Orkestr sinfi rahbarining vazifalari va talablari
Rahbar- orkestr sinfi faoliyatining bevosita tashkilotchisi hisoblanadi. Jamoani tashkillashtirish, o’quv- intizomiy, ijodiy, tarbiyaviy jarayonlarini bir maromda uyg’unlashgan holda olib borish rahbarning kasbiy mahoratiga va bilim darajasiga dahildordir. U doim jamoaning o’quv dars mashg’ulotlarini balki katta tarbiyaviy maqsad vazifalarni o’z ichiga olishni yodidan chiqarmasligi kerak. Jamoaga o’z talab va taklif yuzasidan shikoyatlarini oddiy lo’nda qilib tushuntirib, kerak bo’lsa orkestrni o’z irodasiga bo’ysundirish lozim. Orkestr sinfida har-bir sozandaning ruhiyatini, ichki dunyosini bilib ularning har-biri bilan til topisha olgan umuman olganda jamoani ijodiy salohiyatini shakilantira olgan orkestr rahbari haqiqiy o’qituchidir. O’qituvchilik va tashkilotchilik qobilyatlaridan tashqari orkestr rahbari yaxshi eshita olish, usul va shakl sezgilari, musiqiy-nazariy bilimlar, manual texnik va badiy madaniyatga ega bo’lgan bo’lishi pedagogika psixologiyadan xabardor bo’lishi shart. Rahbarning jamoa bilan ishlay bilishi eng muhim unsurdir. Ba’zi vaqtlarda jamoa ziddiyatlarga ham borishi mumkin, o’quvchilarning quloqsizligi, darsdagi davomatning sustligi yoki ijodiy tortishuvlarni yuzaga kelishi o’qituvchining tashabuskorligi yo’qligi ojizroq ekanligidan dalolat beradi shu bilan birga dirijor mutaxasisiga nisbatan noo’rin salbiy holatlar sodir bo’lganligiga guvohi bo’lamiz. Shu sababdan kasb nuqtai nazardan, rahbarning jamoa bilan ishlashda doimiy tayyorgarligi, musiqiy elementlar va qoidalarni tushunib o’quvchilarga singdira olishi katta ahamyat kasb etadi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun orkestr rahbari o’z sohasini puxta o’zlashtirishi ijodiy izlanishda bo’lishi, kasbiy dadillik bilan tashkilotchi sifatida jamoani boshqara olishi, ko’nikma malakalariga ega bo’lishi, umumiy pedagogika va psixologiyadan xabardor bo’lishi talab etiladi.
Orkestr sinfida dastlabki mashg’ulot pog’onasi
“Orkestr sinfi” fanining samaradorligini oshirish uchun jamoa faoliyatini to’g’ri tashkillashtirib yo’lga qo’yish muhim vazifa hisoblanadi. Orkestr sinfi- bu nafaqat jamoa ijrochiligi sohasidagi bilimlarni o’zlashtirish, balki shu bilan bir qatorda shahsning har tomonlama shakillanishining o’ziga xos muhim andozasidir. O’qituvchi bulg’usi mutaxasis shogirtlarini to’g’ri yo’lga boshlasa, unda o’z mehnatiga muhabbat ,sadoqat, matonat g’ayrat,qiyinchiliklarni yengishga intilish ko’nikmalari sekin-asta tarbiyalanib boradi. O’qituvchi tomonidan samimiy iliq munosabat, talabchanlik, me’yordagi qattiqqo’llik, o’quvchilarda mas’ulyatni tarbiyalash, mashg’ulot intizomiga rioya qilish –bular hammasi irodali ta’lim jarayoni hisoblanadi. Shuning uchun o’quv yili mobaynida amalga oshiradigan orkestr sinfining dastlabki mashg’ulotlariga alohida etibor berish kerak. Aynan shu vaqtda jamoa a’zolariga yetarlicha vazifalar yuklatiladi. Bolalar musiqa va san’at
maktabidagi xalq cholg’ulari yo’nalishi 1-2-sinf kichik sinf o’quvchilari, 3-4-5-sinf yuqori sinf o’quvchilari ya’ni 5 yillik musiqa ta’limini inobatga oligan holda jamoa rahbari orkestr jo’rnavozi, nazoratchi va kutubxonachisini jamoa a’zolarining orasidan bitiruvchi yuqori sinf o’quvchilaridan tayinlaydi hamda guruhlar faollari shakiltirib oladi.
Jo’rnavoz –orkestr darsi ijrosi jarayoni vaqtida jamoa raxbariga musiqa asboblarni sozlashda ko’maklashadigan asboblarini soz darajasini tekshiruvchi mas’ul sozanda, asosan birinchi pultda o’tiradigan yaxshi eshitish qobilyatiga ega bo’lgan tajribali (prima rubobchi yoki g’ijjakchi) yuqori sinf o’quvchilari tayinlanadi.
Orkestrda dastlbki mashg’ulotlardanoq musiqa cholg’ularining yaxshi sozlanganligi natijasida orkestrning aniq soz sadolanishiga erishish bu birinchi navbatdagi asosiy vazifa hisoblanadi. Sozlarning narmal holatda sodolanishi jamoa ijrosining sifat darsjasini o’zida mujasam etadi.
Orkestr sinfi nazoratchi (inspektor)–har mashg’ulotoldi vaqtida navbatchilarni belgilab, mashg’ulot paytida tartib intizomni nazorat qilib dars vaqtida mo’tadil atmosferani yo’lga qo’yadi.
Kutubxonachi vazifasiga jamoa rahbariga ko’maklashgan holda orkestr jamoasi partiyalarini o’z vaqtida tayyor holda yetqazib beruvchi, jamoaning barcha nota partiyalarini saqlab, dars vaqtida guruhlarga to’liq holda taminlab beruvchi, darsning yakunlov qismida nota partiyalarini barchasini jamlangan holda tartibga olib saqlash vazifasini bajarish kiradi.
O’qituvchi dastlabki mashg’ulotga qunt bilan ziyrak holatda tayorgarlik ko’rishi joizdir.Sababi,o’quvchilarning xotirasiga muhrlangan ilk tasuroti keying o’quv jarayonida muhim ahamyat kasp etadi.Orkestr ijrosi vaqtida dirijor pedagogik mahoratini to’g’ri taminlay bilishi lozim, o’quvchilar rahbarning har-bir so’z va harakatini diqqat bilan kuzaib borayotganligini yodidan qicharmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |