Jovliyev sherxan farhodovich


BOLALAR MUSIQA VA SANAT MAKTABLARIDA REPERTUAR TANLASH VA KO’RIK-FESTIVALLARGA TAYYORGARLIK KO’RISH JARAYONINI YO’LGA QO’YISH



Download 4,8 Mb.
bet25/35
Sana14.07.2022
Hajmi4,8 Mb.
#800024
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
Bog'liq
Desertatsiya (3) (2) 90 bet Sherxon

2.2 BOLALAR MUSIQA VA SANAT MAKTABLARIDA REPERTUAR TANLASH VA KO’RIK-FESTIVALLARGA TAYYORGARLIK KO’RISH JARAYONINI YO’LGA QO’YISH.
Bolalar musiqa va san’at maktablarida nafaqat o’rta maxsus oliy talim tizimida repertuar tanlash bu – ko’p ovozli orkestr jamoa ijrochiligi tarkibining eng muhim, asosiy dolzarb muammosi hisoblanadi. Repertuar tanlanayotgan vaqtida asarning oddiy yoki murakkabliligi, ko’rik-tanlov va festivallar yoki konsert tomosha tadbirlarida faollar zali sahnalarida ijro qilinishini inobatga olib, ko’rik-tanlov va konsert tomosha tadbirlari asarlarini ajrata bilish bu jamoa rahbarining vazifasi ya’ni salohiyatiga bog’liqdir. Asar tanlanib ijroni yo’lga qo’yishdan oldin asarning tarbiyaviy va estetik ahamyatga moilligi, o’qituvchi va jamoaning obro’yi, o’quvchilarning yoshlari, musiqiy qobilyatlari, ijro qilish texnikasi va salohiyati, qobilyatli va o’rta qobilyatli o’quvchilarning o’zaro mutanosibligi, asrning yorqin va tasirchanliligi, jamoada qiziqish uyg’ota olishi muhim ahamyat kasp etadi. Tanlangan repertuarning go’zalligi orkestr rahbari va jamoaning yuzi, obro’si hamda tashrif qog’ozidir. Oqilona qaror qabul qilinib tanlangan yuksak badiy repertuar orkestr jamoasining ijodiy jihatdan faol hayotini yo’lga qo’yadi, umuman olganda ijrochilarning ijro maxoratini doimiy ravishda oshib borishiga xizmat qiladi. Beqarorlik bilan to’satdan shoshqoloqlik qilib tanlangan repertuarlar jamoaga salbiy tasirini ko’rsatib orkestr sinifiga bo’lgan qiziqishlarini so’ndirib hattoki jamoaning tarqab ketishiga xam sababchi bo’lad. Endilikda yangi tarkibda tashkil etilib vujudga kelgan jamoalarda orkestr rahbari repertuar tanlash borasid sinchikovlik bilan puxta tayyorgarlik ko’rib har tomonlama mushohada qilishi maqsadga movofiqdir. Orkestr rahbari tomonidan tanlangan yangi repertuar o’quvchilar ongiga singdirish uchun atroflicha tanishtirilib ularda ijobiy ichki xissiyotlarni va mas’ulyat hissini uyg’ota olishi fanga nisbatan keying oldinda kutilayotgan darsga qatnovi darajasi faol tarzda bo’lishi qiziqishini, mehir-muhabbatini oshirib borishi lozim. Bolalar musiqa va san’at maktablarida yakka va jamoaviy cholg’u ijrochiligi sinflari uchun vazirlik tomonidan tasdiqlangan fan dasturlarida ko’rsatilgan asarlarlar ro’yhati bilan tanishib, ijro qilish bilan barobarida muhtojlik sezilgan hollarda yangi yaratilgan o’zbek va jahon kompazitorlari asarlaridan keng foydalanib repertuar siyosatini yoqori darajaga ko’tarib orkestr jamoasini musiqiy salohiatini rivojlantirib borish zarur. Repertuar bu orkestr sastafining xar bir cholg’u ijrochisida to’laqonli musiqiy rivojlanishini yaratadi, bu holat o’quvchilarni musiqiy madaniyatini ko’taribgina qolmay, yetarli darajada ularning axloqiy-estetik tarbiyasini, did va qarashlarini rivojlantiradi sozanda o’rtoqlari oldida dadillik va mas’ulyat hissini oshiradi. Orkestr sinfi jamoa ijrochiligida rang -barang turlicha xarakterga ega bo’lgan rus va chet-el klassikasi, o’zbek kompazitorlarining lirik va xazilomus, jo’shqin va sokin asarlari, o’zbek va jaxon kinofilimlariga ishlangan sauntrekt xamda vatanparvarlik ruhiga yo’g’rilgan asrlar bilan boyitib borish bu badiiy yuksak repertuar yaratilganligidan dalolat beradi. Ushbu ijro qilingan repertuarlar o’quvchi yoshlarning ko’z-o’ngida yorqin fazilatlar bilan gavdalanadi shu bilan birga ularning ma’naviy dunyoqarashini va musiqiy idrokini sezilarli darajada shakillantiradi. Repertuarni shakillantirish jarayonida o’qituvchi-rahbar asarning eng avvalo g’oyaviy- badiiy mazmun mohiyatiga, sozandalarning idrok eta olishiga, turli cholg’ulardagi yangraydigan ijro usullarini payqashiga, orkestr guruhidagi cholg’ularining tovush chiqarish akustikasiga, cholg’ular diapazoniga, cholg’ulardagi shtirixlarning mutanosibligini aniqlashi xamda sozandalar jamoasining ijroviy texnikasini bilan taqqoslab ko’ribchiqishi muhim ahamyat kasp etadi.
Asos sifatida olib qaraydigan bo’lsak, bolalar musiqa maktabida bolalar musiqa va san’at maktablarida kichik yoshdagi bolalar qatnovi yo’lga qo’yilgan bo’lib, ko’p ovozli orkestr sinifida ijrochilik repertuarini shakillantirib olishda, dastlab kichik sinf sozandalarida ko’p ovozli ansambl va orkestr ijrochiligi sinifini yo’lga qo’yib olishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi. O’zbek xalq cholg’ulari orkestrida kichik sinf guruhlarga asarlar tanlashda avlod va ajdodlarimizga mansub bo’lgan, o’zimizning turmush hayotimizda aks etgan va milliy musiqa madaniyatimizga yo’g’rilgan xalq qo’shiqlari, folkyor qo’shiqlari va bolalar uchun xos bo’lgan ularga qisman bo’lsada tanish bo’lgan o’zbek bastakorlari tomonidan yaratilgan ashulalarini ko’p ovozli orkestr sinfiga ilk mashg’ulotlarda tadbiq qilinib moslashtirilgan repertuar biroz muddat mobaynida ularning ongiga singishi uchun avvalambor bir ovozli (unison) tarzda so’ng ikki ovozli ko’rinishda ( ) undan so’ng ko’p ovozli tartibda o’rgatib borilsa, bolalarda ko’p ovozli musiqa asarlarini idrok eta olishi ko’nikmalarini rivojlantiradi. Bunda avvalo ilk orkestr saboqlari darsiga kichik sinflarni
ko’niktirib borish uchun asarlarni oddiylikdan boshlab murakka bosqichgacha asta-sekinlik bilan pog’onama-pog’ona ijodiy jarayonni o’stirib borish zarur. Bugungi kunda ijtimoy tarmoqlari yordamida texnologiyalar shiddatli ravishda tus olib borayotgan bir paytda 10-15 yil oldingi davrdagi 8-12 yoshdagi bolalar bugungi kunda ilgarigi davrga nisbatan ko’proq malumotlarni biladilar ularning qiziqishlari ko’proq ilmiy-texnika taraqiyoti bilan belgilanib bormoqda shu jumladan repertuarning bolalar ongida tez esda qolarli va yoqimliligi asarni ularning ongida tez xazim qilish imkonini beradi va orkestr rahbariga ijro vaqtida yengillik yaratadi. Har-bir o’tqaziladigan mashg’ulot hissiy ko’tarinki ruhda o’tilishi kerak. V.A.Suxomlinskiy takidlaganidek, faqat “ongning hissiy uyg’onishi”gina bolalar bilan ishlashda samara berishi mumkin. Bolalar his-hayajonga berilib, qiziqib shug’ullansalar orkestr rahbarining ular ongiga tasir o’tqazishi anchagina oson kichadi. Ushbu holat repertuarning jamoaga nisbatan to’g’ri tanlanganligidan dalolat beradi. Bu qoida esa repertuarni yaxshi o’zlashtirish va to’g’ri va aniq tovush hosil qilish samaradorliligini oshiradi. Tanlangan repertualarni oddiylikdan shakilantirib borishda bolalarda mashg’ulot darslari vaqtida hissiy zerikish holatini uyg’otmasligi, ulardagi jismoniy toliqish va aqliy zo’riqish xolatlariga yuzaga kelib chiqarmasligi, yoshiga xos va mos tarzda repertuarni bekamiko’st holda ijro etishi orkestr sinfining muhim unsurlardan biridir. Sodda shakildagi asarlardan murakkab shakildagi asarlarga o’tish bu o’z navbatida yuqori sinfga pillapoya qo’yish demakdir. O’zbek xalq cholg’ulari orkestri yuqori siflarida ham kichik sinf singari musiqiy meyyordan oshmagan holda jamoaning ijro imkoniyatidan kelib chiqib repertuarlar tanlab o’rganib boriladi.
Yuqori sinf o’quvchilarida ijro imkonyati kengligini inobatga olib qaraydigan bo’lsak ularda ma’lum darajada tajriba shakillanganligini ko’rishimiz mumkin shu sababdan repertuar o’z navbatida rang-baranglikdan iborat bo’lishi o’smirlik yoshidagi bolalarimizga ijobiy tasirini ko’rsatadi. Shu jumladan ba’zi hollarda ya’ni o’quv yili davomida turli xil konsert tomoshalari va ramziy bayram tadbirlariga chiqib, repertuar tanlab ijro qilishda jamoadagi o’smir yoshdagi o’quvchilar tomonidan taklif bildirilgan repertuarlarni ham tarbiayaviy va ahloqiy jihatdan ko’rib chiqib qaroq qabul qilish bu o’qituvchidan o’tkir zehinlilikni va tajribani talab qiladi. Konsert tadbirlari sahnalarda, umumiy o’rta talim maktablarining faollar zalida dars mobaynida o’rganilgan repertuarlarni ko’p bor takroran ijro qilish asarni pishib yetilish holatini mustaxkamlaydi shu bilan birga o’quvchilarni ko’rik-tanlovlardagi katta sahnalarga chiqish oldi his-hayajonlarini boshqaraolishga, sahna madaniyatini anglab yetishiga, jamoa o’zaro bir-birini katta sahnada ijro imkoniyatini eshita olishga hizmat qiladi.
Ko’rik festivallarga tayyorgalik ko’rishda avvalambor birgina o’zbek xalq cholg’ulari bo’limi misolida olib qaraydigan bo’lsak birinchi navbatda bo’limga tegishli bo’lgan o’z yo’nalishi bo’yicha mutaxasis o’qituvchilarni keng qamrovda yo’nalishlari bo’yicha ish beruvchi rahbar tomonidan mehnat bandligini imkonyat darajasida taminlash zarur. Mutaxasis o’qituvchilar sinflarga bolalar qamrovini shakillantirishda umumiy o’rta ta’lim maktablari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan holda “Besh tashabbus-besh imkon” shiyori doiraida bo’limdagi mutaxasis o’qituvchilar bilan maslaxatlashgan holda xalqona, o’quvchilarga birdek manzur bo’la oladigan konser repertuarlar tuzib maktabning faollar zalida va mahallalarda o’tqazilayotgan tadbilardan jonbozlik ko’rsatib konsert chiqishlar qo’yib amalyotga tadbiq qilib cholg’u sinflariga mahalla va maktab o’quvchi yoshlarini qamrovini shakillantirib olish kerak. Xalq cholg’u bo’limiga tashrif buyirgan o’quvchilarni qiziqishiga quloq tutgan holda bo’limdagi barcha mutaxasislik sinflariga to’g’ri taqsimlab ijodiy yondashish kerak. Sababi, bo’limda mutaxasislik sinflarida to’g’ri taqsimlanmagan holat yuzaga kelgudek bo’lsa, bo’lidagi jamoa ijrochiligi fanlarini izdan chiqib ketishi, bo’limda o’z-o’zidan jamoa ijrochiligi sinflariga muhtojlik sezilarli darajada ortib boraverishini yuzaga keltirad. Ushbu holat bo’limning mutaxasislik sinflari bazasini qashshoqligidan dalolat beradi agarda ushbu holatyillar mobaynida muntazam davom etaversa bo’limning tarqabketishi yopilish holatiga olib keladi.
Shu o’rinda savol tug’ilishi mumkin, bolalar musiqa va san’at maktabiga o’quvchilar qamrovida bo’limlarning o’quvchilar bilan taqsimlanishida birozgina o’zgarishlar vujudga kelishi xam mumkin, masalan ota-onalar farzandlarini o’z hohishi va qiziqishini payqab qiziqgan yo’nalishlariga misol tariqasida doira dutor yoki forteoiano cholg’u yo’nalishlari sinflariga bolalar qamrovi xaddan ziyod oshib borilsa va ba’zi bo’limlardagi cholg’u sinflariga qamrov darajasi sust bo’lib shakillangan bir paytda maktab ma’muryati ushbu holatga ijodiy yondoshgan holda teran fikir yuritib uzoqni ko’zlagan holda qamrovi jihatdan o’quvchi soni ko’p bo’lgan bo’limlardagi mutaxasislik sinfida taxhsil olayotgan va olishni boshlagan o’quvchilarga qo’shimcha mutaxasis o’qituvchilarni jalb qilib ishchi o’rinini yaratish va bo’limdagi mutaxasislik sinfi qamrovi nisbatab boshqa bo’limlarga qaraganda sust bo’lgan o’quvchi soni juda kam bo’lgan sinflarni shakillantirib ijodiy bazaviy muhitini yo’lg qo’yishda maktab dars soatlari ustavidan kelib chiqib maktab umumiy o’quvchilar sonini hisobga olib, tahsil olayotgan o’quvchilarning 50 foizini tanlangan fan ya’ni qo’shimcha fanni yoki cholg’ularni o’rganish maqsadida bo’limlardagi qamrovi sust sinflarga biriktirib qo’shimcha fan yoki cholg’ularni o’zlashtirishi muhtojlik sezilgan mutaxasislik sinflaridagi ijodiy bazani yo’lga qo’yilishi tanlangan qo’shimcha fan holatida biror bir cholg’uni qiziqib qunt bilan o’zlashtirayotgan o’quvchilarimizni jamoa ijrochiligi fani sinflariga jalb qilish imkonin beradi.
Masalan: tasviriy san’at, raqs, teatr san’ati, fortepiano, yo’nalishida tahsil olayotgan qobilyatli o’quvchilarimizni tanlangan fan sifatida o’zbek xalq cholg’ular sinfida biror bir qo’shimcha cholg’uni mas’ulyat bilan yondashib ishtiyoq bilan o’rganishi orkestr ijrochiligi sinfini to’liq tarkibda yo’lga qo’yilishiga ko’mak berishi samarodorlikni oshiradi. Shuni unutmaslik keraki o’quvchilar yoshligini hisobga oladigan bo’lsak ulardagi fikirlash mustaqil qaror qabul qilish biroz vaqt o’tib uning aksini isbotlashi shubhasizdir. Ular o’zlahtirayotgan cholg’ular biroz murakkablikga yuz tutgach yoki boshqa bir cholg’uga mehr qo’ygach va ikkala cholg’udagi ijrochilik mutonosibligini anglab yetgach navbatdagi ikkinchi cholg’uga qiziqish paydo bo’lganini anglatadi bu jarayonda mutahasis o’qituvchidan o’quvchini mushkul ijrochilik holatiga solib qo’ymaslik va diqqat va e’tiborni talab qiladi.
Shuning uchun o’zbek xalq cholg’u bo’limiga va boshqa bo’limlarga bolalar qamrovida ijodiy yonashib o’quvchilar taqsimlanishini to’g’ri yo’lga qo’ysak mutaxasislik sinflari poydevori pishiq holatda mustaxkam shakillanib yakka va jamoaviy ijrochilikda ko’p ovozli orkestr, ansambl va boshqa guruhlarning faoliyati gurkirab keng quloch yozib ijodiy parvoz qilish imkonini ya’ni maktab, shahar, viloyat miyosidagi bayram tadbirlariga maktab, tuman, shahar, viloyat, respublika xamda xalqaro miqyosidagi ko’rik-tanlov va festivallariga tayyorgarlik ko’rish imkonini tabiiy holatda vujudga keltirishiga xizmat qiladi.
Vaholanki to’g’ri tashkil etilgan yakka va jamoaviy sinflar jamoaviy cholg’u ijrochiligida bugungi va ertangi kunda o’zining samaradorligini yaqqol namoyon etadi. Xususan xalq cholg’ulari bo’limida yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib to’liq tarkibda xalq cholg’ulari orkestri sinfini tashkil etilishi ijro darslari vaqtida unumli, sermaxsul o’tilishini, fan nuqtayi nazardan o’quvchilarda qiziqish, mas’ulyat hissini uyg’ota olishiga, bo’limga nisbatan bazaning keng qamrovda sinflar shakillanishida, Respublika va Xalqaro ko’rik-festevallarga faol ishtirok etib hamda estetik did bilan tanlangan asarlarni jamoaning imkoniyatidan kelib chiqib maxorat bilan yuqori savyada ijro qilish natijalarni qo’lga kiritishga xizmat qiladi.











Bolalar musiqa va san’at maktablarida jamoa cholg’u ijrochiligida ko’rik-festevallarga tayyorgarlik ko’rish tamoyillariga ko’p ovozli orkestr va ansambl sinflari bilan faollikni olib borishda maktab doirasida o’tqazilgan barcha tadbir konsert kechalarida maktabdagi barcha o’quvchi jamoalar o’zlarining ijro repertuarlari, ijodiy chiqishlarini amalda ko’rsatib tajriba ko’nikma va malakalarini shu bilan birga sahna madaniyati o’zlarida birda shakillantirib borishadi. Maktab miqyosida iqtidorli o’quvchilar va cholg’u jamoalari vaqt o’tishi mobaynida o’zlarining chiqishlari bilan maktab jamoalari orasida nom qozonib ulgura boshlagach tajriba almashish xamda ijodiy muhitni yangilash maqsadida jamoa rahbarlari va maktab rahbariyati shahardagi yoki tumanda mavjud bo’lgan bolalar musiqa va san’at maktablari rahbarlari bilan hamfirlikda ijodiy muhitni yoqori darajada o’stirish uchun jamoaviy cholg’u ijrochiligi o’rtasida bag’ishlov

konsertlari va ko’rik-tanlov kechalarini tashkil qilib boshqa bir maktab jamoalari


bilan tajriba almashinib musiqiy ijodiy qarashlarni shakillantirib borishlari lozim. Shahar yoki tuman miqyosidagi bolalar musiqa san’at maktablarini iqtidorli deb topilgan yosh sozanda cholg’u jamoalarini tashabbuskorlik bilan yuzaga chiqarish maqsadida, viloyat, Respublika, Xalqaro ko’rik-festevallariga tanlaovlari tayyorlab borish muhim ahamyat kasp etadi. Viloyat miqyosida o’tqazilgan tajriba darslari va ko’rik-tanlovlari birinchi navbatda vohaning cholg’u ijrochiligi jamoalaridagi cholg’u bo’limlarining sinfi, bazaviy holati qay darajada ekanligidan dalolat beradi. Xususan viloyatda o’tqazilgan ko’rik-tanlovlarda orkestri jamoallari rahbrlari va yosh sozandalari viloyat ko’rik-tanlovi uchun maxsus shartli asarlarni yig’ilgan jamoalar qay tartibda ijro qilinganligiga guvohi bo’lishadi, ushbu holat o’z navbatida orkestr rahbari va o’quvchilarda asosli darajada salbiy va ijobiy qarama- qarshi fikirlarni tug’ilishga olib keladi. Bu esa qay bir jamoa shartli asarni to’g’ri-noto’g’ri talqinda ijro qilinganligidan dalolat beradi. Bu jarayon san’at ahlini musiqiy ilmiy salohiyatini rivojlantirishga, kelgusida ushbu holatlarni bartaraf etishga undaydi. O’z navbatida yosh o’quvchilarimizni katta sahnalarga chiqish oldi his-hayajonlarini jilovlay olib bartaraf etishni, sahnada o’zini tutish va sahna madaniyati kabi jihatlarni o’rganishadi Respublika bosqichiga borishida Respublika va Xalqaro ko’rik –festevallariga tayyorgarlik ko’rishda eng avvalo tanlovning qonun qoidalari bilan to’liq tanishib qoidani buzmagan holda ijrochilikni yo’lga qo’ya olish maqsadga mudofiqdir. Tanlovning shartli asarlari bilan atroflicha tanishib olish muhim vazifa bo’lib asarni to’g’ri talqinda talab darajada ijro qilish muhim ahamyat kasp etadi. Respublika va Xalqaro ko’rik-festevallarga tayyorgarlik ko’rish bu o’z navbatida shahar, tuman, viloyat bosqichlaridan bosqichma-bosqich o’tib yakuniy bosqichga yo’llanmani qo’lga kiritish demakligini anglatadi. Eng so’ngi bosqichga yetib kelgunga qadar yuqorida qayt etganimdek barcha tamoyillardan poonama–pog’ona yengib o’tish maqsadga muvofiqdir. O’zbek xalq cholg’ulari orkestr va ansambl jamoalari o’rtasida ko’p yillardan buyon “Bolalar musiqa va san’at maktablari orkestr,ansambl va ijodiy jamoalarining respublik ko’rik-tanlovi” xamda MILLIY CHOLG’ULAR KO’P OVOZLI ANSAMBL VA ORKESTRLAINING “NAVRO’Z SADOLARI” NOMLI XALQARO KO’RIK FESTIVALI muntazam ravishda o’tqazilib kelinmoqda.
Ushbu ko’rik festevallarning maqsadi Markaziy osiyo davlatlarining viloyat, shaxar va tumanlarida, O’zbekiston Respublikasining viloyat, shahar tumanlarida milliy cholg’ularda ko’p ovozli ijrochilikni rivojlantiirishga yordam berish, milliy ijrochilik an’analarini saqlash va rivojlantirish, yosh sozandalarni ma’naviyatini va madanyatini o’stirish, ona vatan uchun faxr tuyg’usini tarbiyalash, vatanparvarlik mavzusiga to’laqonli badiy asarlarni yaratish, ijrochilik mahoratini oshirish va milliy cholg’ular ansambli va orkestrining ijodiy faoliyatini shakillantirish, xalqaro ijodiy aloqalarni mustaxkamlash, ijrochilik repertuarlarini boyitish va zamonaviy musiqa bilan tanishtirib olishni maqasad qilib qo’ygan.
Bolalar musiqa va san’at maktablarida bugunga kunga qadar jamoaviy ijrochilik uchun respublika bo’ylab birxillikni taminlovchi orkestr sinfi fan dasturining ishlab chiqilmaganligi, yo’qligi bu joylardagi maktablarda birozgina hunik holatlarga olib keladi. Sababi, fan dastursiz, o’quv qo’llanmalarisiz asar tanlay bilish jamoaviy rerertuar tanlashda pedagoglarda o’zboshimchalik va sayozlikni anglatib qo’yadi. Asar tanlashda etiborli jihati shundaki jamoaviy yakka va jamoaviy ijro etiladigan asarlarga e’rtibor berish muhim ahamyat kasp etadi. Bolalar musiqa va san’at maktablari uchun Firuza Abdurahimova, Abdumajid Qarabayev, Baxtiyor Bozorov, Qosimjon Otamirzayev tomonidan pedagogic qarashlari ostida bugunga qadar ishlab chiqilgan o’quv qo’llanmalar juda sifatli, va zalvorli durdona, asarlar tanlangan qo’llanma kitoblari ilk sahifalari O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi bilan cholg’ulashtirilib so’ng bir talay mukammal asarlarni cholg’ulashtirib qo’lanma holiga keltirib amalyotga tadbiq qilishgan ammo Bolalar musiqa va san’at maktablarida jamoaviy ijrochilikda jajji bolachalardan o’smir yoshgacha bo’lgan bolalar tahsil olishini nazarda tutmog’imiz darkor. Bu yosh sozandalar uchun eng avvalo darslik qo’llanmalar tayyorlashda orkestr sinfida dastlab cholg’usida jamoaviy ovoz hosil qilish, ovoz kuchaytirish, ovoz tushirish, bazi bir guruhlar sakkiztakik o’noltitalik yoki triol mashqlarini qilayotganda bazilari esa tremolo rez ushlab turishlari kabi mashqlarni shu bilan birga metro ritmika mashqlarini bajarish bo’yicha uslubiy mashqlarni yaratib partitura holatida yoritilib shundan so’ng kichik boshlang’ich sinflar ya’ni 1-2- sinflar uchun xuddi yakka sinflar dasturiga mos holatda jamoa ijrochiligi sinifiga xam kichik xalq kuy-qo’shiqlaridan, xalq folklor musiqalarimizdan, o’zbek xalq bastokorlari asarlar va chet-el kompazitorlari asarlari bilan qolaversa yakka ijrochilik uchun ishlab chiqilgan dasturlarni xam inobatga olgan holda uyg’unlikni taminlagan holda qo’llanmalar shakillantirilishi maqsadga muvofiq bo’lgan bo’lar edi.





Download 4,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish