K ic h ik bizn es V a X u su siy t a d b ir k o r L ik


"Texnologik maqsadlar uchun ishlatilgan yoqilg'i va energiya"



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/137
Sana27.06.2022
Hajmi5,24 Mb.
#708295
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   137
Bog'liq
Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик Болтабаев М Дарслик 2011

"Texnologik maqsadlar uchun ishlatilgan yoqilg'i va energiya"
moddasida texnologik maqsadlar, energiyaning barcha turlarini ishlab 
chiqarish, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg'ining chetdan sotib 
olinadigan barcha turiari, korxonaning texnologik, transport va boshqa 
ishlab chiqarish va xo'jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid 
qilinadigan energiya aks ettiriladi.
"Ishlab chiqarishga tegishli mehnatga haq to'lash xarajatlari"ga
korxonada qabul qilingan mehnatga haq to'lash shakl va usullariga 
muvofiq qo'llaniladigan tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib 
chiqib hisoblangan:
- ishlab chiqarish xususiyatidagi amalda bajarilgan ish uchun 
hisoblangan ish haqi, shu jumladan, bajarilgan ishni hisobga olish bo'yicha 
dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan rag'batlantiruvchi tusdagi to'lovlar;
- kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalari va okladlarga 
ustamalar;
- ish tartibi va mehnat sharoitlari bilan bog'liq kompensauiya 
tusidagi to'lovlar, shu jumladan, tungi smenada, ishdan tashqari vaqtda, 
dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlaganlik uchun tarif 
stavkalari va okladlarga ustamalar va qo'shimcha haq;
- ko'p smenali tartibda ishlaganlik, kasblarni birga qo'shib olib 
borganlik va xizmat ko'rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar;
- hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro'yxati bo'yicha 
og'ir, zararli, alohida zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida 
ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan, ushbu sharoitlardagi uzluksiz 
ish staji uchun ustamalar;
- qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashda bevosita 
band bo'lgan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda


vaxta usuli bilan ishlami bajargan xodimlar uchun ishning ko'chma va 
qatnov xususiyati uchun ustama;
- mehnatga haq to'lashning rayonlar bo'yicha tartibga solinishi, shu 
jumladan, rayon koeffitsentlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq 
cho'l, suvsiz va yuqori tog' joylarida ishlaganlik uchun koeffitsentlar bilan 
belgilagan to'lovlar;
- amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi (yillik) va 
qo'shimcha ta’tillar, navbatdagi (har yilgi) foydalanilmagan va qo'shimcha 
ta’tillar uchun kompensatsiyalar, o'smirlaming imtiyozli soatlari, bolani 
ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek tibbiy 
ko'riklardan o'tish bilan bog'liq vaqt uchun haq to'lash;
- majburiy ta’tildagi xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab 
qolgan holda haq to'lash;
- davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yig'inlar, favqulodda 
vaziyatlar bo'yicha yig'inlar va boshqalar) mehnat haqi to'lash;
- korxona shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan 
fuqarolik- huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo'yicha ishlar 
bajarilganligi uchun haq to'lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan 
hisob-kitob korxonaning o'zi tomonidan amalga oshirilsa, pudrat 
shartnomasi ham shu jumlaga kiradi;
- belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida 
qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to'lash fondiga kiritiladigan 
to'lovlaming boshqa turiari.
"Ishlab 
chiqarishga 
tegishli 
ijtimoiy 
sug'urtaga ajratmalari" 
moddasida qonun hujjatlari bilan belgilangan me’yorlar bo'yicha 
mehnatga haq to lash fondiga ijtimoiy turdagi majburiy ajratmalar, 
nodavlat pensiya jamg'armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug'urta va ixtiyoriy 
sug'urtaning boshqa turlariga ajratmalar aks ettiriladi.
"Asosiy vositalar amortizatsiyasi"ga asosiy ishlab chiqarish fondlari 
va nomoddiy aktivlaming belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar 
bo'yicha dastlabki (tiklash) qiymatidan kelib chiqib hisoblangan 
amortizatsiya ajratmalar summasi (lizing bo'yicha va qonun hujjatlariga 
muvofiq amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya ham) kiradi.
"Asosiy vositalar amortizatsiyasi"
saqlash va ishlatishga hamda 
korxona tomonidan amalga oshirilgan joriy, oraliq va mukammal 
ta’mirlashga tegishli;
- asosiy vositalarga xizmat ko'rsatuvchi xodimlaming ish haqi;
- ulaming ish haqidan ijtimoiy ajratmalar qilish;
- yonilg'i-moylash materiallariga qilingan xarajatlar;


- asosiy vositalami barcha turdagi ta’mirlash va texnik xizmat 
ko'rsatish xarajatlari;
- ta’mirlashda ishtirok etgan ishchi va mutaxassislar ish haqi va ish 
haqidan ijtimoiy ajratmalar;
-asosiy vositalami ta’minlashga sarflangan ehtiyot qismlar, qurilish 
materiallari va boshqa materiallar, ta’mirlash va undan so'ng sinab ko'rish 
chog'ida sarflangan yonilg'i-moylash materiallari qiymati tannarxni 
hisoblashning tegishli moddalarida (xomashyo va asosiy materiallar, sotib 
olingan butlovchi qismlar va yarim fabrikatlar, texnologik maqsadlar 
uchun ishlatilgan yoqilg'i va energiya, ishlab chiqarishga tegishli 
mehnatga haq to'lash xarajatlari, ishlab chiqarishga tegishli ijtimoiy 
sug'urta ajratmalari) hisobga olinadi.
".Moddiy qimmatliklar kamomadi va mahsulotlaming buzilishidan
ko'rilgan zararlar"
da ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning 
tabiiy yo'qolish me’yorlari doirasida va ulardan ortiqcha yo'qotilishi, 
yaroqsizlanishi va kam chiqishi hisobga olinadi.
"Ishlab chiqarishga oid boshqa xarajatlar"
moddasi quyidagilardan 
tashkil topadi:
- ishlab chiqarishni xomashyo, materiallari, yonilg'i, energiya, 
moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan ta’minlash 
xarajatlari;
- chetdan jalb etilgan korxonalar tomonidan amalga oshirilgan 
korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash 
xarajatlari (texnik ko'rik va qarov, o'rtacha, joriy va mukammal tuzatish 
xarajatlari);
- ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli asosiy vositalami joriy ijaraga 
olish bilan bog'liq xarajatlar;
- ifloslantiruvchi moddalami yo'l qo'yiladigan me’yorlar doirasida 
va undan ortiqcha atrof-muhitga chiqarganlik uchun to'lovlar;
- ishlab chiqarish xususiyatiari bilan bog'liq mehnatning normal 
sharoitlari va texnika xavfsizligini ta’minlash xarajatlari;
- xodimlarga tekin ko'rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, 
tekin beriladigan joy haqini to'lash xarajatlari (yoki uy-joy, kommunal 
xizmatlar va boshqalar uchun pul kompensatsiyasi summasi);
- amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va shaxsiy 
foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati (shu jumladan, formali kiyim- 
bosh, maxsus ovqatlar) yoki ular pasaytirilgan narxlar bo'yicha sotilishi 
munosabati bilan imtiyozli summasi;


- ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga 
tegishli xizmat safarlariga yuborish bo'yicha me’yorlar doirasida va 
ulardan ortiqcha xarajatlar;
- ishlab chiqarishdagi ishchilari va ishlab chiqarish aktivlarini 
majburiy sug'urta qilish xarajatlari;
- kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlami kafolatli tuzatish 
va ularga sifatli xizmat ko'rsatish xarajatlari;
- mahsulotni (xizmatlami) majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari;
- ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo'qolishi 
munosabati bilan tegishli vakolatli organlaming qarorlari asosida va 
qarorlarisiz to'lanadigan nafaqalar;
- xodimlami ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog'liq 
xarajatlar;
- ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar.
X a r a j a t l a r n i n g m o d d a l a r b o ' y i c h a g u r u h l a n i s h i
Ishlab chiqarishga oid mehnatga haq toMash xarajatlari 
Ishlab chiqarishga oid ijtimoiy sug'urta ajratmalari
Mineral va organik o'g' itlar
O'simliklar va chorva mollarini himoyaiash vositalari
Yem-xashak va ozuqa
Urug'lik ко'chat materiallari
Qayta ishlash uchun xomashyo
Asosiy vositalar amortizatsiyasi
Ish va xizmatlar
Chorva mollarining nobud bo'lishidan yo'qotishlar
Boshqa xarajatlar

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish