Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/121
Sana13.10.2022
Hajmi1,3 Mb.
#852976
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   121
Bog'liq
pdffox.com xalq-talimi

Maloxat A’ZAMOVA,
Maktabgacha muassasalar xodimlarini 
qayta tayyorlash va malakasini oshirish 
respublika o‘quv-metodika Markazi direktori
BOLALArNi MAkTABGA TAYYOrLASH 
JArAYONidA NUTqNi O‘STiriSHNiNG ASOSiY 
TAMOYiLLAri
M
aktabgacha yoshdagi bolalarga muayyan so‘zlarni o‘rgatayotganda aniq
-
lik, mantiqiy asosga egalik tamoyillariga tayanish lozim. Bular asrlar davo
-
mida pedagogik tafakkurdan mustahkam o‘rin olgan didaktik tamoyillardir. 
Mazkur tamoyillarda bir qator didaktik qonuniyatlar mujassamlashgan. 
Bolalarning nutqini o‘stirishda nafaqat ko‘rganlarini idrok etish, balki suhbatdosh
-
larini tinglay olish layoqatining mavjud darajasini ham hisobga olish zarur. Mashg‘ulot
-
larda sezgirlikni rivojlantirish orqali bolalar nutqini shakllantirishda turli buyumlarning 
nomlari, ularning xususiyatlarini aniq, to‘liq yetkazish, narsalarning ranglari, shakllari, 
hajmi haqida aniq tasavvur hosil qilish talab etiladi. 
Pedagogik-psixologik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha ta’lim yoshida
-
gi bolalarning nutqini o‘stirishda ulardagi sezgirlikni yanada kuchaytirish aqliy jihatdan 
rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytiradi.


90
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2016. № 3.
www.xtjurnali.zn.uz
Bolalarda sezgirlikni oshirishga yo‘naltirilgan pedagogik harakatlarning dastlab
-
ki bosqichi hissiy tajribaga asoslangan tushunchalarni, ya’ni bizni o‘rab turgan atrof- 
olam, shaxslararo munosabatlarga kirishish, ijtimoiy hayotning o‘ziga xos jihatlarini 
anglash, mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo‘lish kabilarni maktabgacha yoshdagi 
bolalarda shakllantirish maqsadga muvofiqdir. 
Bola ulg‘aygan sari uning atrofdagi narsalarga ko‘rsatadigan ta’siri, buyumlar 
haqidagi tushunchalari, tasavvurlari, boshqalarning fikrlarini qabul qilish ko‘nikmalari 
takomillashib boradi. Shu munosabat bilan ulg‘ayish bosqichi keyingi psixologik rivoj
-
lanish va umumiy anglashda samarali natija beradi. Bola qancha kichik yoshda bo‘lsa, 
his qilish va o‘zaro munosabatlarga kirishish darajasi ham uning hayotida shu qadar 
katta ahamiyat kasb etadi.
Predmetlarning xususiyatlarini o‘zlashtirish jarayonida ular haqida to‘liqroq tasav
-
vurga ega bo‘lish uchun bola buyumlarning o‘zaro farqlanuvchi xususiyatlaridan bir 
vaqtning o‘zida foydalanishni o‘rganishi lozim.
Hissiy sezgirlikni tarbiyalash jarayonida bolalarga turli buyumlarni o‘zaro bir-bi
-
ridan farqlash ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida ularning nomi, shakllari, hajmi, 
rangi haqida tushuncha berish kerak. ko‘pgina pedagoglar va psixologlar, jumladan, 
L.venger, v.Muxinaning fikrlariga ko‘ra, bolalarda hissiy sezgirlikni shakllantirish ular 
uchun o‘zlarini o‘rab turgan olamni hissiyotlar yordamida anglash hamda shu asosda 
nutq va fikrlash imkoniyatlarini kengaytirish jarayonidir. Maktabgacha ta’lim jarayonida 
o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda tarbiyachilar bunga alohida e’tibor qaratishlari lozim. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda idrok qilishning mohiyati va uni rivojlantirishga 
oid qator qonuniyatlar mavjud. Jumladan:
1. idrok qilish va sezishga retseptor jarayonlar sifatida emas, balki reflektor jara
-
yonlar sifatida qarash, bunda idrok qilish va sezish biror buyumning to‘liq namoyon 
bo‘lishi, ularning sifatlari yaqqol ifodalanishi emas, balki narsalarning xususiyatlarini 
o‘rganishga qaratilgan analizatorlarning alohida o‘ziga xos harakatidir. idrokning rivoj-
lanishi esa, bolaning sezuvchanlikka asoslangan harakatlarini o‘zlashtirishiga qaratil
-
gan davomli jarayondir.
2. Bolalarda idrokning rivojlanishi ijtimoiy hissiy tajribaning o‘zlashtirilishi demak
-
dir. Bunday sharoitda boladagi hissiy qobiliyat kam rivojlangan bo‘lsa-da, ota-onalar 
hamda tarbiyachilar yordamida bunday qobiliyatning vujudga kelishi uchun, avva
-
lambor, bolaning atrof-muhitni bilish vositasi hisoblangan perseptiv kuzatish jarayoni 
namoyon bo‘ladi. Perseptiv kuzatish deganda, shaxsning jamoa a’zolari, pedagogik 
xodimlar, shuningdek, o‘quvchilarning ichki dunyosiga kira bilish, psixologik kuzatuv-
chanlik, bo‘ysunuvchilarning vaqtinchalik psixik holatlari bilan bog‘liq nozik tomonlarini 
idrok etishdan iborat qobiliyatlari nazarda tutiladi
1
. Shundagina etalonlar tizimi amal 
qiladi. Natijada bola ulardan foydalanishni o‘rganadi. O‘z navbatida, ular bolalarning 
hissiy tajribalarini baholashning mezoni sifatida xizmat qiladi. Ular geometrik shakllar, 
narsa va buyumlarning ranglari, hajmlari, materiallar, tovushlarning past-balandligi, 
fikr ifodalash, muloqot va o‘zaro hamkorlik me’yorlarini jadal o‘zlashtirishga muvaffaq 
bo‘ladilar.
Shunga ko‘ra maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar nutqini o‘stirish va ular
-
ni o‘zaro muloqotga tayyorlash jarayoni oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
– bolalarda perseptiv harakatlar tizimini shakllantirish;
1
Pedagogika atamalar lug‘ati./ Tuzuvchilar: r.x.djurayev, O‘.q.Tolipov, r.G.Safarova va boshq. 
– Т.: Fan нашриёти, 2008, – 104-b. 


91
– bolalarda hissiy sezgirlik etalonlari tizimi – narsa va buyumlarning nomlari, xusu
-
siyatlari, o‘zaro farqli jihatlari, atrof-borliqqa bo‘lgan munosabatlari haqida umumlash-
gan tasavvurlarni hosil qilish;
– bolalarda perseptiv harakatlarni mustaqil bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish;
– bolalarni idrok qilish va amaliy faoliyatda etalonlar tizimidan foydalanishga o‘r
-
gatish.
Bolalarni maktabga tayyorlash maqsadida amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ja
-
rayonining mazmuni bolalar tomonidan anglanishi lozim bo‘lgan narsa va buyumlar
-
ning nomlari, hodisalarning xususiyatlari va sifatlarini o‘z ichiga oladi. Ular o‘z xusu
-
siyatlari va faoliyat turlariga ko‘ra atrof-muhitning rang-barangligi, o‘ziga xosligi bilan 
belgilanadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda etalonlar, narsa va buyumlar, hodisalarni idrok 
etish uch davrga bo‘linadi:
1) 3 yoshgacha bo‘lgan davr – bu etalondan oldingi sensomotor davr hisoblanadi. 
Bu davrda bola ayrim narsalarning nomlari va xususiyatlarini anglaydi. Ularning rangi, 
shakli, ular orasidagi masofa bolaning aniq harakatlari orqali idrok qilish ko‘nikmasini 
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega;
2) 5 yoshgacha bo‘lgan davr – bu davrda bola buyum ko‘rinishidagi etalonlardan 
foydalanadi, ya’ni bir narsani ikkinchisiga qiyoslash orqali uning xususiyatlarini anglay 
boshlaydi. Masalan, ovalsimon buyumlarni tuxum, kivi, bodring kabilarga qiyoslashi 
mumkin;
3) 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davr – bu davr bolalar tomonidan to‘plangan taj
-
ribalarni umumlashtirish kattalar nazorati ostida umumiy tarzda qabul qilingan etalonlar
-
ni bilib olish bosqichi hisoblanib, ular o‘zaro hamda kattalar bilan hamkorlik qilish natijasi
-
da atrof-muhit, narsa-buyumlarni idrok qilishga muvaffaq bo‘ladilar. Bunda narsalarning 
xususiyatlari aniq buyum misolida, masalan, yashil maysa, dumaloq olma, to‘rtburchak 
ko‘zgu, qizil shaftoli kabi timsollar yordamida bolalar tomonidan idrok etiladi.
qabul qilingan etalonlarni o‘zlashtirish va perseptiv harakatlarni o‘rganish bola id
-
rokining xarakterini o‘zgartiradi. Jumladan, u mustaqil tarzda atrof-muhitdagi narsalar, 
voqea-hodisalarni tasavvur eta boshlaydi.
idrokning rivojlanishi natijasida bolalarning harakat ko‘lami kengayadi va uning 
mazmuni boyiydi. Bunday harakat bolaning ilk yoshida uning buyumlarga tayangan 
holda amalga oshiradigan harakatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. U ulg‘aygan sari faoliyatning 
bir qadar murakkab turlari, jumladan, chizish, tasvirlash, konstruksiyalash, qurish-ya
-
sash kabilar tarkib topadi. Bolalarda sezgining rivojlanishi, undagi nutq va mehnat fao
-
liyatining turli ko‘rinishlari ularni maktabga tayyorlashda alohida ahamiyatga ega.
Bolalarda hissiy sezgirlikning shakllantirilishi ularning nutqini rivojlantirishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Chunki bu davrda bolalarning fazoviy jismlar, tevarak-atrofdagi 
buyumlar, ularning nomlari haqidagi tasavvurlari va so‘z zahiralari yetarlicha shakllan
-
magan bo‘ladi. rivojlanishning mazkur bosqichida bolalarning xotirasi, sezgilari va id
-
roklari jadal rivojlana boshlaydi. Ularning tevarak-atrofdagi narsa-buyumlarning nomlari 
va xususiyatlarini bilishga bo‘lgan qiziqishlari muntazam ortib boradi. ilk maktabgacha 
yoshdagi bolalar buyumlarning nomlari, ular orasidagi tafovutlar, narsalarning rangi, 
shakli, katta-kichikligi, yumshoq-qattiqligi, hidi va mazasini ajrata biladilar.
Bolalar tevarak-atrofdagi narsalarning nomlari, xususiyatlarini to‘g‘ri bilib, aniq id
-
rok qilishlari uchun ularga zarur bo‘lgan sensor harakatlar va sensor ko‘nikmalarni 
hayotda qo‘llay olishni o‘rgatish lozim. Bola o‘z oldiga qo‘yilgan narsalarni namunaga 


92

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish