Eritmalarni muzlash va qaynash haroratlari.
Faraz qilaylik, biror uchuvchi emas modda biror suyuqlikda erib cheksiz suyultirilgan eritma hosil qilsin. Bunda eritmaning bugʻ bosimi erituvchining eritmadagi bugʻ bosimi P1 ga teng boʻladi va erituvchi uchun Raul qonunini qõllash mumkin bõladi. Quyidagi rasmda sifatida erituvchi bugʻ bosimi Po 1 ning va eritma bugʻ bosimi P ning temperatura bilan õzgarishi tasvirlangan. Tenglamada temperatura õzgarishi bilan bugʻ bosimining naqadar keskin õzgariahi bir fazadan ikkinchi fazaga õtish issiqlik qiymatiga bogʻliq ekanligi kõrsatilgan edi.muzlash issiqligi bugʻlanish issiqligidan ancha katta bõlafi. Temperatura õzgarishi bilan qattiq moddaning bugʻ bosimi suyuq moddaning bugʻ bosimiga qaraganda keskin õzgaradi. Shu sababli temperatura õzgarishi bilan qattiq moddaning bugʻ bosimi erituvchi va eritmaning buğ bosimlarini kesib oʻtadi
Suyuq va qattiq moddalarning kimyoviy potensiallari bir biriga tenglashganda muzlaw rõy beradi. Demak muzlash temperaturasida suyuq va qattiq moddalarning bugʻ bosimlari bir biriga tenglashadi a nuqtada eruvchi (suv) ning bugʻ bosimi, b nuqtada eritmaning bugʻ bosimi muzning bugʻ bosimi bilan tenglashadi. Demak, a nuqtada suv va b nuqtada eritma muzlaydi. Suvning bugʻlanishi bosimi T temperaturada, eritmaning bugʻ bosimi esa T1 temperaturada muzning bugʻ bosimiga tenglashadi. Demak, T Suvning va T1 eritmaning muzlash temperaturasidir. Diagrammada kõrsatilishicha T1 hamma vaqt T dan hamma vaqt past bõladi. Shunday qilib eritma hamma vaqt etuvchiga nisbatan past temperaturada muzlaydi T>T1 dan; ∆T=T-T1; ∆T- eritma muzlash temperaturasining pasayishi deb aytiladi.
Suyuqlikning bug bosimi atmosfera bosimiga tenglashganda suyuqlik qaynay boshlaydi. Qaynash temperaturasida suyuqlikning bug bosimi atmosfera bosimiga tenglashadi. Eritma hamma vaqt etuvchiga nisbatan yuqori temperaturada qaynaydi. T1>T dan;∆T=T1-T; ∆T- eritma qaynash temperaturasining koʻtarilishi deb ataladi.
Eritma muzlash temperaturasining pasayishi va qaynash temperaturasining koʻtarilishi eritmaning konsentratsiyasiga priporsionaldir. Eritmaning konsentratsiyasi ortgan sari eruvchi bilan eritmaning bugʻ bosimlari orasidagi tafovut kattalashadi, ∆T ham ortadi.
∆T=EC
Bunda C- konsentratsiyasi, E- faqat eruvchi tabiatiga bogʻliq bõlgan mutanosiblik kattaligi. Agar C=1 bõlsa ∆T=E boʻladi. Demak, E molyar eritma muzlash temperaturasining pasayishi, E kattalik muzlash temperaturasining pasayishi. Yohud kreaskopik konstantasi deyiladi. Turli erituvchilarning qanday bõlmasin biror erituvchidagi bir molyar eritmasida erigan moddalarning malekulalar soni bir xil bõladi. Demak, Raul qonuniga muvofiq bugʻ bosimining pasayishi ham bir xil bõladi. Shunday qilib, E ning son qiymati erigan moddaning tabiatiga emas balki erituvchining tabiatiga bogʻliqdir. Masalan, suvning kreaskopik konstantasi 1,86 ga, benzolniki 5,12 ga teng. Suvning ebulyoskopik konstantasi 0,52 ga. Benzolniki 2,6 ha teng. Gram erituvchiga gram modda erigan bõlsa bu eritmaning mol konsentratsiyasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |