1. Torli-urma cholg’ular : Chang I II tanburlar ;
2. Yog’och damli cholg’ular: Nay pikolo qo’shnay sunray;
3. torli-noxunli (mizrobli) cholg’ular: rubob-primalar I,II, qashqar ruboblari I, II,afg’on ruboblari I,II,dutorlar ,bas va kontrabas dutorlar;
4. urma zarbli cholg’ular; nog’ora, doira, safayil .O’zbek milliy cholg’ularidan tashqari bu guruhga simfonik orkestrdagi ishtirokchi cholg’ularidan uchburchak (treugolnik) tarelka,buben,litavra,kabi cholg’ularni xam kiritgan .
5. torli kamonli cholg’ular: g’ijjaklar I, II, alt, bas, kontrabas g’ijjaklar.
50-yillarda sinov tajriba xonalarida Qirg’iziston, Turkmaniston, Qoraqalpog’iston xalq chlg’ularini ham rekonstruksiya qilish va takomillashtirish ishlari olib borildi.
Qirg’iziston musiqa cholg’ularidan qo’bizlar: prima, sekunda, alt(pardali va pardasiz) bas va kontrabas; mezrobli qo’bizlar: prima, alt, tenor: torli kamonli cholg’ular oilasi yaratildi.
Turkmaniston musiqa cholg’ularidan an’anaviy va mezrobli turkman dutorlari oilasi yaratildi.
Qoraqalpog’istonda – qoraqalpoq dutorlar turkumi shuningdek yangi mezrobli, qoraqalpoq dutorlari paydo bo’lgan va ushbu cholg’ular asosida qoraqalpoq xalq cholg’ulari orkestri ham tuzilgan.
Yuqorida keltirib o’tilgan cholg’ularni rekonstruksiyalarini A.I.Petrosyants va S.E.Didienkolar ishlab chiqishganlar. O’sha kezlarda O’rta Osiyo va Sharq mamlakatlari musiqa cholg’ularining evolyutsiyasini obdon o’rganish maqsadida sinov tajriba xonasi qoshida muzeyi tashkil qilindi. A.I.Petrosyantsning tashabbusi bilan bevosita rahbarligi ostida muzeyda xalq cholg’ularining 800 dan ortiq turi to’plandi. Bu yerda o’zbek cholg’ularidan tashqari qardosh xalqlar shuningdek Avg’oniston, Jazoir, Vetnam, Hindiston, Suriya kabi horijiy xalq cholg’ulari taraqqiyoti tarixini o’rganish va tekshirish uchun material manbalari sifatida ham, ilmiy ahamiyat kasb etgan. Xalq cholg’ulari musiqa asboblari muzeyining taklif va mulohazalar daftariga ko’plab taniqli musiqashunos olimlar va sozanda va xonandalar o’z fikr va tasurotlarlarini yozib qoldirishgan. 1965-yili Toshkent shahrida musiqiy sozlarini kop‘lab miqdorda o‘quv jarayoni uchun yetkazib berish maqsadida Milliy musiqiy cholg‘ular tajriba fabrikasi ish boshlaydi. Fabrikaga laboratoriya ustalari tomonidan yasalgan barcha cholg‘ulardan etalon sifatida bir nusxadan (chizmalari bilan birga) namuna olib kelinadi. Fabrika ustalari ham o‘z navbatida har bir cholg‘udan bir donadan yasab, laboratoriyaga sifatini amaliyotda sinab ko‘rish uchun taqdim etadi. Laboratoriya usta-konstruktorlari yasalgan cholg‘ularni chizmalar bilan solishtirib ko‘rib, ularning sifati va ijrochilik imkoniyatlari davr talabiga to‘liq javob bergan holdagina ko‘plab (konveyr usulida) miqdorda ishlab chiqarishga ruxsat berilardi.
Shuning uchun ham laboratoriya nazorati ostida fabrikada ishlab chiqarilgan ilk cholg‘ular estetik jihatdan bezaklarga boy bo‘lmasada, tembri, ovoz tarovati va ijro imkoniyati bo‘yicha buyurtma orqali yasalgan cholg‘ulardan qolishmas edi. Keyinchalik, fabrika laboratoriya bilan o‘z hamkorligini to‘xtatib qo‘yganidan so‘ng, ularning ish sifati pasayib, natijada inqirozga uchraydi.
Orkestrga modernizatsiyalashtirilgan cholg‘ularning kiritilishi jamoaning unison, ya’ni bir ovozlilikdan ko‘p ovozlilikka o‘tishdagi birinchi qadamlari edi. O‘sha davrda orkestr oldida turgan dolzarb masalalardan biri - bu ijro repertuarini yaratishdan iborat edi. Kompozitorlar: B.Gienko, X.Izomov, M.Nasimov, S.Jalil, S.Hayitboyev, F.Nazarov, I.Hamroyev va boshqalar o‘z-bek xalq kuylarini qayta ishlash, qardosh xalqlar kuy-qo‘shiqlarini orkestrga moslashtirishga hamda kichik shakldagi asarlarni yozishga kirishdilar.
Tabiiyki, orkestr tashkil etilgandan keyin bir qator ijodiy muammolar yuzaga keladi. Bularning ichida eng asosiysi yangi turdagi, ya’ni nota yozuvi orqali ijro etadigan sozandalarni tayyorlashdan iborat edi. Bu jarayonga o‘zbek musiqachilari tezda kirisha olmadilar, chunki ularda musiqa savodiva professional daraja yetishmas edi. Yangi cholg‘u ijrochiligi madaniyatini egallash, ko‘p ovozli ijroni o‘zlashtirish uchun asosan musiqa ma’lumotiga ega bo‘lish lozim edi. Shuning uchun o‘sha davrdagi asosiy muammolardan biri orkestr ijrochilarining musiqiy nazariy va amaliy savodini o‘stirishdan iborat bo‘lgan.
Shu bois, asarlarni nota orqali ijro etish uchun juda katta savodxonlik ishlarini olib borish davr talabiga aylandi. Ushbu ishni amalga oshirish uchun kompozitor G‘.Qodirov (Toshkent radio-eshittirish qo‘mitasi huzuridagi xalq cholg‘ulari orkestriga), taniqli musiqa arbobi N.Mironov, pianinochi A.Podgorniy va yosh kompozitor Mutal Burxonovlar (o‘zbek davlat filarmoniyasi qoshidagi xalq cholg‘ulari orkestriga)jalb etildi. Ular haftasiga uch marotaba orkestr ijrochilariga nota savodini va nota orqali ijro etish qoidalarini o‘rgatishga kirishdi. Shu tariqa orkestr jamoasi asarlarni nota orqali ijro etish va ularni boshqarib bora-digan dirijyorning qo‘l harakatiga e’tibor berish ko‘nikmalarini egallay boshlaydi.
Sozandalarni nota orqali chalishga o‘rgatishdek murakkab jara-yonga erishish natijasida tinglovchilar muammosi ham yuzaga keladi. Chunki asrlar davomida bir ovozli ijroni tinglab kelgan tinglovchilarni ko‘p ovozli musiqani qabul qilishga jalb etishning o‘zi murakkab masalalardan biri bo‘lgan. Tinglovchilar yangi yo‘nalishdagi ijroni tinglab hamda qabul qilishlari uchun juda ko‘p vaqt talab qilingan. Ko‘p ovozli musiqani tinglash ko‘nikmasini hosil etishda esa o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrida o‘zbek xalq kuylarini ijro etish amaliyoti katta ahamiyat kasb etgan. Aynan shu cholg‘ular bir ovozli va ko‘p ovozli musiqa o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajargan va keng omma tinglovchilarini yangi turdagi ko‘p ovozli musiqani qabul qilishlariga katta yordam bergan.
Ushbu bosqichning ilk jarayonida kompozitorlar D.Zokirov, X.Izomov, B.Gienko, S.Jalil, F.Nazarov, S.Xayitboyev va I.Ham-royevlar o‘zbek xalq kuy va qo‘shiqlarini qayta ishlaganlar va orkestr uchun moslashtirganlar hamda jamoaning ijrochilik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o‘zlarining maxsus asarlarini yoza boshlaganlar. Kompozitorlar asosiy e’tiborni vertikal yo‘nalishga emas, balki gorizontal yo‘nalishga qaratganlar.
Chunki bu ijrochilarga bir ovozlilikdan ko‘p ovozlilikka o‘tishida yengillik yaratgan. Ular o‘z partituralarida xalq kuylariga murojaat qilar ekanlar, asarda mavjud bo‘lgan ko‘p ovozlilikka xos unsurlarni qidirib topar, bir cholg‘u guruhining kuy ohangini ijro etishga undasa, ikkinchisiga jo‘rnavoz tovushlarni cho‘zib turishni buyurar, qolganlarini esa dutor cholg‘usida ko‘p uchraydigan kvarta kvinta oralig‘idagi intervallarni garmonik, ya’ni bir paytda ijro etishga jalb etardi.
Aynan bu ko‘rinish o‘zbek xalq kuy va qo‘shiqlarida uchraydigan ko‘p ovozlilik unsurlaridan biri bo‘lib, o‘z o‘rnida ijrochilar uchun muayyan qulayliklar yaratgan. Izlanishlar natijasida avvalo o‘zbek xalq kuylarini ko‘p ovozda ohangdosh tovushlar bilan to‘ldirib, musiqiy ifodaliligini boyitsa, ikkinchi tomondan - o‘zbek sozanda va ijrochilarini ko‘p ovozli musiqani ijro etish mahoratini egallash va yangicha fikrlashga chorlaydi.
Xulosa
O’zbek xalq cholg’ulari ilk shakillanish davridan buyon yuqorida qayd etganimizdek xar bir xalqning yashash turmush tarzidan kelib chiqgan holda ov vaqtida, yig’in-marosimlarida hamda manaviy hordiq sifatida ozuqa olish maqsadida ilk musiqa cholg’u asboblaridan o’zlarining ehtiyojidan kelib chiqib foydalanishgan. O’rta osiyo hududlarida ijrochilik sanatining paydo bo’lishidan toki XIX asrning 60 yiillariga qadar yashab ijod qilgan yetuk allomalarimiz va musiqa ilmining asoschilari xamda cholg’ushunoslarimizning benazir izlanishlari, samarali ijodiy ishlari, kitoblari bizning o’tmishimizdagi faxrimiz, bugungi kunimizga yetarlich hizmat qiluvchi manbai konimiz, kelajagimiz uchun xizmat qiluvchi poydevorimiz bo’lib, tariximizni yuksalishi, kelajagimizni ravnaq topishi vazifasini o’tovchi sermaxsul boyligimiz hisoblanadi. O’zbek Xalq cholg’ularining paydo bo’lishi, shakillanish jarayoni, bizning o’zmizning milliy urf-odatlarimiz an’analrimizni yuksak darajada qadr topishida cholg’ularimizning sadolanishi jo’rligida xamkorlikda xalq bilam xamjihatlikda xizmat qilishi madanyatimizning yangi saxifalari ochilishiga turtki bo’ldi. O’zbek xalq cholg’ularining paydo bo’lishi shakillanishi xamda takomillashishi bu cholg’ularning ijro imkoniyatlarini ochilishida, cholg’ularning guruhlarga bo’linishida, jamoa va yakka tarzda ijro etilishida xamda xonandalar jo’rligida qo’shiq kuylab va raqsga tushishida ochiq va yopiq maydonlarda tarbiyaviy ijro qilish ko’nikmalarini shakillanishi, o’zbek xalqning san’atida kompozitorlik ijodiyotining shakillanishi turli janrlarni paydo bo’lishi va yevropadan musiqa san’ati hamda cholg’ularinig bizlaga kirib kelishi musiqa san’atimizning bekamiko’st to’la qonli shakillanishiga olib keldi.
Milliy cholg’ularimizning toifalari ko’pligi , turfa yakka va jo’rnavozlik ijro an’analarining o’ziga xosligi bo’yicha milliy musiqa san’atimizga dunyo uzra teng keladiganini toppish qiyin. Sharq musiqa ilmining asoschilari deb butun dunyo tan olgan vatondoshlarimiz Abu Nasr Farobiy,buyuk allomalarimizdan Abu Ali Ibn Sino, Abdulqodir Marog’iy,Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zaynulobiddin Xusayniy, Kavkabiy Buxoriy, Darvesh Ali Changiy, Barbad Marog’iy va boshqalar sharqona jahonshumul ahamyatga molik noyob nazariy va estetik qarashlarini ishlab chiqqan holda mumtoz musiqiy asarlarning ham muallifi sifatida keng tanilgandirlar. Ana shunday xalqchil va ustazona qatlamlar orqali bizgacha yetib kelgan musiqiy madaniyatimiz tufayli tarixan qisqa muddatlarda O’zbekistonda yanada yangicha, ko’p ovozli milliy cholg’ular ansambli va orkestri, ko’p ovozli kompozitorlik ijodiyoti uzil kesil shakilani, o’z qiyofasiga ega bo’ldi, sinf avditoriyalari shakillanib jadal ravnaq topib yuksak e’tibor va e’tiroflarga sazovor bo’lib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |