Jovliyev sherxan farhodovich


III BOB.TAJRIBA SINOVI ISHLARI VA OLINGAN NATIJALAR TAHLILI



Download 4,8 Mb.
bet28/35
Sana14.07.2022
Hajmi4,8 Mb.
#800024
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
Bog'liq
Desertatsiya (3) (2) 90 bet Sherxon

III BOB.TAJRIBA SINOVI ISHLARI VA OLINGAN NATIJALAR TAHLILI
3.1.Tajriba-sinov ob’ekti va uning mavzu bo’yicha muvofiqligi
3.2.Tajriba-sinov natijalari va uning tadqiqot ishidagi ahamiyati

Har qanday jamiyatda yosh avlod tarbiyasi davlat oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri bo’lib kelgan. Chunki, jamiyatning jamiyat sifatida ravnaq topishi va rivojlanishi ana shu kelajak avlod tarbiyasiga bog’liq. Ma’lumki, tarbiya shaxsni jamiyatdagi ijtimoiy – iqtisodiy ishlab chiqarish munosalabtlariga tayyorlash, shuningdek, uning ma‘naviy, aqliy va musiqiy rivojlanishiga muntazam ta’sir etib boruvchi uzluksiz jarayon. Asosiy vazifa ana shu yoshlarga ta’lim va tarbiya berish, ularning kuch va salohiyatini shu Vatanga muhabbat, yurt tinchligi va osoyishtaligi, Respublika mustaqilligini mustahkamlash yo’liga safarbar etishdir. Dunyoning ko’pgina davlatlari qatori O’zbekiston Respublikasi hukumatining olib borayotgan odilona siyosati natijasida amalga oshirayotgan keng qamrovli ishlar ko’lamini payqash qiyin emas.


Endilikda Respublikamizda ma’naviyat va madaniyat masalalariga alohida, birinchi masala sifatida katta e’tibor berilib kelinmoqa. Shuni ta’kidlash joizki, dunyoning qator mamlakatlari qatori O’zbekistonda inson ma’naviy hayotining yuksalishida, ma’no va mazmun kasb etishida, musiqaning madaniy hayotga yanada chuqurroq kirib borishida keng imkoniyatlar yaratilganki, bunda davlatlarning o’zi bosh islohotchi sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Barkamol avlod kamolotida musiqa tarbiyasini amalga oshirishga musiqa sohasi bo’yicha kadrlar tayyorlashda ta’lim muassasalarida “Musiqa o’qitish metodikasi“ fani katta ahamiyat kasb etadi. “Musiqa o’qitish metodikasi“ fan sifatida o’zining tizimiga mansub bo’lib, musiqiy fanlar tarmog’ida o’zining mustaqil o’rniga ega. Unda musiqiy tarbiya mazmuni, metodlari sifat va samaradorlikka erishish yo’llari, qonuniyatlari o’rganiladi. O’quvchi – yoshlarni musiqa mashg’ulotlari asosida tayyorlashda nafosat, musiqa fiziologiyasi, musiqiy psixologiya kabi qator fanlarning tajribalariga tayanish lozim, musiqa inson ruhiyati bilan uzviy bog’liq bo’lib, unga eng oson ta’sir etuvchi kuch hamdir.
O’quvchilarda musiqiy idrokni hosil qilish, musiqa masmunini ongli idrok etish, asarni tushuntirishda musiqa tinglash mashg’ulotlarini o’qituvchilar tomonidan to’g’ri tashkil etish muhim hisoblanadi. Bu ularda tajriba to’plash va undan oqilona foydalanish, shu bilan birga o’quvchilar ma’naviy dunyosini boyitishga yordam beradi. Yoshlarning musiqaga bo’lgan qiziqishlari natijasida musiqiy estetik didi tarbiyalanadi.
Musiqani tinglay bilish va undan zavqlana olish ham katta san’at hisoblanadi. Insonda muiqa tinglash madaniyati yoshlikdan rivojlana boshlaydi. O’quvchi darslarning barcha faoliyatlari jarayonida, musiqani tinglab, uni idrok etadi. Ammo musiqa darslarining musiqa tinglash qismi oldida, o’ziga xos jiddiy vazifalar turadi. Avvalo, shuni eslatish lozimki, insonda kuylash imkoniyatlariga ko’ra, tinglash imkoniyatlari ancha keng bo’ladi. Masalan: milliy cholg’ular ansambli, orkestr, xor, yakka cholg’u, cholg’u ijrosidagi asarlarni kuylamay, balki faqat tinglab idrok etishi mumkin. Shuning uchun ham musiqa tinglash jarayonida o’quvchilarning badiiy idroki yaxshi rivojlanib boradi. Darslarda musiqa tinglash uchun quyidagi talablarga ko’ra asarlarni tanlash tavsiya etiladi:

  • O’quvchilarning musiqani idrok etish va musiqiy asarlarda tasvir etilgan badiiylikni his qilish qobilatlarini rivojlantirish.

  • Musiqa haqida boshlang’ich ma’lumotlar berish, tinglangan asarlarni eslash, ularning mazmuni, xarakteri va ifoda vositalarining farqini bilish hamda tinglangan asarga ma’lum darajada baho bera olish.

  • Musiqiy asarlarni ishtiyoq bilan tinglash va eslab qolish, olgan taassurotlarni his etish va u haqida fikr bildira olish.

  • Musiqa tinglashda turg’un diqqat – e’tibor va tinglash madaniyatinihg boshlang’ich elementlarini shakllantirish.

  • Musiqiy didni shakllantirishga oid qiziqarli, mazmunli asrlarni tanlash. Bularning barchasi o’quvchilarning ijro ko’nikmalari, malakalar, mahoratlarining oshishiga yordam va xizmat qiladi.

  • Boshlang’ich kichik sinf o’quvchilarining diqqat – e’tibori uncha barqaror emasligi sababli ular yorqin yangraydigan kichik hajmdagi musiqiy asarlarni

idrok etishga qodir bo’ladilar. Ular ayniqsa, kichik hajmdagi kuylarni yaxshi idrok etadilar, ohang musiqaning mazmunini oson idrok etishga yordam beradi. Shuning uchun musiqa o’qituvchisi qo’shiq aytganda yoki biror cholg’u asarini ijro etganda, uning tanish ovozi, sof ohangi, ifodali ijrosi, mimikasi, ishoralari va qisqa, qisiqarli suhbat o’quvchilarni maftun etishi lozim. Shundagina o’quvchida bo’ladigan zavqlanish, ajablanish, asar masmuniga qarab quvonish, qayg’urish, o’ylanish, uni ijro etishga qiziqish ortishi kabi holatlarni kuzatish mumkin.
Yangi asar bilan ilk bor tanishtirishda, o’qituvchining qisqa va lo’nda mazmunli, qiziqarli kirish so’zi, musiqa tinglash jarayonida o’quvchilarga ma’lumot berilsa ular asarni to’liq idrok etishga harakat qiladilar. Musiqa asarini 2-3 mashg’ulot davomida tinglash, jumlalarga bo’lib ijro etishga o’tish maqsadqa muvofiq. Chunki, har bir tinglashda, o’quvchi uchun asarning yangi qirralari namoyon bo’ladi, unga nisbatan qiziqishi, muhabbati ortib, uni tezroq ijro etishga kirishadi. Shu tariqa yildan yilga o’quvchilar o’z yoshiga, bilim va malakalariga muvofiq musiqa asarini to’la idrok etish, ijro qilishga qodir bo’ladi.
Ta`lim berish davridagi amaliy pedagogik faoliyat ta`lim beruvchi (O`qituvchi - pedagog) hamda ta`lim oluvchi (o`quvchi) o`rtasida ro`y beruvchi va o`zida didaktik xususiyatlarni namoyon etuvchi amaliy faoliyat mazmun mohiyatini aniq shaffofligini taminlovchi jarayondir. Nazariy – pedagogik g`oyalar, har qanday ta`limga tadbiq etilayotgan ish shakl, usul, vositalar, bevosita amaliyotda ta`lim va tarbiyaviy jarayon mohiyatini o`rganish, tahlil etish, uumumlashtirish asosida yuzaga keladi. Shuning uchun ham pedagogik va ilmiy izlanish jarayonida tajriba – sinov ishlarini tashkil etish ushbu jarayonning asosi sifatida gavdalanadi.
Aniqlash maqsadida tashkil etiladigan tajriba – sinov ishlari ma`lum va aniq maqsadga yo`naltirilgan reja va dasturga asoslanishi, ishlarni tizimli va shaffof bo`lishini yaratadi. Binobarin biz ham respublikamizdagi barcha BMSM imkoniyati cheklangan olis hududlarda xalq cholg’ulari ko’p ovozli orkestr ijrochilik darslarida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish va yo’lga qo’yish,
amalyotga tadbiq etish maqsadida tajriba-sinov ishlarini olib borishda yuqoridagi malumotlarga tayangan holda tajriba-sinov ishlarini olib borish bo’yicha o’z dasturimizni bunyod etdik. Bolalar musiqa va san’at maktablarida bir xil yaxlidlikni taminlash maqsadida xalq cholg’ulari jamoa ijrochiligi dasturlarini ishlab chiqilishi ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamyat kasp etadi. Bolalar musiqa va sanat maktablarida o’zbek xalq cholg’ulari ko’p ovozli orkestr ijrochilik sinflarini yo’lga qo’yilishida o’quv qo’llanmlarda o’zbek xalq cholg’ularining tarixi va takomillashuvi, bolalarning yosh va ijro imkoniyatlarini olgan xolda boshlang’ich mashqlar va xalq kuy qo’shiqlari falklor va o’zbek bastakorlari unadan so’ng jahon kompazitorlari asarlari shu bilan bir qatorda orkestr raxbari vazifalari va talablari, dastlabki mashg’ulotlarning pog’onasi, guruhlarga bo’linishi, guruhning joylashuvi, ijro vaqtidagi o’tirish holati, sozning mo’tadilligi va musiqiy savodxonligi, konsert kechalariga tayyorgarlik ko’rish ko’nikmalarini shakillantirib bolalarning yosh va ijro imkoniyatlarini olgan xolda boshlang’ich mashqlar va xalq kuy qo’shiqlari falklor va o’zbek bastakorlari undan so’ng jahon kompazitorlari asarlari bilan darslik o’quv qo’llanmalarini ishlab chiqilishi etiborga loyiq deb hisobladik. Repertuarlarni atroflicha masuliyat ila jomoa ijrochilik imkoniyatidan kelib chiqib tanlanishi, ko’rik–festivallarga bosqichma-bosqich tayyorlab borish dinamikasi yo’lga qo’yish ko’p ovozli orkestr ijrochiligida o’quvchi-yoshlarning manaviy axloqiy sifatlarini, musiqiy dunyoqarashni shakllantirish, chekka hududlardagi imkonyatlardan kelib chiqgan holda amalga oshirilayotgan ta’lim mazmuni va metodikasini samaradorligini amaliyotda sinab ko’rishdan iborat.
Shunga ko’ra ta’kidlovchi kuzatish ishlari Termiz shahridagi 2-Bolalar musiqa va san’at maktablarida dissertatsiya mavzuyim yuzasidan 2021-2022 uquv yil tajriba-sinov ishlarimni yanvar, fevral, mart oylarida amalga oshirdim. Qariyib bir necha oy davomida tajriba o’tish barobarida maktabda tajriba – sinov ishlarini muntazam olib bordim. Magistrli disertatsiyasi mavzusi bo’yicha dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda o’quvchilar bilan tajriba-sinov darslari olib borildi, jamoaviy maruza suhbatlar tashkil etildi, anketa so’rovnomalari o’tkazdik. Natijalar o’qituvchi-pedagoglar tomonidan taqqoslanib baholandi.
Maskur dissertatsiya mavzusi bo’yicha tadqiqot muallifi sifatida 5 yildan buyon ya’ni bakalavr bosqichi davrimdan buyon o’qishdan bo’sh vaqtlarimni samarali tashkil etish maqsadida o’zlashtirgan ilm, ko’nikmalarimni o’z ish faoliyatimda amaliy tarzda keng ko’lamda uyg’unlikda olib bordim. Ayni damda bugungi kunga kelib yillar mobaynida amalyotda qo’lab kelayotgan tajriba-sinovimni nazariy tomonlarini ishlab chiqib, sinab ko’rib hamda amalyotga tadbiq qilishga bel bog’ladik.
Yillar misolida e’tirof etadigan bo’lsak, eng avvalo tajriba-sinov ishimizni amalga oshirishda Termiz shahar 2- Bolalar musiqa va san’at maktablaridagi ko’p ovoli xalq cholg’ulari orkestr jamoaviy ijrochiligi yo’nalishi sinfini ko’zdan kechirdik, mutaxasislik va tanlangan fan sinflarini pedagogik va metodik jihatdan to’g’ri tashkil etilganligi oydinlik kiritdik.
Kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, ko’p yillardan buyon xalq cholg’ulari orkestr ijrochiligi sinfining yo’qligi - bu mavjud mutaxasislik sinflarning imkonyati cheklanganligi, to’liq tarkibdagi orkestr sinfini tashkil etishda bazi sinflarni yetishmasligi va mutaxasis kadrlarga bo’lgan ehtiyojni sezilarli ekanligidan dalolat beradi bu holatlarni hisobga olgan holda tadqiqoti asosida yillik istiqbolli ish rejasi tuzdik va unga muvofiq tarzda mashg‘ulotlar kalendari rejalashtirildi.
Ushbu muammoga yechim topish hamda amalyotga tadbiq qilish maqsadida maktab qoshidagi barcha bo’limdagi mavjud sinflardan oqilona foydalanish kerakligi, iqtidorli o’quvchilarni aniqlash va o’quvchi soni ko’p bo’limlardan ijodiy qatnov yondashuvini yo’lga qo’yib, muhtojlik sezilgan sinflarda maktab raxbaryati orqali reja asosida tanlangan fan sinflarini shakillantirib, mutaxasis kadrlarni jalb qilib imkon qadar jamoa ijrochiligi sinfini to’liq holatda to’g’ri tashkillashtirib o’quvchi sozandlarni bu fanga nisbatan qiziqish va mehr- muhabbatini oshirib ijrochilik sinflarini rivojlantirib bir ovozlilikdan ko’p ovozlilikga bo’lgan sinflarni bunyod etib bosqichma-bosqich samaradorligini oshirish maqsadida yo’lga qo’yishni maqsad qilib tadqiqot ishimni olib bordim.
Tadqiqot mashg’uloti ishimni olib borishda tajriba-sinov va nazorat guruhlarini tanlab oldim. Tadqiqot muammosi doirasida tashkil etilgan amaliy tajriba – sinov ishlari jarayonida xalq cholg’ulari bo’limi va boshqa bo’limlarda
mavjud bo’lgan sinflardan foydalangan holda o`quv mashg`ulotlarini tashkil etishda tajriba–sinov guruhlariga tanlangan fan sifatida biriktirilgan o’quvchilarni muhtojlik sezilgan cholg’u asboblariga yo’naltirib ilm olib ko’nikmalarni o’zlashtirib to’g’ri tashkil etib yo’lga qo’yishda o’quv mashg’ulotlari vaqti, o`quvchilarining qiziqish va qobilyatlari, mavjud shart – sharoitlarni hisobga olgan holda mutaxasslik fanlaridan tashqari qo’shimcha cholg’u asbobini o’zlashtirish va orkestr jamoa ijrochiligi sinfida bir-butunlikni, ya’ni to’liq tarkibda jamoa shakillanib, cholg’ular sadolanib jarang sochib movofaqiyatga erishishda o’z samaradorligini ko’rsatishda uyushtirishga asosiy e`tiborni qaratdik.
Tajriba-sinov guruhi bilan o’quv ishlarni olib borishda ular bilan dastlabki mashg’ulotlarni olib borishda tanlangan fan sinfi o’quvchilari bilan jamoaviy tarzda shug’ullandik. Avvalambor xar bir sozlar haqida umumiy malumotlar va amaliy ko’nikmalar maruza matni tariqasida tushunchalar berib borildi. Sozga nisbatan sozning ijro jarangiga nisbatan o’quvchilar ongida mehir va muhabbat, uyg’otishi uchun "Ovozidan top" didaktik o‘yini (zarbli va torli cholg‘ularni ajrata bilish) jamoaviy tarzda tashkil etib cholg’u asbobiga bo’lgan qiziqishini oshirdik.
Nazorat guruhidagi an’anaviy tarzda dars o’tilib kelinayotgan xalq cholg’u orkestr sinfi mashg’ulot jarayoni va jomadagi xar bir guruh va xar bir soz ijrochilari uchun ajratilgan partiyalar va partitura bilan tanishtirilib musiqiy salohiyati kengadi, dunyoqarashi pog’onama- pog’ona o’sib borish imkoniyatini amalga oshirdik. Cholg’u sozlarini o’zlashtirib borishda ularga dastlabki boshlang’ich pastanofka tushuncha va tavsiyalar ovoz chiqarish mashqlari o’ng va chap qo’lning bir-biriga quloq tutishi barmoq mashqlari bilak mashqlari aplikatura barmoq harakati va texnik mahoratni oshiruvchi texnik mashqlarini shu bilan birga musiqiy savodhonlik ko’nikmalarini oshirish maqsadida orkestr partiyalarini o’rganish va jamoaga moslashib dastlabki amaliy mashg’ulotlarni yakka va jamoaviy tarzda birgalikda tashkil qilib oz’lashtirib bordik. Cholg’u asbobini tezroq o’zlashtirib olish uchun o‘quvchilar avval, cholg’u asbobi dastasidagi xar bir ladlarni, nota nomlarini xamoxanglikda kuylab, ijro jaroyonida matematik tenglikni xar bir nota nomiga taqsimlagan holda ulardagi ritmik suratni yaratish maqsadida chapak bilan qo‘shilib, so‘ng uni musiqiy cholg‘ularda qayta yaratadi.
Gamma ko’rinishidagi pauzali mashqlar savol-javobva tovushlari uzunligi nisbatlarini anglash uchun ularni avval yod olindi. Shu maqsadda tovushlar uzunligini aniqlashga qaratilgan didaktik o‘yinlardan foydalanildi ular paydo bo‘layotgan ritm tuyg‘usini mustahkamlash uchun musiqiy cholg‘ulardan kundalik hayotida foydalanildi.
O‘quvchilarga xalq cholg’u asboblarida tovushlarning tovushqator balandligiga ko‘ra joylashishini tushunishni osonlashtirish uchun tovush doirachalarni yod olib, og’zaki xam ijro qilib xam kuylash orqali didaktik qo‘llanma va o‘yinlardan foydalanildi. Bundan ko’zlangan maqsad o’quvchilarni orkestr sastavida bap-baravar sifatli ijroni taminlash rejalashtirilgan edi.
O’qituvchi, orkestr raxbari o’quvchi sozandalarga bilim beradi, ularning o’zlashtirish jarayoniga rahbarlik qiladi, o’quvchilarning jamoadagi to’g’ri talqinda talab darajasida ijro qilish texnik ijrochilik harakatlarini nazorat qilib boradi. Bu tushunchalar darsning muayyan darajada tuzilishini va izchilligini hmda samaradorliligini ta’minlaydi. Tushuntirishga kirishishdan oldin o’quvchilar yangi maruza materiallarni yoki asar partiyalarini o’zlashtirshiga qanchalik tayyor ekanligini, mavzuga oid qanday bilimlarga ega ekanligini aniqlash kerak. Ushbu jamoa ijrochiligi dars mashg’ulotlarida o’qitish mazkur guruxdagi o’quvchilarning umumiy psixologik xususiyatlariga tayangan holda olib boriladi.
O‘quvchi-sozandalar shovqinli va baland tovushli cholg‘ularni chalishni o‘rganib olganidan keyin orkestr uchun musiqiy asarni tanladik. Jamoa rahbari tomonidan tanlangan asar amaliy tarzda biror bir cholg’u asbobida yoki avdiyo video tasmalari orqali to’la to’kis qiyoslash orqali bayon etilishi va tahlil qilinib, darsdagi barcha cholg’uchilar uchun bir vaqtning o’zida amaliy va nazariy tarzda atroflicha mushohada etilib beriladi va har bir o’quvchi sozandalar jamoa raxbari tomonidan berilgan barcha malumotlarga to’liq qanoatlangan xolda oydinlik kiritiladi va aksariyat o’quvchilar mavzu yuzasidan qoloqliklar oshkor etilib dasr mashg’uloti mobaynida o’quvchi sozandalar tomonidan fikir va mulohazalar o’rtaga tashlanib ijodiy jarayonga oydinlik kiritib vazifalarni hammasini o’zlashtirib olish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Hamma partiyalarni yakka tartibda
kundalik hayotida o‘rganib, keyin hamma musiqachilar orkestrda birlashtiriladi. Muvofiq va aniq chalish, faqat o‘z ijrosini emas, balki barcha o‘rtoqlarining ham ijrosini eshitishni o‘rganish uchun ko‘p marta jamoaviy repetitsiya qilishga to‘g‘ri keladi. Ijro jarayon vaqtida o’tilayotgan yangi asar bo’yicha oqsoqlik sezilgan aksaryat o’quvchilar bilan alohida-alohida dars mashg’ulotlarini olib borishni lozim topdik, bu anchagina qiyinchilik tug’dirdi hamma o‘quvchilar ham birdan uddalay olmadi. Shu sababli yakka tartibda ish olib borildi. O‘quvchilarga xalq cholg’u asboblarida tovushlarning tovushqator balandligiga ko‘ra joylashishini tushunishni osonlashtirish uchun tovush doirachalarni yod olib, og’zaki xam ijro qilib xam kuylash orqali didaktik qo‘llanma va o‘yinlardan foydalanildi. Bundan ko’zlangan maqsad o’quvchilarni orkestr sastavida bap-baravar sifatli ijroni taminlash rejalashtirilgan edi. Mashg’ulotlar vaqtida jamoada sifatli ijroni yo’lga qo’yilib borilishi o’z navbatida asarni yanada sayqallab musiqiy terminlar ishtirokida xamda orkestr rahbarini fantaziyasida boyitilib borishi o’quvchi sozandalarning musiqiy dunyoqarashi va fanga nisbatan qiziqishlarini yanada oshirdi. Bu borada o’quvchi sozandalarda erkin fikirlarini bayon eta olish mustaqil ravishda o’zlari istagan holda masuliyat bilan mashg’ulot vaqtlaridan tashqari yanada ko’proq shug’illanish taklifini xam bildirishdi. Ijrochilik maxoratini oshirish maqsadida belgilangan mashg’ulot vaqtlaridan tashqari tajriba sinov guruhlari va nazorat guruhlari bilan birlashgan holda darsdan tashqari vaqtlarda va dam olish kunlarida yig’ma mashg’ulotlarini olib bordik va ko’zlangan maqsadga pog’onama –pog’ona erishib boshladik. Mashg‘ulotlarning mantiqiy yakuni orkestr jamoasining konsertda ishtiroki bo‘ldi, uni hamma sabrsizlik bilan kutdi, axir kichik jamoaning to’liq tarkibda ikki jamoaning birikishi, bekami-ko’st cholg’ularning barchasi jarang sochishi, jamoaviy orkestr sozandalarning chiqishi har qanday bayramning kurkidir. Aytish joizki bolalar musiqa va san’at maktabida orkestr va xor jamoalarining bo’lishi bu maktabning bazaviy holati va yutug’i hisoblanadi. Aynan shunday konsert chiqishlarda o‘quvchilar mas’uliyatli, e’tiborli, intizomli bo‘lishga o‘rgatadi. Yakuniy natijalarni katta sahnada jarang sochib sadolanishi imtihon qilinib, tomoshabinlar va mutaxasis o’qituvchilar hamda sevimli ota-onalar tomonidan jobiy baholandi. Tashkil etilgan jamoani biz
dastlab maktab qoshida tashkl etilgan konsert kechalarida so’ng shahar, viloyat, respublika ko’ri -tanlovlariga ishtirok etishini maqsad qildik va biz buni uddaladik hattoki viloyat va respublika hakamlari tomonidan e’tirof etilib yuksak darajada baholandik. Maktab qoshida yillar mobaynida va bugungi kunda xam nazorat va tajriba-sinov guruhlari yordamida yaratilgan ko’p ovozli xalq cholg’ulari orkestr ijrochilari yuqorida keltirib o’tilgan dastlabki ilk soz tanishuv mashg’ulotlardan tortib ijroning yo’lga qo’yilishigacha bo’lgan davr o’quvchilar va orkestr rahbaridan anchagima mashaqqatli mehnatni talab qiladi.
Tadqiqot muallifi asoschisi sifatida iftixor bilan aytishimiz mumkinki nazorat va tajriba–sinov guruhlari yordamida biriktirilib to’liq tarkibda nazariy va amaliy o’quv metodikasi yordamida yaratilgan xalq cholg’ulari orkestri yillar mobaynidan bugungi kungacha maktab miqyosidagi tadbir kechalarida viloyat tadbir va tanlovlarida, respublika va xalqaro ko’rik festevallarga o’zlarining faol ishtirokini muntazam taminlab muvofaqiyatga erishdilar.
Yuqorida mavjud sinflardan foydalangan holda nazorat guruhlarimizni tanlangan fan sifatida jalb qilingan tajriba- sinov guruhi bilan boyitish usullardan foydalanish yo’li bilan xalq cholg’ulari orkestri jamoa ijrochiligi sinflarini to’liq tarkibini yaratib Surxandaryoning, O’zbekistonimizning chekka hududlaridagi yakka va jamoaviy ijrochilik sinflari bazaviy holati past bo’lgan bolalar musiqa va san’at maktablarda yo’lga qo’yilishi, mavjud bo’lmagan yakka cholg’u ijrochiligi va jamoaviy sinflarning to’liq tarkibda bosqichma-bosqich kashf qilinishi orqali jamoaviy cholg’u ijrochiligi ko’p ovozli orkestr sinflarini tashkil qilib samarali yuqori natijalarga erishish mumkin.



Download 4,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish