Tannarxni hisoblash obyektlari aniqlanadi
• •
г —
^
_________Mahsulot turiari bo'yicha ishlab chiqarish hajmi hisoblab chiqiladi
|
Asosiy vositlami saqlash xairajatlari tegishli obyektlar bo'yicha
taqsinilanadi
Ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatuvchi bo'linmalar mahsuloti (ishi,
______________________ xizmati) tannarxi aniqlanadi______________________
___________________________ I___________________________
____________ Sug'orish va cmi quritish xarajatlari taqsimlanadi____________
___________________________ I___________________________
Hisobga olish obyektlari bo'yicha jami ishlab chiqarish xarajatlari aniqlanadi
___________________________ i ___________________________
_____________O'simlikchilik mahsulotlari tannarxi hisoblanadi____________
___________________________ i ___________________________
_____________ Chorvachilik mahsulotlari tannarxi hisoblanadi_____________
___________________________ i ___________________________
_______ Chorvamollari tirik vazni va uni o'sishi tannarxi hisoblanadi_______
------------------------------------------A-----------------------------------------
Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi yordamchi ishlab
_______________ chiqarish mahsulotlari tannarxi hisoblanadi_______________
-ekinlar, chorva mollari va ishlab chiqarish vositalarini majburiy
sug'urtalash xarajatlari;
-yong'inga
qarshi,
ekinzorlar,
asosiy
vositalami
qo'riqlash
xarajatlari;
-ishchilarga bepul beriladigan maxsus kiyim - bosh (xalat, kurtka,
etik, fartuk va boshqa), oziq - ovqat xarajatlari;
-mollaming tagini quruqlashga sepiladigan somon, qirindi va boshqa
material xarajatlari;
-fermalar atrofini devor bilan o'rash, chorva mollari uchun yozgi
soyabon va otarlar qurish xarajatlari;
-ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boshqa xarajatlar.
Qishloq xo'jaligida yetishtirilgan mahsulotlar tannarxini hisoblash
bilan birga, avtotransport, traktorlar va ishchi hayvonlar tomonidan
bajarilgan ishlar tannarxi ham hisoblanadi. Bunda avtotransport bajargan
ish tonna - kilometrda, haydov traktorlari bajargan ish shartli etalon -
gektarda, otlamiki ot - kunida hisobga olinadi. Shuningdek, bir gektar
erdagi bir mahsulot turini ishlab chiqarish tannarxi, bir bosh chorva molini
parvarishlash tannarxi ham hisoblanishi mumkin.
Har
bir
korxona
uchun
mahsulot
tannarxini
pasaytirish
imkoniyatlarini izlab topish iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan
muhim hisoblanadi. Chunki, mahsulot tannarxi qanchalik arzon bo'lsa,
shunchalik korxona oladigan foyda miqdori oshib boradi.
Keyingi yillarda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinadigan
resurslar hamda xizmat ko'rsatish korxonalari ish va xizmatlari
narxlarining tez sur’atlar bilan oshib borganligi mahsulotlar tannarxining
ham qimmatlashib ketishiga sabab bo'lmoqda. Bu vaziyat aksariyat
hollarda kichik tadbirkorlik korxonalari etishtirayotgan mahsulotlami zarar
bilan sotishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun kuchli raqobatga asoslangan
munosabatlar sharoitida kichik tadbirkorlik korxonalari oldida mahsulot
tannarxini har tomonlama pasaytirish yo'llarini izlab topish vazifasi turadi.
Mahsulot tannarxini pasaytirish yo'llari quyidagilardan iborat
bo'lishi mumkin:
- ishlab chiqarishga yuqori unumli, ishonchli va arzon ishlab
chiqarish vositalarini joriy etish;
- asosiy aylanma fondlardan oqilona va samarali foydalanish;
ishlab
chiqarishning
material
sig'imini
kamaytirish
va
tejamkorlikka erishish;
- mashina va texnikalaming kunlik va yillik ish unumini ko'tarish;
-
resurslami
tejovchi
va
chiqitsiz texnologiyalardan
keng
foydalanish;
- ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning ilg'or shakllaridan
foydalanish;
- mehnat unumdorligini oshirish;
- mahsulotlar sifatini oshirish va nobudgarchilik, yo'qotishlarga yo'l
qo'ymaslik;
- qishloq xo'jaligida ekinlar hosildorligi va chorva mollari
mahsuldorligin i oshirish va boshqalar.
Qisqa xulosalar
Mahsulot tannarxini hisoblashda faqat shu mahsulotni ishlab
chiqarish bilan bog'liq xarajatlar hisobga olinadi. Mahsulotni sotish va
ishlab chiqarishni boshqarish bilan bog'liq umumkorxona xarajatlari
mahsulot tannarxiga kiritilmay davr xarajatlari hisobiga kiritiladi.
Mahsulot tannarxini aniqlashda hisoblash obyektlarini bilish
muhimdir. Unga qilingan xarajatlarni alohida hisobga olish mumkin
bo'lmaganligidan, umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash
obyektlari bo'yicha to'g'ri taqsimlash muhimdir.
Iqtisodiy hisob-kitoblarda mahsulot tannarxini rejalashtirish va
hisoblashda xarajatlarni hisoblash moddalari bo'yicha guruhlash qabul
qilingan. Keyingi yillarda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinadigan
resurslar hamda xizmat ko'rsatish korxonalari ish va xizmatlari
narxlarining tez sur’atlar bilan oshib borganligi mahsulotlar tannarxining
ham qimmatlashib ketishiga sabab bo' lmoqda.
Bu vaziyat aksariyat hollarda kichik tadbirkorlik koixonalaii
etishtirayotgan mahsulotlami zarar bilan sotishiga sabab bo'ladi. SHuning
uchun kuchli raqobatga asoslangan munosabatlar sharoitida kichik
tadbirkorlik korxonalari oldida mahsulot tannarxini har tomonlama
pasaytirish yo'llarini izlab topish vazifasi turadi.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Ishlab chiqarish xarajatlariga nimalar kiradi?
2. Mahsulot tannarxi nima?
3. Mahsulot tannarxi qanday usullar bilan hisoblanadi?
4. Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxi qanday hisoblanadi?
5. Asosiy vositalar amortizatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
6
. Qishloq xo'jaligida mahsulot tannarxi qanday hisoblanadi?
7. Qishloq xo'jaligida mahsulot tannarxini hisoblashda xarajat
moddalarini sanab bering?
8
. "Boshqa xarajatlar" moddasiga qanday xarajatlar kiritiladi?
9. Mahsulot tannarxini hisoblash ketma-ketligi qanday amalga
oshiriladi?
10. Mahsulot tannarxini pasaytirish yo'llari nimalardan iborat?
Adabiyotlar
1. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini
yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi:
2 0 1 0
-yilda
mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va
2 0 1 1
-yilga
mo'ljallangan
eng
muhim
ustuvor
yo'nalishlarga
bag'ishlangan
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.
-Т.: O'zbekiston, 2011.-48 b.
2. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlami yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi:
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining
qo'shma majlisidagi ma’ruzasi. -Т.: O'zbekiston, 2010. -56 b.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2010 yilda
mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va
2 0 1 1
yilga
mo'ljallangan
eng
muhim
ustuvor
yo'nalishlarga
bag'ishlangan
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Barcha
reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz
farovonligini oshirishga xizmat qiladi” mavzusidagi ma’ruzasini o'rganish
bo'yicha O'quv-uslubiy majmua. - Т.: Iqtisodiyot, 2011. - 377 b.
4. Boltabayev M.R., Qosimova M.S., Ergashxodjayeva Sh.J.,
G'oyipnazarov B.K., Samadov A.N., Xodjaev R.S. Kichik biznes va
tadbirkorlik. -Т .:ADIB NASHRIYOTI, 2011. -283 b.
5. G'oyibnazarov B.K., Rahmonov H.O., Otajonov Sh.I., Almatova
D.S. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik - mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotini yuksaltirish omili. -Т.: Fan, 2011.-185 b.
6
. Xodiyev B.Yu., Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik. -Т.: TDIU, 2010. - 260 b.
7. Предпринимательство: учебник / под. ред. М.Г.Лапусты. - 4-е
издательство, доп. - М.: ИНФРА-М, 2008. - 667 б.
8
. Анискин Ю.П. Организация и управление малым бизнесом:
Учебное пособие. -М .: Финансы и статистика, 2008. -160.
8-bob. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK
SUBYEKTLARINING MOLIYAVIY FAOLIYATI TAHLILI
8.1. Kichik biznes va tadbirkorlikning moliyaviy faoliyatini
ifodalovchi ko'rsatkichlar
Kichik biznes korxonalarining moliyaviy faoliyati ulaming davlat,
boshqa korxonalar, tashkilotlar va shaxslar bilan o'zaro munosabatini
tartibga solish bilan bog'liq pul hisob-kitoblarini ifodalaydi.
Kichik biznes korxonalarining ish faoliyati uning moliyaviy holati
bilan chambarchas bog'langanidir. Moliyaviy holat korxonaning har
tomonlama faoliyatining natijalarini aks ettiradi va rejada belgilangan
ishlaming bajarilishiga ta’sir ko'rsatadi. Har bir kichik korxonaning
moliyaviy xo'jalik faoliyati to'g'ri olib borilishi muhim ahamiyat kasb
etadi.
Korxonalar
faoliyatining
moliyaviy
natijalarini
ifodalovchi
ko'rsatkichlardan asosiysi foydadir. Korxonalar foydasining turiari
quyidagilardan iborat:
a) mahsulotlar sotishdan tushgan yalpi foyda (YAF). Bu sotishdan
tushgan sof tushum (ST) va sotilgan mahsulotning tannarxi (MT)
o'rtasidagi farqdan iborat, ya’ni
YAF = ST - MT;
b) asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan tushgan foyda (ICHF). Bu
ma’lum davr ichida mahsulotlar sotishdan tushgan yalpi foyda (YAF) va
xarajatlar (Aharaj.) o'rtasidagi farq va plyus boshqa asosiy faoliyat
sohalari daromadlari (Bdar.) yoki kamomadlari (Bkam.) ayirmasidan
iborat, ya’ni:
Do'stlaringiz bilan baham: |