Jovliyev sherxan farhodovich



Download 4,8 Mb.
bet14/35
Sana14.07.2022
Hajmi4,8 Mb.
#800024
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Bog'liq
Desertatsiya (3) (2) 90 bet Sherxon

Puflama cholg‘ular. O‘z nomi bilan, demak, faqat puflasa sado taratadigan cholg‘ular bunday nomlanadi. Cholg‘uning g‘ovak ustinida ma’lum miqdorda dam (havo) yig‘ilsa, bosim ostida barmoqlar harakati yoki lab mahoratidan turli balandlikda yoqimli tovushlar tartibli yangraydi. Bu toifa cholg‘ularni ayrimlar – damli cholg‘ular deb ham ishlataverishadi; Torli cholg‘ularning sozlanishi. O‘z nomi bilan ma’lum bir ko‘rinishdagi, tovush chiqarish uchun bir nechtadan yo‘g‘on yoki ingichka torlar tortilgan cholg‘ular nazarda tutiladi. Torlari ichakdan yoki misdan bo‘lishi mumkin. Ulardan sado taratishning asosiy usullari ham turlicha, masalan, barcha torli cholg‘ularga nisbatan (bir-biridan farqlash uchun) mana bunday iboralar qo‘llaniladi. Torli-urma (demak, torlariga urib chalinadi), Torli-chertma (demak, torlarini chertib yoki tirnab chalinadi), Torli-kamonli (demak, torlari ustida kamon tortib chalinadi); Cholg‘ularning yozilish diapazoni. Har qanday cholg‘u o‘z tovushlarining sadolanishiga qarab aniq diapazonga ega bo‘ladi. Butun dunyo musiqachilari qabul qilgan 5 ta nota chizig‘ida sozandalar notaga qarab chalishlarida qulaylik zarurligi uchun musiqiy kalitlar tanlangan va o‘sha kalitlarda (eng pastki tovushdan eng baland tovushgacha) notalar yordamida kuylar yoziladi. Mana shu nota yozuvlari «cholg‘ularning yozilish diapazoni» deyiladi. Cholg‘ularning eshitilish diapazoni. Aksariyat cholg‘ularda musiqa notasi qanday yozilgan bo‘lsa, o‘shanday eshitiladi. Ayrim cholg‘ularda esa notalar yozilganidan ko‘ra boshqacha eshitilishi mumkin – past yoki baland. Bunday cholg‘ular musiqachilarning tilida «transpozisiya qilinadigan cholg‘ular» deyiladi. Evropa cholg‘ulari turli intervallarga (sekunda, tersiya, kvarta, kvinta, seksta, kabi) transpozisiya qilinishi mumkin. Bizning milliy cholg‘ularimiz esa asosan yozilishiga qaraganda 1 oktava yuqori yoki 1 oktava past eshitiladi. Keyinchalik bunday cholg‘ularni aniq bilib olasiz. Cholg‘ularning eng ko‘p qo‘llaniladigan yozilish diapazoni. Ayrim cholg‘ularimiz o‘zining butun diapazoni bo‘ylab jarangdor tovush taratmasligi mumkin. Ma’lumki, musiqasevarlarga jarangdor bo‘lmagan tovushlar yoqmaydi. Shuning uchun ijodkorlar aksariyat cholg‘ularning jarangdor tovushlarini ishlatib asarlar yozishadi. «Eng ko‘p qo‘llaniladigan yozilish diapazoni» deb shunga aytiladi. Cholg‘ularning transpozitsiyalanishi. «Cholg‘ularning eshitilish diapazoni» iborasi boshqacha qilib aytganda, «cholg‘ularning tranpozitsiyalanishi» ham deb nomlanadi. Demak, notada yozilish biru, eshitilishi esa boshqa bo‘ladi. Epizodik cholg‘ular. Kino san’atida «epizodik rollar» degan tushuncha bor, bu degani, ma’lum bir obraz (aktyor) kerak paytda bir paydo bo‘ladi-yu, so‘ng kerak bo‘lmaydi. Buni cholg‘ularga nisbatan ham ishlatsa bo‘ladi, musiqiy asarning qaysidir bir qismida o‘z tovush sadolari bilan paydo bo‘ladi-yu, so‘ng yangramaydi. O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrida ishlatilishi mumkin bo‘lgan bir talay xususiyatli cholg‘ularimiz ham bor, ular – karnay, an’anaviy surnay, sibizg‘a, chang qobuz, qonun, ud, sato, safoyil, qayroq kabilardir. 1945-1960 yillarda O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik madaniyatining o’sishi, jahon klassik bastakorlari asarlarining o’zlashtirilishi, o’zbekiston bastakorlarining xalq cholg’ulari uchun maxsus asarlar yaratishdagi faol ijodiy faoliyati o’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik san’atini yanada yuksalishi uchun muhim zamin bo’ldi. Shu bilan birga yuqori malakali ilmiy pedagpgik va ijrochi kadrlarni puxta va mukammal qilib tayyorlash masalasi o’zbek xalq cholg’ulari ijrochiligi kelgusi davr uchun yuksalish chora-tadbirlari Toshkent Davlat Konservatoriyasining faoliyati bilan chambarchas bog’landi. A.I.Petrosyans. tomonidan Toshkent Davlat Konservatoryasiga o’zbek xalq cholg’u bo’limiga o’quvchilarni saralab professional talimni yo’lga qo’yishni maqsad qildi va bu ta’limni bajarishda V.A.USpenskiy. M.A.Ashrafiy. A.I.Petrosiyans. B.FGienko. G.G.Sabitova. katta rol o’ynaydi. 1948-1949 yil birinchi o’quv yilida O’zbekiston davlat filarmonyasi xalq cholg’u orkestrining bir guruh sozandalari talaba bo’lishdi. 1948 yildan boshlab mamlakatimizdagi musiqa oliy o’quv yurtlarida xalq cholg’ulari ijrochiligi bo’yicha ta’lim berish boshlab yuborildi. 1950 yillarda D.Zokirov nomidagi o’zbek xalq cholg’u orkestri tashkil topgan, masadi o’zbekiston kompozitorlar yangi orginal asarlarini xalqga taqdim etish. 1960-yillarda respublika musiqa madaniyatining yuksalishida xalq cholg’ular konser ijrochiligi yanada faollashdi. 1970- yillarda ozbek xalq cholg’u obro’ etibori ancha yuksaldi. Jumladan 1973 yil yosh g’ijjakchi Shuhrat Yo’ldoshev Voronejda bo’lib o’tgan musiqachi-ijrochilarining butun ittifoq ko’rigida qatnashi. U g’ijjak cholg’usining oxangini shiradorligini rang barangligini yuksak mahorat bilan ijro qilib ko’rikning birinchi darajali sohibiga aylandi. 1971 yildan boshlab o’zbek xalq cholg’ular respublika ko’rigini o’tkazish an’anaga aylana boshladi.

Download 4,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish