Tadqiqot uslublari: Oldinga qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun quyidagi tadqiqot uslublari qo‘llanildi;
-ilmiy-uslubiy adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish,
-ilg‘or amaliy tajribani tahlil qilish va umumlashtirish;
-pedagogik kuzatuvlar;
-pedagogik tajriba;
-matematik statistika;
-pedagogik test, anketa, savol-javob, suhbat, intervyu.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati:Bolalar musiqa va san’at maktablarida o’quvchi –yosh sozandalarda jamoa ijrochilik ko’nikmalarini rivojlantirish va uning ta’lim-tarbiyadagi ahamiyati xususida aniq to’xtamga kelinadi, jamoa ijrochilikning yangi shakli bo’lmish ko’p ovozli orkestr yo’nalishida musiqiy savodxonlik ko’nikmalarini jamoa ijrochiligi ijodiyotidagi o’rni va ahamiyati nazariy asoslanadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Xalq cholg’ulari orkestr sinfida va darslikalrida o’quvchi-yosh sozandalarda ijrochilik ko’nikmalarini va ko’rik-festevallarga tayyorgarligini pog’onama- pog’ona rivojlantirish masalalari musiqiy pedagogika sohasida ilk bor mustaqil tadqiqot sifatida o’rganilib, tegishli xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ish tuzilmasining tavsifi. Magistrlik disertatsiya ishi: kirish, uch bob olti paragraf, shuningdek, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalardan iborat.
I.BOB. MARKAZIY OSIYO XALQLARI MUSIQA SAN’ATI TARIXIDAN.
Tarixdan malumki,xalq cholg’ularining paydo bo’lishi uzoq o’tmishga borib taqaladi.Malumotlarga qaragamda ilk bor musiqa cholg’ulari eramizdan avvalgi XIII ming yillikda dunyo yuzini ko’rgan deb taxmin qilingan.Musiqa olamida daslabgi vaqtlarda urma zarbli cholg’ular paydo bo’lgan.O’sha kezlarda mexnat qo’shiqlari ish faoliyatining ritmik xarakatlari bilan bog’liq bo’lgan .Keyinchalik shovqinli tovushlarning paydo bo’lishi, qarsak chalib ritimni takidlashi evaziga cholg’ularga tasirchanlik xisini shakillantirib ijrochi ayollarda takrorlanmas go’zal ijodiy yondoshuvni vujudga keltirgan.Vaqtlar o’tishi bilan xalq ustalari tomonidan qamish va bambuk poyasidan sunray, hushtak kabi naysimon cholg’u asboblarini yasashgan .Bu cholg’ular vaqt o’tishi bilan teshiklari ko’paytirilib zamonaviy ko’p yo’lli va teshikli tarzda takomillashib brogan.Yillar o’tishi bilanoq torli – mizrobli,torli –komonli musiqa cholg’ulari xam vujudga kelgan.Aksaryat bu cholg’ularda saroy a’yonlarining bazimlarida,harbiy yurishlarda foydalanishganlar.Qadimgi Sharq madanyati maydonida o’zbek xalq cholg’ulari ravnaq topdi.Bu cholg’ular ko’p asrlik taraqiyoti mobaynida o’ziga xos xususyatlarni tovushlar tusini saqlab qoldi.Barcha cholg’ular o’ziga xos tuzilishi tufayli nay,sunray, tambur, dutor,rubob, g’ijjak va qobuzlar ananaviy shakillarda bugunimizgacha yetib keldi. Xalq cholg’ulari O’rta Osiyo axolisining turmushi va mehnat faoliyatiga singib, inson faoliyatining ajralmas qismiga aylanib ulgurdi.Sababi cholg’ular jo’rligida xalq o’yinlari, qo’shiqlar, katta- katta marosimlar, fasillar bayramlariga bog’liq bo’lgan holda O”rta Osiyoda Navro’z, Lola sayli, Xosil bayrami, Qovun sayli, Uzum sayli kabi mavsumiy bayramlar keng tarqalgan bo’lib bu tadbirlar ansambl sozandalari xonandalar va raqqosalar tomonidan qosh o’yinlari yeyka o’yinlari bosh o’yinlari bilan qarsaklar jo’rligida tantanali ravishda karnay surnaylar doira nog’oralar hamoxangligida ijro etilib nishonlani kelingan.O’rta asr musiqa ijrochiligi madaniyati o’ziga xos xususiyatlaridan bir shundaki cholg’uchilar bir necha turdagi musiqa cholg’ularini chala olgan balki uzlari xam kuylar bastalab o’z davrining yetuk nomoyondalar xam bo’lib ulgurishgan. Musiqa ixtisoslashuvi musiqa ustaxonalari shakillanishiga xam olib kelgan. Sharq olimlari nazariy qarashlari mavjud ijrochilik san’ati tajribasi asosida shakillangan bo’lib risolalarida atroflicha tarif berib o’tganlar.Farobiyning “Kitob al-musiqa al kabir” (873-950) ,Ibn Sinoning (980-1037) yilardagi“Kitob ush -shifo“qomusidagi ” Musiqa haqida risolasi” Al Xorazmiyning “Bilimlar kaliti” Safiuddin Urmaviyning “Oliyjanoblik xaqida kitob” Jomiyning ” Musiqa xaqida risola” kitoblarida musiqa ijrochiligi va xalq cholg’ulari xaqida muxim malumotlar bayon etilgan. Buyuk Sharq mutaffakirlarining merosi xalq cholg’ularini urganish soxasida xam tarixiy kimmatga ega.Abu Nasir Muxammad Farobiyning mashhur asari “Kitob al musiqa -kabir “ulkan axamyatga ega.O’rta asr olimi bu kitobida ikki xil musiqa ijrochiligi ; oxangni inson ovozi va cholg’ular vositalarida qayta tiklashga ajratadi.Farobiy mohir ijrochi sifatida musiqa cholg’ularining jamiyat xayotidagi rolini o’rganishga axamyat beradi. va u: «... Jangu –jadallarda, raqslarda, to`y –tomoshalarda, ko`ngil ochar bazmlarda hamda ishq-muxabbat qo`shiqlarini kuylashda chalinadigan o`ziga xos cholg`ular bor», deb yozgan edi. Farobiyning yuqorida keltirilgan fikri choog`ularning turli –tumanligi va ularning nafaqat saroy a’yonlari, balki shahar va qishloq aholisi hunarmandlari orasida, shuningdek musiqa madaniyatida yetakchi rol o`ynaganligini tasdiqlaydi.Kitobning ikkinchi qismi boshdan oxir o`sha davr musiqa cholg`ulariga bag`ishlangan. Unda lyutnya, tanbur, ud, nay, rubob, chang, shohru: qonun va boshqa musiqa cholg`ulari izchil va batafsil ta’riflanadi. Farobiy torli – mizrobli lyutiyani o`sha davrda eng keng tarqalgan cholg’u hisoblangan. Lutnay o’ziga hos mizrob(chertma) vositasida chalingan, dastasida esa ligatura (lada)lar joylashgan. IX-X asrlarda lyutnya arabcha ud nomini oladi. Bu cholg`u ko`pgina saqlanib kelyapdi. (Zamonaviy ud namunalari Тoshkent Davlat Konservatoriyasining sohaviy tajribaviy sinovxonasi-da mavjud). «Musiqa haqida katta kitob» da Farobiy yana bir cholg`u asbobitanburni ham ta’riflaydi. Olimning fikricha, tanbur (dilni tirnar) udga eng yaqin turadigan cholg`ulardan biridir. Тunburda torlar noxun yordamida chertiladi. Тanbur xuddi ud kabi keng tarqalgan va xalq sevgancholg`udir. Тanburning ikki yoki uch jez tori bo`lgan. Uning ikki tori ma’lum: Хuroson va Bag`dod tanburlari Bag`dod tanburining maqomlari kamroq (beshta), cholg`u dastasi kaltaroq bo`lgan. Хuroson tanburining maqomlari ko`p bo`lgan, dastasida cholg`u bo`g`zidan to dastaning yarmiga oralig`ida pardalar joylashgan. Тanburning bu turi shu kungacha o`z shaklini yo`qotmay, musiqa ijrochiligi amaliyotida ayakkanavoz hamda ansambl cholg`usi sifatida amaliyotd a foydalanilib kelinayapdi.Farobiy shuningdek nayni ham ta’riflaydi. U turli xil damli musiqa cholg`ularini ovoz hosil qilish prinsipiga ko`ra naysimon guruhiga kiritadi. Ya’ni nay havoning damli harakati orqali tovush hosil bo’lgan.Ulardan biri oddiy nay yoki bir yo’nalishda joylashgan ko`p teshikli nay. Bu turdagi bo`ylama naylar yoki turlicha ataluvchi naylar hozirgi kunda ham Sharq xalqlari orasida mavjud. Uni Vetnamliklar sao, tojiklar tutek, tatarlar kaval, qozoqlar sibizg`a, ozarbayjonlar ney juda kam uchraydi), qirg`izlar uoo, choor (cho`ponlarning cholg`u asbobi), o`zbeklar nay deb ataydi. Olim ko`pincha o`rik yoki tut daraxtidan ishlanadigan keng tarqalgan surnay haqida ham to`xtaladi. Farobiy shuningdek, dunay (mizmar)ni ham tilga oladi. Dunay ham batafsil ta’riflaydi. O`sha davrdagi rubob ham hozirgi qashqar chertma torli rubob mavjud bo`lgan: 1 yog`och dekali va asosiy qismi yog`ochdan, 2 pastki qismi charmdan ishlangan dekali.Farobiy shahodat berishicha, chang ochiq torlarining tebranishi orqali ohang hosil qiluvchi musiqa cholg`ulari turkumiga kiradi. O`sha davrdagi changning 15 torli bo`lgan, ular diatonik sozlangan va ikki oktava oralig`iga teng tovushqatorga ega bo`lgan. Risolada ta’riflangan barcha cholg`ular ashula, raqs, yakkanavoz va ansambl ijrochiligiga jo`r bo`lishda foydalanilgan. Farobiyning guvoxlik berishicha, ud cholg`usi ansambl ijrochiligida yetakchi rol o`ynagan. «Cholg`u asboblari haqida kitob» da olim tanbur, rubob, chang kabi cholg`ularini udda chalinayotgan kuyga yoki yakkanavoz xonandaga uyg`un jo`r bo`lish uchun sozlash usullarini tushuntiradi. Shunday qilib, Sharqning ulug` allomasi musiqa ilmining bir bo`limi sifatida cholg`ularni o`rganuvchi cholg`ushunoslik sohaga asos soldi. Bu soha keyinchalik boshqa boshqa olimlarning asarlarida ham keng boyitildi va rivojlantirildi. Yashagan davrda ko`ra buyuk olim Ibn Sino, Farobiy juda yaqin. Uning «Davolash kitobi» deb nomlangan yirik qomusining «Musiqa haqidagi risola» bobida o`sha davrning musiqachiligiga oid ilmiy –falsafiy bilimlarni bayon etilgan. Bu risolada cholg`ular ta’rifiga anchagina o`rin ajratilgan. Ibn Sino o`z davri musiqalarini ikki guruhga bo`ladi: mizrobli, noxunli (barbad, tanbur, rubob) va butun rezonator qopqog`i bo`ylab tortilgan ochiq torli cholg`ulari (shohruh, chiltor, lira), chang (arfa).Inson ovozi azaldan eng mukammal cholg`u hisoblangan.
Тorli-mirobliyoki torliq-kamonali musiqa cholg`ulari hamisha o`zlari yaratgan kuylar ohangini inson ovoziga yaqinlashtiraishga, bunda o`zgacha bir musiqiylikka erishishga intilishga, ohangni ta’sirliroq, samimiyroq, ravonroq chiqarishga intilishgan. Olim ohangi inson ovoziga juda yaqin turgan cholg`ular ud va rubob batafsil ta’riflangan. Bunda rubob tushunchasi ostida g`ijjakka o`xshagan, torlari kamoncha bilan chalingan musiqalari nazarda tutiladi. Damli cholg`ular ichida risolada nay (fleyta) va surnay, shuningdek Vizantiya organun (muzmar, muzamir)ni keltiriladi.O`sha davrda sharqning taniqli mutafakkiri Safiuddin Urmaviy musiqa ilmi tizimi (sestemasi)ni rivojlantirdi. U usta ud cholg`uchi xonanda va mohir bastakor sifatida mashhur edi. Ular olib borgan tajribalariga tayanib o`z nazariy qoidalarini bayon etdi. Urmaviyning «Тaqvodorlik kitobi» da ud ta’rifi quyidagicha so`zlar bilan boshlanadi: «Bilginki, cholg`u asboblari ichida ud deb ataluvchisi eng mashhur va eng zamonaviydir». Udning besh juft tori kvarta tartibidagi 7 ta maqomi (ladi) bo`lgan. Тorlari, bam, masnas, masne, zir va eng yuqorisi hadd deb atalgan. Besh qo`sh torli, takomillashgan ud keyingi paytlarda ham o`z tuzilishini saqlab qolgan. (shu kungacha Armaniston, Ozarbayjon va O`zbekistonda saqlanib qolgan ud ham besh torli, lekin maqom (lada) siz). Uning kvartaga mos sozlangan besh qo`sh tori va yetti maqomi (ladasi) haqida Sheroziy (1236 -1311), Jomiy (XV asr), Al-Husayniy, Marog`iy, Ibn Sinolar ham yozishgan. Jomiyning «Musiqa haqida risola» sida keltirilgan ud dastasining to`la chizmasi uni sozlash haqida to`liq tasavvur beradi. Uning tasdiqlashicha mavjud 12 maqom qadimiy yetuk musiqaning asosiir. Jomiy musiqaning tinglovchilarga ta’siri haqid a to`xtalib, uning chuqur ruhiy va ma’naviy ahamiyati bor, deb hisoblaydi. Marog`iyning XIV asrda yaratilgan «Kanz al-Тuhaf» risolasi g`ijjak va rubob haqida qiziqarli ma’lumotlar mavjud. Masalan: Marog`iy o`zining risolasida g`ijjak yasash usuli (texnologiyasi) haqida ma’lumot beradi. Olimning tasdiqlashicha ipak yoki nay torlar jez torlarga nisbatan ancha yaxshi va mayin ohang chiqarish mumkin ekan.
Qo`sh torli cholg`u-dutor haqidagi ilk ma’lumotlar AlHusayniyning XV asrda yaratilgan musiqa qanonlarida uchraydi. «Dutor» atamasining paydo bo`lishiga uni shaklan o`xshash, ko`p torli boshqa cholg`ulardan (Ozarbayjoncha soz, tanbur, ud kabi) farqlash asosiy sabab bo`lgan.XIII-XVII asrlarda yaratilgan risolalarda chang, qonun, nuzxa, rubob, tanbur kabi torli cholg`ular, shuningdek, damli cholg`u -nayning ta’riflari berilgan. Darvish Alining (XVII asrda) Buxoroda yaratilgan musiqaga doir risolasi an’anaviy xalq cholg`ulari haqidagi ma’lumot manbai sifatida xizmat qilishi mumkin. Unda musiqa madaniyati chunonchi O`rta Osiyoning yirik shaharlarida mavjud bo`lgan cholg`ular hamda mohir ijrochilar haqida nodir ma’lumotlar mavjud. Darvish Alining risolasi XVI- XVII asrlar O`rta Osiyo musiqasini o`rganishda qimmatbaho manbadir. Mazkur asarda mashhur xonanda va cholg`uchilar, bastakorlarning ijodiy tarjimai hollari bayon etilgan. Risolaning V va VI boblarida o`sha davrda ko`pgina Sharq mamlakatlarida qo`llanilgan xalq cholg`ulari haqidagi ma’lumotlar batafsil bayon qilinadi.Darvish Ali o`tmishdoshlari singari torli, mizrobli cholg`ular orasida tebranish ohangiga ko`ra eng yaxshisi sanalgan udni cholg`ular «shohi» deb ataladi. Uning juft sozlangan o`n ikki tori bo`lgan. U Farobiy davridagi dastlabki uddan birmuncha farq qilgan. Darvish Alining ma’lumotlariga qaraganda, oltinchi kuyi tor (muxtalif) cholg`usining pastki diapazonni (bas registrini) kengaytirgan. Risolada yozilishicha chang cholg`uchilar homiysi-Zuhraga bag`ishlangan. Тa’riflangan changning yetti maqom ijrosi uchun yigirma olti tori va yetti pardasi bo`lgan. Nay qadimiy cholg`ularning biri sifatida tilga olinadi. Bulardan tashqari, risolada qonun, rubob, qobiz, g`ijjak, musiqor, enbon-nay (damli, charmli, Хitoyda tarqalgan ruxavza (olti tordan iborat noxunli) kabi cholg`ular ham tilga olingan. Darvish Ali ta’rif bergan cholg`ulardan yettitasi: tanbur, chang, qonun, ud, rubob. qobiz, g`ijjak o`sha davrda eng keng tarqalgan shular edi. Darvish Alining ma’lumotlari musiqa amaliyotida dastlab ansamblda uyg`un kolorit hosil qiladigan torli-noxunli va torlikamonchali cholg`ular qo`llanilganligi haqidagi fikrni tasdiqlaydi. Risolada changchi Dilorom, naychilar Abduqodirva Хo`ja AbdullohiLori Mavlono Mirek Changiy Boxoriy Mavlono Qosim –i Rabboni, Solton Ahmad-i «devona» rubobchilar aka-uka Shayx Abu-Bakr-i Rabboniy va Shayx Bexduchi Dono, qonunchi Shayx Shamsi –Rabboniy va ko`pgina boshqa mashhur ustalarning nomlari tilga olinadi. G`ijjak cholg`uchi Shoh Quliy -G`ijjakiy shu musiqa asbobida ajoyib ijrochilik mahoratini ko’rsatgan va cholg’u kuylarini yaratgan usta san’atkor bo’lgan. Uning yaratgan kuylari orasida muxammas ritmida yaratilgan peshravi «Husayniy» alohida ajralib turadi. Naychi Sulton Ahmadni Darvish Ali mashhur cholg`uchi sifatida tilga oladi. Risola muallifining yozishicha, u chalgan nayning sehrli ahanglari musiqa san’ati ixllsmandlarida chuqur ta’ssurot qoldirgan. Ud cholg`uchisi Sulton – Muhammad Uddiy-Samarqandiyni muallif noyob iste’dodli cholg`uchi, musiqiy asarlar ijodkori sifatida aks ettirgan. Buxorolik Shayx Shamsiy Rabboniy mohir cholg`uchi, mashhur sozanda sifatida tanilgan. Uning ijrosi tinglovchilarga shu qadar kuchli ta’sir qilganki hech bir kishini befarq qoldirmagan. Rubobining ohangini eshitib, betakror ijrosidan hayratga tushgan odamlar chor atrofdan to`planaverishgan ekan.
Тaniqli cholg`uchi Darvish Shadiydan ud va chang chalish mahoratini egallagan uning shogirdi mohir sozanda Mavlono Zaynulla Bedaniy Rumi ko`pgina peshravlar (isfahon, saqil, peshrav, far va boshqalar) ijodkori edi. Хalq cholg`ularining ko`zga ko`ringan ijrochilaridan biri Ali Shunqor Dugoh ohanglarida, Тurk-zarb ritmida yaratilgan asarlar bastakori sifatida tanilgan. Uning «Savti begumiy», «Naqshi begumiy» (buyoqdor-ohangdor kuylar) ohanglari xalq orasida keng yoyilgan. Najmiddin Kavkabiy va Darvish Ali risolalarida o`n ikki majoz, Iroq, Isfaxon, Zirafkand Buzruk asosida musiqa asarlari yaratgan bastakorlar nomi tilga olinadi. Ijrochilikda yetuk bo`lgan Mavlono Shayxiy Тebes Gileksiy –Ibn Abdurahmoniy – Rumiy (Rud), Ustod Zaytuniy -G`ijjakiy, Хo`ja Mahmudbek Ishoqiy Shexaniy(dutor), Sayid Ahmad bin-Mehtariy Miraqiy, Ustod Sa’diy, Ustod Poyonda (surnay va nog`ora), UstodAmir -Quliy Тanburiy (tanbur), Ahmad Qonuniy Samarqandiy (qonun), Shayx Ahmad (qobiz), musiqa nazariyasining katta bilimdoni o`z davri musiqa sag’ati vakillarining iog`ori Amir MastiyHirotiy (qobiz), Yusuf Mavludiy dutori Hirotiy (dutor), UstodG`uloqiy Nayi Ustod Abdusattor -Qonuniy, Ustod Arab – Navziy Qobiziy, Хo`jagi Ja’fariy Qonuniy, Hafiz Boboniy, Qonuniy, Hafiz Тurdiy Qonuniy va boshqa xalq cholg`u ijrochiligi muhim o`rin tutganlar. Darvish Ali o`sha davrda mavjud bo`lgan cholg`u ansambllari va ularning ijrochilari haqida, ular Sulton Muhammad saroyida turli xil tantanalarida, qabullarda, dam olish kechalari va yaqin kishilar davralarida doimo ishtirok etganlari haqida xabar beradi. Saroyda nog`ora xona deb atalgan 60 ijrochidan tashkil topgan cholg`uchilar ansambli bo`lgan. Ularni nog`orachi (maestro) boshqarilgan. U misol tariqasida shunday dalilni keltiradi: «Sulton Husayn saroyida ansambl rahbar-mehtar vazifasini yetuk nog`orachi Sayid Ahmadbin mehtariyMiroqiy bajargan. Darvish ali bu sozandaning mahoratini yuksak baholab, uni «tengsiz cholg`uchi, bu dunyoning katta -yu kichik mo`jizalarini ko`rdi» deb ta’riflagandi. Saroyda ko`p sonli sozandalarning saqlanishi, ularning hordiq chiqarish, tantana va bayramlarni tashkil etishdagi ahamiyati, xalq cholg`uchilari ijrochiligi aholining turli tabaqalari orasida keng tarqalganligi haqida taxminni to`liq asoslaydi. Darvish Alining guvohligi yana shunisi bilan qimmatliki, u qayd etgan cholg`ularning kattagina qismi (nay, surnay, chang, qonun, rubob, tanbur, g`ijjak, qobiz, doira, nog`ora, ud). O`rta Osiyoning O`zbekistonn, Тojikiston va boshqa respublikalarida shuningdek Ozarbayjonda bizning kunlargacha saqlanib keldi va u takomillashmoqda. Ushbu musiqa cholg`ulari uzoq vaqt mobaynida o`zbek xalqining madaniy turmushidan mustahkam o`rin olib, uning madaniy hayotida keng qo`llanib kelingan. Shunday ekan, bu cholg`uchilarning o`zbek xalq cholg`ulari, deb atash o`rinlidir.Feodal shaharlarning ijtimoiy turmushida har bir musiqa cholg`usining muayyan vazifasi bo`lgan. Ziyofat, bazm va yig`ilar (shoirlar majlisi) da odatda torli cholg`ulari, damli cholg`ulardan nay, ba’zan bo`lamon, urma cholg`ularidan doira va nog`ora chalingan. Darvish Ali o`sha zamonning buyuk xalq cholg`uchilari ijro etgan ko`p qismli, turkum musiqiy asarlar-maqomning katta ahamiyati haqida so`z yuritgan. O`rta asr Sharq olimlarining asarlarida musiqiy cholg`ular, ular yaratgan ma’naviy va madaniy muhit haqida tarixiy ma’lumotlar yetarli bayon qilingan, ammo ularda u yoki bu xalq cholg`ularining texnik va badiiiyligi haqida ma’lumot juda oz. Risolalarda ta’kidlanishicha, ijrochilar aynan o`ziga xos ijrochilik amaliyoti asosida musiqa nazariyasini ishlab chiqishgan va xalq cholg`ularining mavjud shakllarini ta’riflashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |