Dutor musiqa cholg‘usi. Dutor ham tanbur oilasiga mansub musiqa cholg‘ularidan.Chunki tanburning dastlabki nusxalari ikki torli bo‘lib dutor deb ham atalgan.Dutorning yasalish tartibi ham aynan tanburdek, faqat kosaxonasi bo‘lak-bo‘lak cho‘plardan tayyorlanadi.Ya’ni kosaxonani tayyorlash uchun maxsus qolab (qolib) yasaladi.Torlari ikkita bo‘lib, avval ipakdan, keyinchalik esa ichakdan tayyorlangan. 1920 –yillarda Buxoroda 13-14 pardali dutorlar bo‘lib, dutorlarda maqom asarlari ijro etilmasligi, xarragi past bo‘lganligi uchun ijrochilarini o‘z panjaralarini dutor kosaxonasiga tegib ketishi, lekin dutor ijrochiligida Samarqandlik ustoz Hoji Abdulaziz Rasulov dutorda mohirona ijro etganligi uchun ham uning dutor chalish mahoratiga yuqori baho beriladi Dutor cholg‘usi O‘rta Osiyo hududida uchraydi.
Qozogiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston hududidagi Qoraqalpog‘iston avtonom viloyatlarida bir xil nom ostida faoliyat yuritiladi. O‘zbekiston va Tojikistonda bir xil dutorlar mavjud. O‘zbekistonda esa ajoyib sado beruvchi dutorlar bo‘lib, bu dutorlar Usto Tohir Buxoroiy va Usto Usmon Toshkandiylar tomonidan tayyorlangan bo‘lib, keyingi yillarda xalq ustolari Usto Faxriddin, Usto Muhammad Siddiq, Usto To‘xtamurodlar tomonidan tayyorlanayotgan dutorlar Usto Tohir va Usto Usmon tayyorlagan dutorlardan aynan nusxa olingan. Hozirgi kunda O‘zbekistonda katta dutor, kichik dutor, qavurg‘ali dutor, qozma dutr kabi dutorlar Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Toshkent shaharlarida uchraydi. Tojikistonning Ko‘lob, Qorategin, Vanj mahalagohlarida ham turli xil dutorlar uchraydi. O‘zbekistonning Oliy va O‘rta musiqa dargohlarida Faxriddin Sodiqov, Orif Qosimov, Abdusamad Ilyosov, Boqijon Rahimjonov, Abdurahim Hamidov, Davron Baliqov, Ilyos Lutfullayev, Ahmadjon Abdurahimov va boshqalar dutor sinflari bo‘yicha ustozlik qiladi.
Nay musiqa cholg‘usi. Nay musiqa cholg‘usi barcha sharq xalqlarida uchraydi.Ko‘pgina davlatlarda nay musiqa cholg‘usi yotiq holda ijro etilsa, ba’zi davlatlarda esa tik holda ijro etiladi.
Nay musiqa cholg‘usining yaratilishi haqida turli xil ma’lumotlar mavjud.Ulardan birida go‘yo nay temirchilarning olovini havosi orqali puflab beradigan narsasiga qiyos qilib Xorazmshoh Mavlono Safiuddin Almo‘min tomonidan ixtiro qilingan deyiladi. Nay musiqa cholg‘usi zardolidan, tutdan, g‘arovdan, nuqra, kumush yoki misdan yasaladi. Unda yetti ovoz chiqaruvchi teshik pardalar bo‘lib, bittasi alohida og‘izdan nafas berish uchun, oltitasi bir joyda birin-ketin olti barmoqqa moslanib, bular asosiy sado chiqaruvchi aylana pardalar hisoblanadi. 1924 yillarda Buxoroda mavjud nay cholg‘usi to‘g‘risida quyidagichama’lumotlar berilgan: "Nay qamish ma’nosida forsiycha bir o‘zdir. Nay "birinj" yo "baqir"dan (kumush yoki mis)dan yasaladur"Ya’na bir asarda tanbur musiqa cholg‘usini sozlanishida Buxoroda mavjud naylardan foydalanilganligi ya’ni mis nay "sol", yog‘och nay "lya-bemol", g‘arov nay "lya" tovushlariga sozlangan. O‘zbekistonda nay musiqa cholg‘usi musiqa ijrochiligida keng miqyosda qo‘llaniladi. Nay sozi ijrochiligida o‘ziga xos ijrochilik yo‘llariga ega bo‘lgan Ustozlardan – Abduqodir Ismoilov, Homidjon Jalolov, Ayub Qodirov, Saidjon Kalonov, Halimjon Jo‘rayev, Abdul Ahad Abdurashidov, Mirza Tohirov, Ahmadjon Sobirov, Tojikistonda esa Nison Shoulov va boshqalar shular jumlasidandir. O‘zbekiston davlat konservatoriyasida nay sinfi bo‘yicha professor Mirza Tohirov va dotsent Ahmadjon Sobirov ustozlik qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |