Jo`rayeva A


 Genetik axborot ko`chirilishining buzilishi



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

 
12.2. Genetik axborot ko`chirilishining buzilishi.
 
12.1. Oqsil sinteziga ta’sir etuvchi preparatlar. 
Oqsil sinteziga ta’sir 
etuvchi preparatlar amaliyotda keng qo`llaniladi. Induktorlar shikastlangan yoki 
uzoq vaqt harakatsizlik (atrofiya) tufayli kuchsizlangan organlarda oqsil sintezini 
oshirish uchun ishlatiladi. Induktorning bunday samarasi shikastlangan organ 
hujayrasining vazifasini tiklanishini yengillashtiradi.
Oqsil sintezining ingibitorlari esa qarama-qarshi maqsadlarda, ya’ni 
hujayraning bo`linishi va o`sishini kamaytirish uchun ishlatiladi. 
Oqsil sintezini kuchaytiruvchi preparatlar. Bu guruh preparatlari oqsil 
sintezining induktorlari hisoblanadi va anabolik vositalar qatoriga kiritiladi. 
Anabolik vositalar gormon va gormon bo`lmagan guruhlarga bo`linadi. Gormon 
tabiatiga ega bo`lgan preparatlar guruhi ancha keng tarqalgan. Ularning orasida 
anabolik steroidlar (metandrostenolon, fenobolin va eng faoli retabolil)ning oqsil 
sintezining induktsiyasiga transkriptsiya darajasida ko`proq ta’sir etadi. Bu 
preparatlar erkaklar jinsiy gormoni androgenlarning hosilalari bo`lib, organizmda 
faqat oqsil sintezining stimulyatsiyasi maqsadida ishlatiladi. Insulin sezilarli 
darajadagi anabolik faollikka ega bo`lgan holda bu oqsil tabiatli gormon 
translyatsiya darajasida oqsil sintezini faollashtiradi. 
Amaliyotda 
keng 
qo`llaniladigan 
gormonsiz 
anabolik 
vositalarga 
nukleotidlarning o`tmishdoshlari va nuklein kislotalar kiradi. Masalan, kaliy orotat 
(orotat kislota pirimidinli nukleotidlar biosintezida asosiy birikma hisoblanadi), 
inozin yoki gipoksantinribozid. Bu preparatlarning anabolik ta’sir etish mexanizmi 
ularning faqat nuklein kislotalar sintezi uchun struktura materiali sifatida emas
balki asosan ular o`zlari yoki ular almashinuvining mahsulotlari oqsil sintezi 
induktorlari bo`lganligi bilan bog`liq. Balki, nukleotidlar va nuklein kislotalar 
almashinuvining boshqa oraliq mahsulotlari ham shunday usulda ta’sir etishi 
mumkin. 
Oqsil sintezining ingibitorlari – tibbiyot amaliyotida va bioximik 
tadqiqotlarda keng qo`llaniladigan preparatlar guruhi. Oqsil biosintezining hamma 
ingibitorlarini quyidagicha bo`lish mumkin: a) transkriptsiya; b) protsessing va 
RNK ning tashilishi; v) translyatsiya ingibitorlari. Lekin ayrim preparatlar genetik 
axborot ko`chirilishining barcha bosqichlarida ham ishtirok etishi mumkin. 
Transkriptsiya ingibitorlari ta’sir mexanizmi bo`yicha uch guruhga bo`linadi: 
DNKga bog`liq RNK polimeraza ingibitorlari, DNK matritsani blokirlovchilar va 
sintezlanadigan RNK axborotini buzuvchilar. 
Birinchi guruh preparatlari misolida mRNK transkriptsiyasi uchun javobgar 
RNK polimeraza III ni tanlab ingibirlovchi 

-amanitin; rRNK transkriptsiyasi 
uchun javobgar yadrochaning RNK-polimeraza I va teskari transkriptsiyasini 
blokirlovchi rifamitsin antibiotiklarini keltirish mumkin. 

-amanitin bioximik 


104 
tadqiqotlarda, rifamitsinlar esa tibbiyot amaliyotida bakteriyalarga qarshi preparat 
sifatida ishlatiladi.
Ikkinchi guruhga DNK matritsasi bilan kovalent bo`lmagan bog` bilan 
bog`lanuvchi va RNK-polimeraza ishiga xalal beruvchi moddalar kiradi. Masalan, 
aktinomitsin D bioximik tadqiqotlarda, shuningdek olivomitsin, daktinomitsin va 
o`simlik alkaloidlari vinblastin hamda vikaristin tibbiyotda shishga qarshi 
preparatlar sifatida foydalaniladi. 
3-guruhga masalan, 5-ftorouratsilni kiritish mumkin, u mRNK ga tabiiy 
nukleotid o`rnida kiradi va sintezlanadigan RNK matritsasini yaroqsiz holatga olib 
keladi. 
Protsessing va mRNK tashilishining ingibitorlari. Oqsil sintezining bu 
bosqichidagi ingibitorlari yadro ichidagi mRNK yetilishining turli davrlarini 
amalga oshiradigan RNK aza, RNK ligazalar ingibitorlaridir. 
Translyatsiya ingibitorlari. Bularga bakteriyalarga qarshi preparatlar sifatida 
qo`llaniladigan antibiotiklarni misol qilib keltirish mumkin.
Xloramfenikol bakteriyalarning 70 S ribosomalariga va eukariotlarning 
mitoxondriya va xloroplastlariga ta’sir etadi, ammo 80 S ribosomaga u ta’sir 
qilmaydi. Xloramfenikol ribosomaning 50 S subbirligi bilan bog`lanadi va 
peptidiltransferazali reaktsiyani blokirlab, sintezlanadigan polipeptid zanjirning 
vaqtidan oldin uzilishiga olib keladi. 
Linkomitsinning 80 S ribosomalarga ta’siri xloramfenikoldagi singari 
bo`ladi. Eritromitsin bakteriya ribosomalaridagi 50 S subbirlikning A va P 
qismlaridan 
peptidil-tRNK 
ning 
translokatsiyasini 
ingibirlaydi, 
ya’ni 
transkriptsiyaning elongatsiya bosqichidagi 3-davrini blokirlaydi. 
Tetratsiklinlar 80 S ribosomalarga nisbatan 70 S ribosomalarga ko`proq 
tanlab ta’sir qiladi. mRNK va aminoatsil-tRNKning ribosomaning kichik subbirligi 
bilan bog`lanishini, ya’ni ribosomada oqsil biosintezining initsiatsiyasi va 
elongatsiyasini blokirlaydi. Streptomitsin bakteriyalarning 70 S ribosomasiga ta’sir 
qiladi va 80 S ribosomalarga ta’sir ko`rsatmaydi. Kichik subbirlikning oqsili bilan 
o`ziga xos bog`lanadi va mRNK ning to`g`ri o`qilishini buzadi. Bunda oqsil sintezi 
to`xtaydi yoki ma’lum bir vazifani bajara olmaydigan yaroqsiz oqsil hosil bo`ladi. 
Laboratoriya tadqiqotlarida eukariotlarning 80 S ribosomalariga ta’sir 
etuvchi siklogeksimid qo`llaniladi. U ribosomaning katta subbirligi bilan 
bog`lanadi va translokatsiyani to`xtatadi. Yuqori kontsentratsiyalarda esa RNK 
polimeraza I ni blokirlaydi, ya’ni transkriptsiyaga ta’sir etadi. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish