7.2.2-rasm. Qishloq xo'jaligida mahsulot tannarxini hisoblash
bo'yicha xarajat moddalari
Korxonaning qaysi tarmoqqa mansubligidan kelib chiqib, mahsulot
tannarxini hisoblash moddalari farq qiladi. Masalan, qishloq xo'jaligida
tannarxni hisoblash moddalari quyidagicha turkumlanadi:
- qishloq xo'jaligida mahsulot tanarxini hisoblashning "
Ishlab
chiqarishga oid mehnatga haq to'lash xarajatlari
",
"Ishlab chiqarishga
oid ijtimoiy sug'urta ajratmalari
" va
"Asosiy vositalar amortizatsiyasi"
moddalaridan tashqari boshqa moddalari tarkibi sanoat korxonalari
mahsuloti tannarxini hisoblash moddalaridan farq qiladi.
-
"Mineral va organik o'g'itlar"
moddasida ekinlarga solingan
mineral va organik o'g'itlar qiymati hisobga olinadi. Bunda korxonaning
o'zida mavjud organik o'g'itlar (go'ng va boshqa) ulami ishlab chiqarish
tannarxida, chetdan sotib olinganlari esa sotib olish bahosida hisobga
olinadi.
Ushbu o'g'itlami ekinlarga solish (transportga yuklash, tashish,
tushirish, sepish va boshqalar) bu moddada aks etmay, tegishli moddalar
bo'yicha (mehnatga haq to'lash, asosiy vositalami saqlash, ish va
xizmatlar va boshqa) hisobga olinadi.
"
O'simliklar va chorva mollarini himoyaiash vositalari"
moddasida
ekinlar va chorva mollarini kasalliklar, zararkunandalardan himoyaiash va
begona
o'tlardan tozalashda
ishlatiladigan
vositalar:
gerbitsidlar,
pestitsidlar, defoliantlar, kimyoviy va biologik vositalar, biopreparatlar,
tibbiy va dezinfeksiya vositalari hamda boshqa himoya vositalarini sotib
olish bilan bog'liq xarajatlar o'z aksini topadi.
Ushbu himoya vositalari bilan ekinlarga ishlov berish xarajatlari
(sepish, changlatish, defolyatsiya qilish va boshqalar) bu moddada aks
etmay, tegishli moddalar bo'yicha (mehnatga haq to'lash, asosiy
vositalami saqlash, ish va xizmatlar va boshqalar) hisobga olinadi.
Chorvachilikda bu moddaga biopreparatlar , tibbiy va dezinfeksiya
vositalarini ishlatish bilan bog'liq xarajatlar ham hisobga olinadi.
"Yem-xashak va ozuqa"
moddasida chorva mollarini oziqlantirishda
ishlatilgan korxonaning o'zida etishtirilgan hamda chetdan sotib olingan
em-xashak va boshqa ozuqa turiari qiymati o'z aksini topadi. Bunda
ozuqalarni korxona ichida daladan omborga, ombordan mollarga berish
joyiga tashish xarajatlari, shuningdek ulami ozuqaga tayyorlash bilan
bog'liq xarajatlar ushbu moddada aks etmay tegishli moddalarda
(mehnatga haq to'lash, asosiy vositalami saqlash, ish va xizmatlar va
boshqa) hisobga olinadi.
"Urug'lik va ко'chat materiallari"
moddasida o'zida ishlab
chiqarilgan hamda sotib olingan ekish uchun mo'ljallangan urug'lik va
ko'chatlar hisobga olinadi. Bunda korxonaning o'zida yetishtirilgan
urug'lik va ko'chatlar ulami ishlab chiqarish tannarxi, chetdan sotib
olinganlari esa sotib olish bahosida hisobga olinadi. Ushbu urug'lik va
ko'chatlarni ekishga tayyorlash (transportga yuklash, tashish, tushirish,
ekish va boshqalar) bu moddada aks etmay, tegishli moddalar bo'yicha
(mehnatga haq to'lash, asosiy vositalami saqlash, ish va xizmatlar va
boshqa) hisobga olinadi.
"Qayta ishlash uchun xomashyo
" moddasida korxonaning
yordamchi tarmoqlarida mahsulotlami qayta ishlashda ishlatilgan va
yaratilayotgan mahsulotning asosi yoki tarkibiy qismlaridan birini tashkil
etadigan xomashyo va materiallar sarfi o'z aksini topadi:
- aralash ozuqa (kombikorma) tayyorlashda - don, don aralashmasi,
o't uni, suyak uni va boshqa mikro va mineral qo'shimchalar qiymati;
- tegirmonda - bug'doy qiymati;
- sabzavot va mevalami qayta ishlashda - sabzavotlar, mevalar, turli
xil qo'shimcha va konservantlar qiymati;
- qassobxonada - so'yiladigan chorva mollari qiymati;
- sut mahsulotlari tayyorlashda - sut, sut mahsulotlari, shakar,
vanilin, achitqi va boshqa qo'shimchalar qiymati.
"
Asosiy vositalami saqlash "
moddasida aynan shu ekin yoki chorva
mollari turiga taqsimlanadigan, asosiy vositalarning balans qiymatidan
kelib chiqib o'matilgan me’yorda hisoblanadigan amortizatsiya ajratmalari
hisobga olinadi.
O'simlikchilik tarmog'ida ishlatiladigan asosiy vositalami saqlash
xarajatlari alohida ekin turiari mahsulotlari va tugallanmagan ishlab
chiqarish turiari tannarxiga quyidagi tartibda qo'shiladi:
-tor ixtisoslashuvdagi asosiy vositalarniki (masalan, sholi o'ruvchi
kombaynlar va paxta terish mashinalari) - bevosita shu ekin mahsulotlari
tannarxi;
-traktorlamiki - ular tomonidan ekin turiari bo'yicha ishlov hajmiga
(shartli etalon gektarda) mutanosib ravishda;
-tuproqqa ishlov beruvchi mashinalamiki - ekin turiari bo'yicha
ekilgan maydon hajmiga mutanosib ravishda;
-ekish agregatlariniki - ekin turiari bo'yicha ekilgan maydon hajmiga
mutanosib ravishda;
-hosilni o'rib-yig'uvchi kombaynlamiki - ekin turiari bo'yicha ishlov
berilgan maydon hajmiga mutanosib ravishda;
-mineral o'g 'it soluvchi mashinalamiki - ekinlarga solingan
o'g'itlaming fizik hajmiga mutanosib ravishda;
-bir necha turdagi chorva mollari joylashtirgan binolarniki - har bir
chorva moli turining binoda egallagan joyi hajmiga (metr kvadratda)
mutanosib ravishda;
-bir turdagi chorva mollari joylashlashtirgan binolarniki - to'g'ridan -
to'g'ri shu chorva mollari tannarxiga olib boriladi;
-mahsulotlami saqlash omborlariniki - har bir mahsulot turining
omborda egallagan maydoni hajmiga mutanosib ravishda.
"Ish va xizmatlar"
moddasida korxonaga boshqa korxona va
tashkilotlar tomonidan ko'rsatilgan ishlab chiqarish xarakteridagi ish va
xizmatlar uchun haq to'lash xarajatlari, shuningdek korxonaning
yordamchi ishlab chiqarish bo'linmalari bajargan ish va xizmatlaming
xarajatlari aks ettiriladi.
Yordamchi
ishlab
chiqarish
bo'linmalariga
ot-arava,
yuk
avtotransporti, traktorlar tomonidan bajariladigan yuk tashish ishlari,
ta’mirlash ustaxonasi, mahsulotlami qayta ishlash bo'linmalari (tegirmon,
moyjuvos, sabzavot va mevalarni qayta ishlash uexlari, ozuqa tayyorlash
sexi) va boshqalar kiritiladi.
Mahsulotni qayta ishlovchi yordamchi bo'linmalarning texnologik
jarayonlarni (xomashyoni yuvish, qaynatish, sharbat va namakob
tayyorlash,
qovurish,
qizdirish,
maydalash,
quritish va
hokazo)
ta’minlashga sarflaydigan yoqilg'i, elektr,
gaz, suv, shuningdek
mahsulotni muzlatkichlar va boshqa tarzda saqlash xarajatlari ham ushbu
moddada aks ettiriladi. Bu moddaga tashqi subyektlar tomonidan qishloq
xo'jaligi ishlarini (er haydash, yemi ekishga tayyorlash, ekinlarni ekish,
tuproqqa ishlov berish, o'g 'it solish, kimyoviy himoya vositalari bilan
ishlov berish, hosilni o'rib-yig'ib olish, omborlarga tashish, veterinariya va
zootexnika xizmatlami ko'rsatish va boshqalar) bajarish, turli xizmatlar
ko'rsatish, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishni moddiy resurslar, suv,
gaz, issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlash xarajatlari ham kiritiladi.
"Chorva mollarining nobud bo'lishidan yo'qotishlar"
moddasida
o'suvdagi va mahsuldor chorva mollari, parranda, ish hayvonlari,
asalarilaming nobud bo'lishidan ko'riladigan yo'qotishlar (aybdorlardan
udiriladigan va tabiiy ofatlar natijasida nobud bo'lganlardan tashqari) aks
ettiriladi.
"Boshqa xarajatlar"
moddasiga yuqorida keltirilgan moddalarda aks
etmagan, ammo ishlab chiqarishga taalluqli bo'lgan quyidagi boshqa
xarajatlar kiritiladi:
-ishlab chiqarishni xomashyo, materiallar, yonilg'i, energiya,
instrument, moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan
ta’minlash xarajatlari;
-chetdan jalb etilgan korxonalar tomonidan amalga oshirilgan
korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash
xarajatlari (texnik ko'rik va qarov, o'rtacha, joriy va mukammal tuzatish
xarajatlari);
-ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli asosiy vositalami joriy ijaraga
olish bilan bog'liq xarajatlar;
-ishlab chiqarish xususiyatiari bilan bog'liq mehnatning normal
sharoitlari va texnika xavfsizligini ta’minlash xarajatlari;
-ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo'qolishi
munosabati bilan tegishli vakolatli organlaming qarorlari asosida va
qarorlarisiz to'lanadigan nafaqalar;
-xodimlami ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog'liq
xarajatlar;_________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |