Jovliyev sherxan farhodovich


O’ZBEKISTONDA MUSIQA MADANIYATI VA TARAQQIYOTI XUSUSIDA



Download 4,8 Mb.
bet6/35
Sana14.07.2022
Hajmi4,8 Mb.
#800024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
Desertatsiya (3) (2) 90 bet Sherxon

1.1O’ZBEKISTONDA MUSIQA MADANIYATI VA TARAQQIYOTI XUSUSIDA
Musiqa shunday vositaki, u kelajak avlod tarbiyasida muhim ahamyat kasp etadi, inson ruhiy olamiga bevosita tasir ko’rsatadi va tinglovchida dunyoqarishini shakillantiradi. Ayni damda u insonnig manaviy ehtiyojlarini qondirib, his-tuyg’ularini. “Ma’naviyat – madaniy hayotimizni yangi mano-mazmun bilan boyitish, milliy qadryatlarimizni tiklash, asl tomirlarimizga qaytish yo’lida amalga oshirilayotgan xayrli va ezgu ishlarimiz o’zligimizni anglash va buyuk maqsadlarimizga erishishda mustaxkam poydevor bo’lmoqda. Bu borada avlodni tarbiyalash,kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dasturni amalga oshirish, farzandlarimizni dunyoda xech kimdan kam bo’lmagan yetuk barkamol insonlar etib voyaga yetkazish yo’lida qo’ygan qadamlarimiz barchamizni quvontirmasdan qolmaydi (I Karimov). Musiqiy sanati axloqiy va estetik jihatdan shunday ifodalanadiki, kishi qalbiga yaxshi so’z, nasihat, maslahat,oq yo’l tilash kabi ezgu niyatlarga tasirchan bo’lib xizmat qiladi. Musiqa bu inson o’z-o’zini tarbiyalashda qudratli vosit xisoblnib, musiqiy tovushlar, obrazlar, tafakkur va hissiyotlar dunyosini kishi ruhiyatini ko’taradi, uni borliq bilan birlashtirib, gohida tasavvurlar, hayollarning tushunib bo’lmas imkoniyatlarini ochadi, dunyoning cheksiz kengligiga olib keladi, hayotimizni ma’noli mazmunli manaviy ongimizni go’zal va boyitib boradi. A.Navoiy o’z zamonasining cholg’uchilarini shunday tavsiflaydi: Nay - “dard o’tiga yel beradi”: G’ijjak -“cho’ziq nolalar chekib yolvoradi”; Tanbur –“maftunkorlik bilan halok etadi, uning halovat pardasini chok etadi”; Chang –“zorlanib bo’g’zini cho’zadi”; Ud-“Tilining ingrab yolvorishi changnikidan ham ortadi”; Rubob - “boshini yerga qo’yin iltimos qilganda”; Qonun nolasi quloqqa eshitiladi”. Hazrat A.Navoiy musiqiy sozlarga shunday tariff berar ekan xar-bir cholg’uda inson qiyofasini ko’radi, har-bir cholg’uning xususiyatini inson ruhiyati va tafakkuri bilan bog’laydi, har-bir cholg’uni odamzod dunyosi bilan chambarchas etadi, umuman olganda, o’rta asr mutaffakirlariga xos bo’lgan estetik dunyoqarashga mansub falsafiylik, mushohadaviylik, fikrga o’ta nozik bo’yoq berish xususiyati san’at sohasida, xususan, musiqiy cholg’ular sohasida yaqqol aks etdirgan.O’zbek madaniy merosi musiqiy cholg’ularga boy va ularning har-biri uzoq o’tmishi, tarkibiy rivojlanishi va texnikaviy takomillashish jarayonidan o’tganligi bilan alohida ahamiyat kasp etadi. Ijro mezonlariga ko’ra o’zbek xalq cholg’ulari ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga ko’ra barcha an’anaviy xalq cholg’ulari va ikkinchi guruhga esa XX asr madaniy rivoji bilan bog’liq bo’lgan takomillashgan yani qayta ishlangan (rekontruksiya qilingan)cholg’ular kiradi. An’anaviy xalq cholg’ulari tarkibidan joy olgan cholg’u sozlariga: tanbur, sato sunray, karnay, qo’shnay, dutor, gijjak, qonun, rubob, ud, nay,doira, nog’ora, chang shu bilan birga xalq ijodiyotida qo’llaniladigan sozlarga changqo’biz, sibizg’a, safoil cholg’ularidan iborat bo’lgan. Qayta ishlangan cholg’u asboblariga –rubob, g’ijjak, dutor va chang sozlarining musiqaning soprano, alt, tenor, bas ovozlari mezonlariga ko’ra qayta ishlangan namunalaridan iborat bo’lgan. A’nanaviy cholg’u ijrochiligi azaldan xalq ijro amalyotida, shakillanib, ulardan turli ko’rinish va tarkiblar asosida foldalanishgan xamda an’anaviy cholg’ularning har-biri yuqori darajadagiindividuallik xususiyatiga egadir. Xalq ijrochilik amalyotida ijro uslublariga ko’ra karnay sunray doira nog’ora tarkibidagi urma damli cholg’ular qadimdan shakillanib barcha ommaviy tadbirlarning faol ishtirokchisiga aylangan. An’anaviy cholg’u sozlar ansambllari esa o’z xususiyatlaridan kelib chiqib qo’llanilgan. Ijroda keng ko’lamli va katta ovoz imkoniyatlariga ega bo’lish maqsadida barcha cholg’ular yig’indisidan katta cholg’ular ansambli tashkil etilgan Shu jumladan kichik- kichik guruh bo’lib ijro etish ya’ni doira dutor tanbur jo’rligida yoki tanbur g’ijjak dutor doira jo’rligida ham ijro etish an’anaga aylanib kelingan. Hozirgi davrga kelib o’zbek musiqa ijrochiligini uchta yirik davrga ajratish mumkin. Xalq folklor musiqa yo’nalishi, xalq mumtoz musiqa yo’nalishi va kompazitorlik musiqa ijodiyoti yo’nalishi yo’naalishi. Xalq folklori ommaviylik xususiyatiga ega bo’lgan, ovoz va texnik jihatlari mos bo’lgan cholg’ulardan rubob, nay, chang, g’ijjak, doyra cholg’ularidan amalyotda keng foydalanishgan. Xalq folklor musiqa ijrochiligida ijro sharoiti, joyi ham o’ziga mos bo’ladi. Shunga ko’ra cholg’ular tez moslasha oladigan xar qanday sharoitda ijro etish xususiyatini taqizo etadi.
Xalq mumtoz musiqa yo’nalishiga xos bo’lgan cholg’ular guruhlarga ko’proq kamer xususyatlarni uzida mujassamlshtirgan joy,sharoit va muhitga asoslanadi. To’liq ansambl tarkibi esa barcha cholg’ularni qamrab oladi xamda ansambl holati zabardast ovoz imkonyatiga ega bo’ladi. Kompozitorlik ijodiyoti ijrochiligi yo’nalishi zamonaviy uslublar asosida birqator cholg’ular guruhini o’z ichiga olib, musiqa ijodiyotida o’rin olgan janrlar negizida cholg’ular tarkibiy guruhlari tashkil etilib, cholg’ular duetidan toki xalq cholg’u asboblari orkestrigacha bo’lgan cholg’u asboblari tarkibida tuzilib keng amalyotda qo’llanilib kelinmoqda. Aytib o’tish joizki, orkestrning to’la qonli ovoz imkoniyatlariga ega bo’lish yo’lida Yevropa cholg’ularidan asarning ijro davomiyligida muhtojliligiga qarab yakkanovoz holda xam keng foydalanishgan.

Download 4,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish