K ibraхimov, Т. Kadirshayev, A. Sobirjonov, N. Mo’minjonov, S. Raхimberdiyev



Download 4,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/141
Sana16.03.2022
Hajmi4,85 Mb.
#496585
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   141
Bog'liq
yonilgi quyish shoxobchasida texnik servis korsatish

Тozalash inshootlari
neft mahsulotlari bilan zararlangan oqova suvlarni 
yig’ish va tozalash uchun qo’llaniladi. Тozalash inshoatlariga quyidagi talablar 
qo’yiladi: 

tozalash inshoatining jihozlari yer ostiga joylashtirishi kerak; 

yig’ish idishlari, operatorga to’lganlik haqida xabar berish uchun, sath 
datchiklari bilan jihozlanishi zarur; 

yig’uvchi idishlarni neft mahsulotlaridan bo’shatish yopiq usul amalga 
oshirilishi kerak; 

truboprovodlar gidravlik berkitgichlar bilan butlanadi; 

neft mahsulotlari bilan aralashgan yog’in suvlarini yig’uvchi lyuklarning 
qopqog’i shamollatib turilishi uchun panjara shaklida yasalishi kerak. 
Тozalash inshoati yig’uvchi quduq, tozalash qudug’i va filtrlardan tashkil 
topgan. Yig’ilgan oqova suvlarda 300—500 mg/l neft mahsuloti va 200—250 mg/l 
mexanik qo’shimchalar bo’lishi mumkin. Ushbu zararli moddalarni suv havzalari va 
yer qatlamiga tushmasligi uchun majburiy tartibda tozalanishi shart. Oqova 
suvlarining tozalash darajasi belgilangan chegaraviy tashlanmalar me’yori asosida 
ta’minlanadi. Buning uchun kim’yoviy va mexanik tozalash usullari qo’llaniladi. 
Birinchisi erimaydigan moddalarni parchalash, neytrallash va rangini yo’qotish, 
ikkinchisi esa — tindirish, filtrlash va boytishni ko’zda tutadi. 


141 
YOQSHlarda, odatda, muallaq moddalarni cho’kishini, neft mahsulotlarini 
ajratish va chiqarib yuborishini, birinchi va ikkinchi pog’onali filtrlashni 
ta’minlovchi mexanik tozalash inshoatlari qo’llaniladi. Filtrlashda qum, metall 
qirindi, teshikli metall plastinkalar, filtrlash matolari, metall to’rlar, qog’oz, namat, 
hamda aktiv ko’mir, moy so’ruvchi materiallar va boshqalar ishlatiladi. 
Тozalash inshoatlaridan ishlab chiqarish yo’riqnomalari asosida foydalaniladi. 
Тozalanmagan oqovalarni suv havzalariga to’kish mutloqa ruxsat etilmaydi. 
Ishlatilgan filtrlash materiallari va cho’kindilar maxsus ajratilgan joylarga olib borilib 
yo’qotiladi. Doimiy ravishda oqova quduqlarining tozaligi tekshirib turiladi. Yiliga 
kamida ikki marta (bahor va kuz) oqova tarmog’i va quduqlarning ichi ko’rikdan 
o’tkaziladi. Qishki paytda haroratning sovuq bo’lishi sababli tozalash jarayonlari 
sekinlashadi, shuning uchun tozalash inshoatining nazorati doimiy bo’lishi zarur. 
Тozalash inshoatining barcha o’zgartirishlari shoxobchaning pasportiga kiritib 
boriladi.
Atrof muhit muhofazasi o’ta muhim bo’lgani sababli YOQSHni loyihalash va 
qurishga ham ma’lum talablar joriy etilgan: 

atrof muhit muhofazasiga oid amaldagi standartlar, me’yorlar va qoidalarga 
rioya qilish; 

tabiiy resurslardan tejamkor foydalanish;

suv havzalari, atmosfera va yerni neft mahsulotlari bilan ifloslanganlik 
darajasini davriy nazorat qilishni loyihalash; 

qurilish davomida atrof muhitni ifloslanishini bartaraf etib borish; 

ishlab chiqarishni boshqarishning barcha darajalarida atrof muhit himoyasi 
va neft mahsulotlarini isrof bo’lishini oldini olish chora tadbirlarini ishlab 
chiqish va reja asosida joriy etish; 

loyihada ko’zda tutilgan atrof muhitni himoyasini ta’minlovchi barcha 
ob’ektlarning qurilishi tugamaguncha YOQSHdan foydalanishga ruxsat 
etilmaydi. 

Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish