Qonun musiqa cholg‘usi. Sharq xalqlari musiqa ijrochiligining cholg‘u yo‘li ijrosida qonun musiqa cholg‘usining ham o‘ziga xos o‘rni bo‘lib, musiqaijrochiligida keng qo‘llaniladi. Qonun so‘zining lug‘aviy ma’nosi musiqa ilmining qonuni, tartibga keltirilishi ma’nolarni anglatadi. Zaynulobidin Mahmudiy Husatniy o‘zining "Qonuni ilmi va amalimusiqiy" ("Musiqa ilmininng amaliy va nazariy qonunlari") asarida sozlar, ovozlar, musiqiy asarlar haqida ma’lumot bergan. Qonun musiqa cholg‘usi Arabiston, Eron, Turkiya, Kavkaz xalqlari musiqa ijrochiligida keng qo‘llanilib kelinmoqda. 1972 yilda O‘zbekiston davlat konservatoriyada professor Fayzulla Karomatov rahbarligida "Sharq musiqasi" kafedrasi tashkil qilindi. Dushanbedagi san’at institutida 1979 yilda musiqashunos Asliddin Nizomov rahbarligida "Sharq musiqasi" kafedrasi tashkil qilindi. Hozirgi kunda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qonun sinflari faoliyat ko‘rsatib, qonun ijrosi o‘rganilmoqda. Qonunda 24 - 25 ta uch qator ichakdan tayyorlangan torlar tortilib, uning hosilasi "sol" kichik oktavadan "si" ikkinchi oktavagacha.
Qonun sozandaning ikkala ko‘rsatkich barmog‘iga moslab tayyorlangan aylana mis va shoxdan tayyorlangan mizrob vositasida ijro etiladi.
Ud musiqa cholg’usi. Sharq xalqlari musiqa ijrochiligida eng qadimiy musiqa cholg‘ularidan biri bu "Ud" cholg‘usi bo‘lib, butun Sharq xalqlari musiqa ijrochiligida qariyb X asr davomida yetakchi soz hisoblanib, amalyotda keng qo‘llanilgan. "Ud" musiqa cholg‘usini yaratilishi haqida turlicha ma’lumotlar berilgan. "Ud" so‘zining lug‘aviy ma’nosi "Qora daraxt" degan ma’noni anglatadi (ya’ni ud - qora daraxtdantayyorlangan musiqa cholg‘usi). Udning dastlabki nusxasi yunon olimi - Pifagor hakim tomonidan ixtiro qilingan deyiladi. Udning ikkinchi nomi "Barbat" deb nomlanib bu so‘z ikki ma’noda ifodalanadi. Bar-qomat, bat-o‘rdak; yani o‘rdak qomatiga o‘xshash musiqa cholg‘usi ma’nosini anglatadi. Demak Barbat Ud (Barbat) cholg‘usini yetuk ijrochisi bo’lgan. Shu bois ud musiqa cholg‘usiga ikkinchi nom Barbat berilganligi, yoki Barbat Marvaziyga udning ikkinchi nomi bo‘lmish "Barbat" taxallusi berilgan bo‘lishi ham mumkin. Umuman "Ud" musiqa cholg‘usi VII asrdan to XVIII asrlarningoxirigacha barcha Sharq xalqlari musiqa ijrochiligida maqom asarlaridan "12 Maqom" nomi bilan ataluvchi musiqa asarlari ijro etilgan. "12 Maqom" asarlarini ijrolari esa "Ud" musiqa cholg‘usining soz va pardalariga mos holda ijro etilgan. Shu davrlarda "Ud" sozi avval 4 keyin 5 torli va 7 pardali bo‘lib, torlari: bam, maslas, masna, zir, hodd tusida, pardalari esa: mutlaq, zoid, mujannab, sabboba, vustai furs, vustai Zalzal, binsir, xinsir kabi nomlar bilan atalgan. Ko‘pgina insho etilgan musiqiy risolalarda "Ud"ning turli xil ko‘rinishdagi, nomlanishdagi nusxalari, turlari haqida ma’lumot berilgan: Ud, udi komil, udi qadim, taraf rud, rud, shohrud, Barbat nomlari bilan atashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |