Ko'rsatkichlar
О tgan
yil
Hisobot yili
O'zgarish
reja
bo'yicha
haqiqatda
o'tgan yilga
nisbatan
rejaga
nisbatan
Tovar mahsuloti
14006
14265
14495
+489
+230
Shu jumladan oliy navli
mahsulotlar
2831
3459
3663
+832
+204
Oliy navli mahsulotlaming
umumiy mahsulotlar
hajmiga nisbatan salmog'i,
2 0 , 2
24,4
25,2
+5
+
0 , 8
Jadvaldan ko'rinishicha, korxonada hisobot yilida o'tgan yil va
rejaga nisbatan ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifati yaxshilanishi
kuzatilgan, ya’ni sifatning oliy navini tovar mahsulotining umumiy
hajmiga nisbatan salmog'i o'tgan yilga nisbatan 5 %, rejaga nisbatan 0,8
%ga oshgan.
Mahsulotning sifatiga uni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan
xomashyo va materiallaming sifati, belgilangan texnologik jarayonga aniq
rioya etilishi, ishchilarning malakasi, mahsulot sifatini yaxshilaganlik
uchun moddiy rag'batlantirish, tayyor mahsulotlami saqlash, tashish va
boshqalar ta’sir qiladi.
Mahsulotning tannarxi kichik korxonalar ishining tejamliligini
ta’riflovchi eng muhim ko'rsatkichlardan biridir. Mahsulot tannarxining
pasayishi korxona rivojlanishining eng muhim omili hisoblanadi.
Mahsulotlar,
ishlar va xizmatlaming tannarxi
deganda bevosita
mahsulotlami tayyorlash va ishlami bajarish, ishlab chiqarish sharoitlarini
yaxshilash
va
uni
takomillashtirish
jarayonida
foydalaniladigan
resurslaming barcha turiari: asosiy fondlar, tabiiy xomashyo va sanoat
xomashyosi, materiallar, yonilg'i va energiya, mehnatning pul shaklida aks
ettirilgan
xarajatlari
tushuniladi.
Mahsulot
tannarxiga
kiritilgan
xarajatlarning tarkibi, ularni moddalar bo'yicha tasniflash davlat standarti
tomonidan, kalkulyatsiyalash usullari esa korxona tomonidan belgilanadi.
Mahsulotning tannarxi korxonaning ishlab chiqarish va muomala
xarajatlaridan iborat bo'ladi, xarajatlar va daromadlami tenglashtirish,
ya’ni o'z xarajatlarini o'zi qoplashi bozor mexanizmining asosiy
xususiyatlaridan biridir.
Tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlaming
sotilishi korxona faoliyati moliyaviy natijalarini aniqlashga imkon beradi.
Hisobot davrida xaridorlarga ortib jo'natilmagan mahsulotning
qiymati va firma ichidagi aylanma sotish hajmiga kiritilmaydi.
Mahsulotning sotilishidan tushgan tushum
korxona tomonidan
ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko'rsatilgan xizmatlar
uchun olinadigan pul mablag'larining hajmi. Bu korxona xarajatlarini
qoplash va daromadlar ni shakllantirish mablag'larining asosiy manbaidir.
Asosiy mahsulotni sotishdan tushgan tushumdan tashqari, korxona boshqa
sotishlardan hamda sotishdan tashqari operatsiyalardan tushumlar olishi
mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati jarayonida moddiy ishlab chiqarish sohasida
yaratilgan sof daromadni aks ettiruvchi foyda korxona faoliyatining eng
muhim umumlashtirilgan ko'rsatkichi hisoblanadi. Tadbirkor hamma vaqt
foyda olishni maqsad qilib qo'yadi, ammo hamma vaqt ham foyda
ololmaydi. Agar tushum tannarxga teng bo'lsa, unda faqat mahsulot ishlab
chiqarish va sotish xarajatlarining o'mini qoplashga erishiladi. Tushumdan
oshib ketuvchi xarajatlarda korxona salbiy moliyaviy natija ko'radi, bu uni
murakkab moliyaviy ahvolga solib qo'yadi, bankrotlik ham istisno emas.
Mahsulotlami sotishdan olingan foyda (zarar) qo'shimcha qiymat
solig'i va aksizsiz mahsulot sotishdan tushgan tushum va mahsulotlar ning
tannarxiga kiritilgan ishlab chiqarish va sotish xarajatlari o'rtasidagi farq
sifatida aniqlanadi.
Keltirilgan ta’rifdan foyda korxonaning o 'z
mahsulotlari (ishlari, xizmatlari)ni talab va taklif asosida vujudga kelgan
narxlar bo'yicha sotishdan hosil bo'lgan yalpi daromad hajmiga bog'liqligi
ma’lum bo'ladi.
Korxonaning yalpi daromadi
mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni
sotishdan tushgan tushumdan moddiy xarajatlarni chiqarib tashlagandan
keyin ish haqi va foydani o'z ichiga oluvchi korxona sof mahsulotlaridan
iboratdir. Bozor munosabatlari sharoitida korxona eng katta foyda olishga
erisha olmasa, tovarlarni sotish va xizmatlar ko'rsatish bozorida o'z
mavqeini mustahkam ushlab turish, raqobat sharoitida o'z ishlab
chiqarishini dinamik rivojlanishini ta’minlashga imkon beruvchi foyda
hajmini olishga harakat qilishi kerak.
Quyidagi 8.4.3-jadvalda korxona foyda olishning tahlili berilgan.
8.4.3-jadval
Asosiy faoliyatdan olinadigan foyda (zarar) va uning o'zgarishiga
ta’sir qiluvchi omillar tahlili (ming so'm)
Ko'rsatkichlar
Haqic atda
Farqi
(+;-)
Foyda
hajmiga
ta’siri
O'tgan
yil uchun
Hisobot
yil
Mahsulotni sotishdan olingan
vatoi fovda
26399
26704
+305
+305
Davriy xarajatlar
10341
11553
+
1 2 1 2
- 1 2 1 2
Boshqa daromadlar
5452
6089
+637
+637
Boshqa zararlar
24310
25774
+ 1464
-1464
Asosiy faoliyatdan foyda (zarar)
-2400
-4534
2134
X
Jadval ma’lumotlariga ko'ra, korxonada asosiy faoliyat bo'yicha
o'tgan yili 2400 ming so'm, hisobot yilida esa 4534 ming so'm zararga
yo'l qo'yilgan, ya’ni zararlarning o'sishi yiliga 2134 ming so'mni tashkil
etgan. Bu zararlarga boshqa xarajatlarning 1464 ming so'mga va davriy
xarajatlarning 1212 ming so'mga ko'payishi natijasida yo'l qo'yilgan. Shu
bilan birga sotishdan yalpi foydani 305 ming so'mga, boshqa
daromadlaming 637 ming so'mga o'sishi hisobiga korxona asosiy
faoliyatidan 942 (305+637) ming so'm foyda olgan. Ammo foydaning bu
mikdori zarami qoplash uchun yetarli emas.
Korxona ish faoliyatining samaradorlik darajasini baholash uchun
olingan natija (yalpi daromad, foyda) xarajatlar yoki foydalanilgan
resurslar bilan taqqoslanadi. Foyda va xarajatlarni tenglashtirish
rentabellik yoki aniqrog'i rentabellik me’yorini bildiradi.
Amaliyotda rentabellik me’yorini o'lchashning ikki variantidan
foydalaniladi. Bu foydaning korxonaning joriy sarf-xarajatlari (tannarx)ga
yoki avanslashgan qo'yilmalar (asosiy ishlab chiqarish fondlari va
aylanma mablag'lar)ga nisbatidir. Ikkala o'lchov varianti ham bir-biri
bilan avanslashgan qo'yilmalar aylanmasi tezligi ko'rsatkichi bilan
bog'langan:
Ri — R / Fa , R
2
= R / Fz ,
bu yerda, R - foyda;
Rj , R
2
.foyda me’yori (
1
- va
2
-variantlar);
Fa, Fz - avanslashgan fondlar va tannarx qiymati.
Aylanishlar soni P = Fz /Fa bo' lganligi uchun R
2
= Ri x P.
Korxona rentabelligi me’yorini quyidagicha hisoblash mumkin:
R = P (U S)*100/(Fo+ F ob),
bu yerda, R - foyda;
P - mahsulot hajmi;
U - mahsulot birligi narxi;
S - mahsulotning tannarxi;
F
0
- acosiy ishlab chiqarish fondlarining o'rtacha yillik qiymati;
Fob - aylanma mablag'laming hajmi.
Korxonalar ish amaliyotida rentabellikning bir qator ko'rsatkichlari
qo'llaniladi. Mahsulotning rentabelligini sotilgan barcha mahsulotlar
bo'yicha va uning alohida turiari bo'yicha aniqlash mumkin. Birinchi
holda u mahsulotni sotishdan olingan foydaning uni ishlab chiqarish va
sotish xarajatlariga nisbati sifatida aniqlanadi. Sotilgan mahsulotlaming
rentabelligi tovar mahsulotini sotishdan olingan foydaning mahsulotni
sotishdan tushgan tushumga nisbati sifatida; sof foydaning sotilgan
mahsulotdan tushgan tushumga nisbati bo'yicha hisoblanadi.
Ishlab chiqarish fondlarining rentabelliligi asosiy faoliyatdan olingan
foydaning asosiy ishlab chiqarish fondlari va moddiy aylanma
mablag'laming o'rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida hisoblanadi. Bu
ko'rsatkichni sof foyda bo'yicha ham hisoblash mumkin.
Korxona qo'yilmalarining rentabelliligi uning ixtiyoridagi mulkning
qiymati bo'yicha aniqlanadi. Hisoblashda asosiy faoliyatdan olingan foyda
va sof foyda ko'rsatkichlaridan foydalaniladi. Mulkning qiymati
buxgalteriya balansi bo'yicha aniqlanadi. Bu ko'rsatkich korxona
mulkining bir so'm qo'yilmalariga sotish darajasini ifodalaydi.
Korxona shaxsiy mablag'larining rentabelligi sof foydaning balans
bo'yicha belgilangan, uning shaxsiy mablag'lariga nisbati bilan aniqlanadi.
Uzoq muddatli moliyaviy qo'yilmalaming rentabelligi qimmatbaho
qog'ozlar va boshqa korxonalarda ulushli ishtirok etishdan daromadlar
miqdorining uzoq muddatli moliyaviy qo'yilmalaming umumiy hajmiga
nisbati sifatida hisoblanadi. Quyidagi 8.4.4-jadvalda rentabellikning tahlili
haqidagi ma’lumotlar ko'rsatilgan.
Jadval ma’lumotlariga ko'ra, hisobot yilida sotilgan mahsulotlaming
rentabelliligi o'tgan yilga nisbatan 0,4 %ga pasaygan. Bu sotishdan sof
foyda miqdorining 3645 ming so'mga ko'paygani natijasida sodir bo'lgan.
8.4.4-jadval
Sotilgan mahsulotlar rentabelligi tahlili
______
Do'stlaringiz bilan baham: |