kelishi lozim (1054–82), ya’ni
sirti silliq, bir xil rangda
bo‘lishi va boshqa nuqsonlar bo‘lmasligi lozim. Yuk avtomobil-
larining kuzovlarini bo‘yashda gruntovka, mahalliy shpaklovka va
2–3 qatlam bo‘yoq beriladi. Qatlam 2- klass talablariga mos kelishi
kerak (tekis, silliq yuzalarda mayda dog‘lar, chiziqlar va boshqalar
bo‘lishiga ruxsat etiladi).
270
Avtomobillar ramasi,
neft mahsulotlari taralari, o‘tkazgich qu-
vurlar va boshqalar 3- va 4- klass talablari asosida bo‘yaladi. 3- va
4-klass qoplami 1–2 qatlam bo‘yoqdan (ba’zi hollarda gruntsiz)
iborat bo‘ladi va metallni korroziyadan, yog‘ochni chirishdan hi-
moyalaydi. Bunda notekisliklar, ko‘zga tashlanadigan nuqsonlar
(qoplamning himoya xususiyatiga ta’sir etmaydigan) bo‘lishiga
ruxsat etiladi.
Lok-bo‘yoq materiallarining asosiy komponentlari lok, grunt,
shpaklovka, bo‘yoq va plyonka hosil qiluvchilardan iborat.
Suyuq (paxta, kungaboqar va boshqa moylar) va qattiq (alifning
turli navlari) plyonka hosil qiluvchilar hisoblanadi.
Plyonka hosil qiluvchining tegishli erituvchidagi eritmasi lok
deyiladi.
Plyonka hosil qiluvchi turiga ko‘ra ikki:
Alif +
pigment → moyli bo‘yoq;
Lok + pigment
→ emalli bo‘yoq
ko‘rinishida bo‘ladi.
Pigment sifatida metall oksidlari kukunlaridan (temir, qo‘rg‘o-
shin, rux, titan va boshqalar), yaxshilab maydalangan tabiiy noor-
ganik moddalar (bo‘r, oxra) va aluminiy kukunidan nisbatan ko‘p
foydalaniladi. Pigmentning asosiy vazifasi bo‘yoqqa rang berish-
dan iborat.
Lok-bo‘yoq materiallari tarkibiga plyonka hosil qiluvchi, eri-
tuvchi va pigmentlardan tashqari qovushoqligini kamaytirish uchun
qo‘shimcha, qoplam elastikligini oshirish uchun plastifikatorlar,
bo‘yoqning tezroq qurishini ta’minlash uchun sikkativ (kataliza-
tor) lar qo‘shiladi.
271
11. 3. Lok-bo‘yoq materiallari va ular
Do'stlaringiz bilan baham: