Ijro jarayoni vaqtida o’tirish holatlari
Aytish joizki, musiqa cholg’u asbobida ijro etish sozandaning harakat a’zolarini cholg’uning xususiyatiga moslashishini talab qiladi. Orkestrdagi har bir cholg’u o’z hajmi (katta kichikligi), shakli, menzurasi, dastasining uzunligiga ega shuning uchun ijrochidan faqat shu cholg’uga xos bo’lgan o’tirish uslubi, cholg’uni to’g’rii ushlash holatini talab qiladi. O’qituvchi juda ham diqqatni jamlagan holda o’quvchi-sozandalarning to’g’ri o’tirib ijro qilishlarini kuzatishi lozim. Ular kursining yarimiga, suyanmagan holda, ortiqcha harakatlarsiz, qaddini bukmagan holda umurtqa pog’onasi muvozanatini to’g’ri tutishi va talab darajasida to’g’ri o’tirishlari lozim. Hamma o’quvchilar gavdalari tarang bo’lmasligi, tanalarining qismlari bir-birga bog’liqligini qotib qolmaslik kerakligini yodidan ko’tarmaslik kerak. Yuqoridagi ko’rsatmalarga amal qilsa, tanada harakat azolarini erkin bo’lishini yaratadi xamda ijrochilar asarni ijro qilayotganda asarning xarakteriga mos holda turli emotsional xarakatlarni amalga oshirish imkonyatini yuzaga keltiradi.
Orkestr ijrosini sozlash
Jamoa ijrochiligida ya’ni jamoaviy musiqa asboblaridan tashkil topgan katta orkestr va ansambllarda eng katta mehnat talab etuvchi dastlabki murakkab jarayonlardan bir bu-orkestr va ansamblni sozlashdir. Ushbu holat yakka ijrochilikni ham o’z ichiga qamrab oladi. Aytish joizki orkestr jamoalarining har bir ko’rinishi (xalq cholg’ulari, damli, sinfonik va b.) o’ziga xos yondashuvni talab qiladi. Cholg’ular tarkibidagi tekis temperetsiyalashgan va tabiiy tovushqatoriga ega, cholg’ularning sozlik darajasi ijrochining eshitish qobilyatidan kelib chiquvchi xalq cholg’ulari o’ta murakkab intonatsiyali brlikni tashkil etadi va yerda ijro uchun eng muhimi umumiy sozning o’rnatlishi talab qilinadi. Bu vaqtda ijrochining eshitih darajasi, partituraning vertikal holatini tinglay bilish, ya’ni ko’p ovozli ijroni qonun qoidalariga rioya qilish sozandaning ichki ruhiyati kabi ko’p unsurlar orkestrning umumiy tovushiga o’z tasirini ko’rsatad.
Yuqoridagi malumotlardan kelib chiqib, o’zbek xalq cholg’ulari orkestr rahbari orkestrni sozlashda quyidagilarni e’tiborga olmog’i darkor.
. Temperatsiyalashgan (torli-zarbli mezrobli va tabiiy tovush qatoriga ega bo’lgan damli, komonli-torli) cholg’ular sozini imkon qadar bir-biriga yaqinlashtirilib bu yerda hamma cholg’ular 1- oktavaning “lya” tovushiga jo’rlashtirilib sozlash muhim ahamyat kasp etadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |