K ibraхimov, Т. Kadirshayev, A. Sobirjonov, N. Mo’minjonov, S. Raхimberdiyev


Yerning tuproq qatlami va suv havzalarini



Download 4,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/141
Sana16.03.2022
Hajmi4,85 Mb.
#496585
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   141
Bog'liq
yonilgi quyish shoxobchasida texnik servis korsatish

Yerning tuproq qatlami va suv havzalarini
neft mahsulotlardan asrash.
Ishlab chiqarish va yog’in suvlarida asosan neft mahsulotlari, tetraetilqo’rg’oshin va 
muallaq moddalar ko’p bo’ladi. Ushbu moddalarning chegaraviy ruxsat etilgan 
me’yori suv ob’ektlaridan foydalanish tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma va 
litsenziya asosida ―Suv kodeksi‖ talablariga binoan aniqlanadi. Chegaraviy ruxsat 
etilgan me’yorni ta’minlash uchun yog’in suvga tushadigan moddalarni kamaytirish 
va uni tozalashni chuqur o’tkazish choralari ko’rilishi zarur.
Yerning tuproq qatlami va suv havzalarini texnologik jihozlar, berkitish va 
tartibga solish apparatlari, mahsulot xaydovchi qurilmalardan sizib tushgan neft 
mahsulotlari bilan aralashgan oqova, yog’in hamda qor va muzlarning erigan suvlari 
ifloslantiradi. Hozirgi vaqtda keng tarqalgan rezervuarlarning konstruksiyasi korpus 
va uning tubini nazorat qilishni qiyinlashtiradi, mos ravishda neft mahsulotining 
oqayotgan yoki tomchilayotgan joylarini topish ham murakkab.
Yer usti suvlarni muhofazasi O’zbekiston Respublikasi qonunlari talablari 
asosida amalga oshiriladi. YOQSH ning barcha xududidan yomg’ir suvlarini yig’ish - 
oqova suv yig’ish tarmog’i yotqizish yoki xududni ma’lum qiyalikda qurish va suv 
oqimini tozalash qurilmasiga yo’naltirish bilan amalga oshiriladi. Neft bazalari va 
yonilg’i quyish shoxobchalarida tozalash inshoati quriladi va uning hajmi 
yig’iladigan yomg’ir suvlari miqdori va uni chiqarib yuborish joyi, hisob-kitoblar 
asosida loyihalanadi. Filtrlash materiallarini almashtirish, neft mahsulotlarini yig’ib 
olish va tozalash inshoatidan cho’kindilarni tazalash zarriyatga qarab o’tkaziladi 
hamda belgilangan me’yorlar talablariga rioya qilinadi. YOQSHning yonilg’i 
to’kilishi mumkin bo’lgan joylari suv o’tkazmaydigan qattiq qoplama bilan 
to’shalishi va perimetri 200 mm balandlikdagi bort (devorcha) bilan chegaralanishi 
zarur. Hudud lotok va quduqlar tomoniga qiyalikka ega bo’lishi kerak.


140 
Hudud qoplamasi shunday materialdan bo’lishi kerak-ki, u to’kilgan neft 
mahsulotlarini maxsus vositalar yordamida samarali yig’ib olish, yerni va yer osti 
suvlarini neft mahsulotlari bilan ifloslanishini oldini olishni ta’minlasin.
YOQSH maydoni, avtomobil sisternasining yonilg’i idishini zichligi 
favqulotda buzilgan holatda, to’kiladigan yonilg’ini maksimal yig’adigan 
muxandislik qurilmasi bilan jihozlanishi darkor. Favqulotda holat uchun 
mo’ljallangan idishlarning hajmi YOQSH ga yonilg’i olib keladigan avtotsisterna 
nominal hajmidan ortiq bo’lishi kerak. Avtotsisternadan neft mahsulotlarini 
rezervuarlarga quyish uchun mo’ljallangan maydoncha loyiha talablari asosida 
quriladi. Har bir shoxobchada to’kilgan neft mahsulotlarini yig’ib olish uchun yetarli 
miqdorda sorbent zahirasi bo’lishi zarur. 
Тo’kilgan neft mahsulotlarini yig’ib olish uchun YOQSH hududida 
joylashtirilgan maxsus konteynerlarda saqlanadigan qumdan foydalanishga ruxsat 
etiladi. Neft mahsuloti yerga to’kilsa, zudlik bilan mahsulot singgan qatlamni va 
uning tagidagidan yana 1 – 2 sm chuqurlikdagi tuproqni ham olib tashlash zarur. 
Olingan tuproq maxsus konteynerlarga yig’iladi, kavlab olingan chuqur yangi tuproq 
yoki qum bilan to’ldiriladi.
Neft mahsulotlarini toshib to’kilishini oldini olish uchun avtomatik ravishda 
mahsulot quyishni to’xtatadigan saqlash qurilmalari ishlatiladi. Ular rezervuarda neft 
mahsuloti belgilangan darajaga yetganda yoki tarmoqda jipslik buzilib sizish yoki 
to’kilish sodir bo’lganda tezlikda quyishni to’xtatadi. 

Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish