. Xona haroratining cholg’ular soziga o’z tasirini o’tqazishini hisobga olib va ijro paytidagi qisqa tanafus vaqtida sozning darajasini tekshirib turish lozimligi;
. Orkestr tasdiqlangan qat’iy jadval asosida mashg’ulotlarini olib bolishi; Orkestrda hat bitta cholg’uni sozlash, orkesrtni umumiy sozini to’g’ri jo’r bo’lishini taminlay olmaydi. Umumiy sozlik holati ijro paytida o’zgarib boradi, shu sababdan ijro vaqtida o’z cholg’usida ijro imkoniyatlarini yaxshi o’zlashtirgan sozandalar tez-tez cholg’usini sozlik darajasini nazorat qilib sozlashga urinmog’i lozim. Ushbu jarayonga orkestr rahbari befarq bo’lmasdan e’tibor berishi kerar. Ijro vaqtida qisqa fursatda sozning sozligini sozlash va yakka eshitish darajasidan kelib chiqib sozlash holatini ko’povozlilik qoidalariga bo’ysundirishini doimo yodida saqlab kelganligi, rahbarning kasbiy mahoratli ekanligidan dalolat beradi. Jamoa bilan shug’ullanishda muhim vazifa bu-ijridan oldin har bir guruhga o’ziga xos yondashish kerak. Orkestrni sozlash kamertonga o’rnatilgan 440 gts. Ega bo’lgan 1-oktava “lya” tovoshi yordamida amalga oshiriladi. Orkestrni sozlashda eng ko’p va turli xil ko’rinishlarga ega bo’lgan guruhlardan biri chertma torli cholg’ular guruhi hisoblanib cholg’ular dastasiga teng temperatsiyalashgan har bir yarim tonlikni ajratib ko’rsatuvchi pardalar o’rnatilgan. Cholg’uni sozlashdan oldin deka xarragini to’g’ri joylashganlaigin tekshirib ko’rishi, torlarning menzura ya’ni 12 pog’onali ishchi qismini teng yarimiga bo’lganda asosiy tovushdan sof oktava hosil qilmog’i lozim. Ushbu talabga rioya qilinmasa, bu guruhga mansub cholg’ular bir-biridan ovoz sadosi farq qilib, nosoz tovush qatori amalga oshirligan bo’ladi. Xarrakning to’g’ri joylashuvi handa 12 pog’onali oktavani sofligini ochiq tor tonini tekshirish hamda 12-ladga barmoqli qisman tekkizish orqali hosil bo’ladigan flojaletto toni orqali tekshirilib ko’rishi mumkin. Ba’zi holda flojoleto oktavasi ko’tarilib ketgan bo’lsa xarrakni rezonatori teshik tomonga qarab yonaltirmoq kerak. Flojoletto oktavasi asosiy ochiq tonda pastroq bo’lsa, xarrak rezonatori teshigidan yuqoriga yo’naltiriladi. Ikki holatda ochiq tovush baland pasligi hosil bo’ladi. Orkesrt jamoasi bilan ishlashda o’qituvchi yuqorida keltirib o’tilgan ko’rsatmalarni o’quvchi sozandalarda rivojlantirishga bel bog’lamaog’i, yakka tartibdagi eshitish va ijrochilik qobilyatini inobatga olgan holda mas’ulat bilan o’z zimasiga olib yondashmog’i maqsadga muvofiqdir.
_______________
Oxirgi yillarda orkestr va ansambl jamoalarining umumiy ozi biro z ko’tarilgan, ya’ni birinchi oktava “lya” 441-442 gersga sozlanadigan bo’ldi.
“Xarak”-musiqa cholg’usida torlarni tutib turuvchi moslama. “O’zbek tilining izohli lug’ati” “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi ”, T., 2010.