- yuridik shaxslami, shuningdek tadbirkorlik
faoliyati bilan
shug'ullanuvchi jismoniy shaxslami ro'yxatga olganlik uchun yig'im;
- avtotransport to'xtash joyidan foydalanganlik uchun yig'im;
- obodonchilik ishlari uchun yig'im;
- ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun yig'im;
- boshqa mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan yig'imlar.
Mahalliy soliq va yig'imlar mahalliy budjetga o'tkaziladi.
Soliq nimaga olinsa, o'sha narsa soliq obyekti bo'ladi. Soliq obyekti
3 guruhga bo'linadi: tovar aylanmasi, daromad va mulk.
Soliq obyektining har bir soliq birligi
uchun davlat tomonidan
belgilab qo'yilgan me’yori soliq stavkasi deb yuritiladi. Bu stavka qat’iy
summalarda yoki foizlarda obyektga nisbatan qo'llaniladi.
Soliq stavkalari proporuional, progressiv va regressiv ko'rinishlarda
bo'lishi mumkin.
Proporsional soliq stavkasi usulida foyda yoki aylanmaga ega yuridik
va jismoniy shaxslar bir xil ulushda soliq to'laydilar. Bu erda soliq
stavkasi qat’iy o'matilgan bo'lib, mutanosib ravishda olinadi. Masalan,
korxona asosiy fondlarining o'rtacha yillik qiymati
2 0 0
mln. so'm bo'lib,
undan undiriladigan
soliq stavkasi
2
foiz belgilanganda, soliq summasi
hisobot yili uchun 4 mln. so'mni (200 mln. x 2:100) tashkil etadi.
Daromad yoki foyda ortib borishi bilan soliq stavkasi ham ortib
borishi ko'zda tutilgan bo'lsa, bunday stavkalar progressiv
soliq stavkalari
deyiladi. Buni biz O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari
va fuqaroligi bo'lmaganlardan olinadigan daromad solig'i stavkasida
yaqqol ko'rishimiz mumkin.
Regressiv soliq stavkasi usulida daromad o'sishi (oshishi) bilan
mahsulot ishlab chiqarish hajmi ko'payishi yoki eksportga mahsulot ishlab
chiqarish ko'payishi bilan soliq stavkasi kamayib boradi. Demak, bunday
korxona budjetga kam soliq to'lay boshlaydi. Regressiv soliq stavkalari
biror faoliyat yoki sohada mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish yoki
o'z foydasidan biror turdagi xarajatni kamaytirishni rag'batlantirish
maqsadida qo'llaniladi.
O'zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
tomonidan
belgilangan ayrim mahsulotlar aksiz solig'iga tortiladi.
Aksiz
ba’zi iste’mol tovarlari qiymatiga ustama qo'yiladigan egri
soliqdir. Egri soliq deb atalishining sababi uning budjetga to'lovchilari
aksiz osti tovarlarini ishlab chiqarib sotuvchilardir.
Ammo haqiqiy soliq
to'lovchilar mahsulot yetkazuvchilardan tovarlami sotib oluvchilar, ya’ni
iste’molchilardir. Shuning uchun bu soliq ba’zi mamlakatlarda iste’mol
solig'i deb ham ataladi.
Aksiz solig'i stavkasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan
tasdiqlanadi. Aksiz solig'i stavkalarini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilash har yilgi budjetning asosiy ko'rsatkichlari
belgilanganda ko'rsatiladi. Biroq yil
davomida aksiz stavkalariga
o'zgartirishlar kiritib borilishi mumkin.
Aksiz solig'i to'lanadigan tovarlami ishlab chiqaruvchi korxonalar,
mulk shaklidan qat’iy nazar, shu tovarlami eksportga chiqarsalar, aksiz
solig'i to'lashdan ozod bo'ladilar. Qizil Yarimoy
jamiyati korxonalari
ishlab chiqargan tovarlardan kelgan daromadlarini jamiyatning Ustavida
ko'zda tutilgan vazifalami bajarishga sarflasa, u holda ular ham aksiz
solig'i to'lashdan ozod bo'ladi.
Aksiz solig'i summasi ikki xil formula bilan aniqlanadi. Agar
tovariar mamlakat ichida
ishlab chiqilsa va sotilsa, aksiz solig'i summasi
quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: