O’zbek xalq cholg’ulari orkestrida cholg’ular turlariga qarab beshta asosiy guruhdan tuziladi.
1.Yog’och damli cholg’ular guruhi:(Nay pikolo, nay, qo’shnay, sunray);
2. Urma-torli cholg’ular guruhi : (Chang I II qonun) ;
3. Mizrobli- torli cholg’ular guruhi:(rubob-prima,qashqar rubob, afg’on rubob,dutorla, dutor bas va kontrabas dutorlar);
4. Urma-zarbli cholg’ular guruhi; nog’ora, doira, safayil .O’zbek milliy cholg’ularidan tashqari bu guruhga simfonik orkestrdagi ishtirokchi cholg’ularidan uchburchak (treugolnik) tarelka, buben, litavra, kabi cholg’ularni xam kiritgan .
5. Torli-kamonli cholg’ular:( g’ijjak, g’ijjak alt, qobuz bas, qobuz kontrabas g’ijjaklar);
Orkestr cholg’ularining tenbir jihatdan rang-barangliligi ijro imkoniyatlarining kengligi, kompazitor va cholg’uchilarga, orkestr ijro repurtuarining kengayishi va yangi-yangi asarlar yaratilishida keng imkoniyatlar tug’iltiradi. Ammo cholg’ularning shu xususiyatlari orkestrni sozlash va ijro tovushlari birligiga erishishda birmuncha muammolar ham keltirib chiqaradi. Tovush chiqarishda har xilligi(puflab-damli; urib- chertib- urma torli; chertib-mizrobli torli; ishqalab- torli komonli) qo’yilgan maqsadga erishishda yetarlicha qiyinchilik talab qiladi. Cholg’u guruhlari o’zaro tovushlar muvozanatiga va umumiy orkesrtning tekis va eng yaxshi holatdagi ohangdorligiga erishish uchun cholg’ular soning muttanosibligiga amal qilish darkor.
Orkestr joylashuvi
Orkestr guruhlarini to’g’ri tartibda joylashtirish, dirijorga ijrochilar bilan doimiy aloqada bo’lishi va ularni nazorat qilishi, shub bilan birga, hamma ovozlarni to’liq qamrab olish imkoniyatini yaratib beradi. Xalq cholg’ulari to’liq tarkibiga kiradigan har bir cholg’ular oilasi, alohida ijodiy jamoani tashkil etish mumkin. Bunday jamoalar bugungi kun ijrochilik amalyotida mavjud bo’lib, ular dutor, rubob, changlar, torli-kamonli jamoalardan iborat. Ushbu guruhlarga rahbarning ijodiy qarashlaridan kelib chiqgan holda yoki asar partiturasi bilan bog’liq bo’lgan boshqa oilalarning cholg’ulari kiritilishi ham mumkin. Sahnada guruhlarning tartib bilan joylashtirish quyidagi holatda bo’lishi darkor: yuqori registr cholg’uari (rubob prima, chamg, g’ijjak, nay) raxbar- dirijorning atrofida, ya’ni chap va o’ng hamda ro’parasida bo’lishi maqsadga muvofiqdir. O’rta va pastki registrdagi cholg’u guruhlari (qashqar va afg’on ruboblar dutorlar, g’ijjak- alt, bas va kontrabaslar) ikkinchi va uchunchi qatorlarga ya’ni yuqori takidlab o’tilgan
cholg’ular ortiga joylashadi. Zarbli cholg’ular guruhi dirijorning chap tomonida barcha joylashtirilgan cholg’ularning ortiga o’rnashadi. Orkestrning dirijor atrofida yarim doira ko’rinishida to’g’ri tartibda o’rnashinib o’tirishi, tartibli jamoa sifatida aks etirilib turilishidan dalolat beradi. Hozirgi vaqtda amalyotda shuni ko’rsatadiki, oldingi vaqtdagi chizgi bo’yicha joylashishga nisbatan bugungi kundagi amalyotda qo’llanilayotgan chizgilar bir qator akustik va estetik afzalliklar bilan e’tirof etilib kelinmoqda. Bunday vaqtda cholg’ular old qismi (korpusi) old tomonga, ya’ni tinglovchi tomoshabinlar tomonga yo’naltirgan holda ovozlar ular tomonga yaxshiroq yetib borib jarang sochadi, ijrochilar gavda va oyoqlari o’tirganda estetik tus olib, kuzatuvchilar hotirasida ham ijobiy hislat muhirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |