Jo`rayeva A


 - ma’ruza mavzusi: Nuklein kislotalar, tuzilishi va vazifalari. Nuklein



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

9 - ma’ruza mavzusi: Nuklein kislotalar, tuzilishi va vazifalari. Nuklein 
kislotalarning fizik-kimyoviy xossalari. 
Reja: 
9.1. Nuklein kislotalarni o`rganish tarixi va ularning umumiy tavsifi. 
9.2. Nuklein kislota komponentlari. 
9.3. Nuklein kislotalarning tuzilish darajalari. 
9.4. Nuklein kislotalarning fizik-kimyoviy xossalari. 
9.5. Xromosomada DNK ning struktura tuzilishi (nukleosomalar). 
9.6. Nuklein kislotalar va organizmlar sistematikasi. 
 
9.1. Nuklein kislotalarni o`rganish tarixi va ularning umumiy tavsifi. 
Nuklein kislotalar yangi bir biologik modda sifatida 1868 yili shveytsariyalik 
biolog olim Fridrix Misher tomonidan kashf etilgan edi. U yiringni tashkil 
qiladigan qon elementlari – leykotsitlar yadrosidan fosforga boy noma’lum 
birikmani ajratib olib, unga “nuklein” nomini beradi. Keyinroq bu modda kislota 
xossasiga ega bo`lgani uchun “nuklein kislota” deb ataldi. 1891 yilda nemis olimi 
Kossel bu moddalarni gidroliz qilib, ular 3 xil komponentdan: purin va pirimidinlar 
qatoriga kiradigan geterotsiklik azotli asoslar, uglevod va fosfat kislotadan tashkil 
topganligini aniqladi. Shuningdek, u kislotalarning 2 turi mavjudligini ko`rsatdi. 
Ular keyinroq tarkibiga kiradigan uglevod komponenti – pentozaning riboza yoki 
dezoksiriboza bo`lishiga qarab ribonuklein kislota(RNK) va dezoksiribonuklein 
kislota(DNK) nomini oldi.
Mononukleotidlardan tashkil topgan va zanjirda 3¹5¹ - fosfodiefir bog`lari 
yordamida bog`langan yuqori molekulyar moddalarga nuklein kislotalar yoki 
polinukleotidlar deyiladi.
Hujayra tarkibidagi DNK va RNKning umumiy miqdori uning funktsional 
holatiga bog`liq bo`ladi. Masalan, urug` hujayralari (spermatozoidlar)da DNK 
hujayra quruq massasining 60% ini, ko`pchilik hujayralarda 1-10, muskullarda esa 
0,2 % bo`ladi. PNK ning miqdori esa odatda, DNK ga nisbatan 5-10 marta ko`proq 
bo`ladi. Jigar, oshqozon osti bezi, embrional to`qimalar kabi faol ravishda oqsil 
sintezlovchi to`qimalarda RNK/DNK nisbati 4 dan 10 gacha bo`ladi. 
Yadrosi shakllanmagan bakteriya hujayralari (prokariotlar) da DNK 
molekulasi sitoplazmaning maxsus zonasida – nukleoidda joylashgan bo`ladi. Agar 
u bakteriyaning hujayra membranasi bilan bog`langan bo`lsa, mezosoma deb 
aytiladi. Kichik o`lchamli DNK bo`laklari bunday xromosomali zonadan 
tashqarida joylashgan bo`lib, bakteriyalarda bunday qismlar plazmidalar deyiladi. 
Yadrosi to`la shakllangan hujayralar (eukariotlar) da DNK yadro bilan 
yadrocha oralig`ida – xromosomalar tarkibida hamda yadrodan tashqari
organoidlar (mitoxondriya va xloroplastlar)da bo`ladi. Hujayraning taxminan
1-3 % DNK si yadrodan tashqariga, qolgan qismi esa yadro ichida taqsimlangan 
bo`ladi. DNK dan farqli ravishda RNK hujayrada tekisroq taqsimlangan. Bu esa 
RNK ning vazifasi turli-tuman ekanligi bilan bog`liq. Yuksak tuzilgan organizm 
hujayrasida hamma RNK ning 11 % i yadroda, 15 % i mitoxondriyada, 50 % i 
ribosomada va 24 % i gialoplazmada joylashgan bo`ladi. 


76 
DNK ning molekulyar massasi tirik organizmning murakkablik darajasiga 
bog`liq. 
Odam 
va 
boshqa 
yuksak 
organizmlarning 
hujayralaridagi
xromosomalarda DNK giston va giston bo`lmagan oqsillar bilan bog`langan 
bo`ladi. Bunday komplekslar dezoksiribonukleoproteidlar (DNP) deyiladi. 
RNK ning DNK ga nisbatan molekula massasi ancha kichik. Bajaradigan 
vazifasi, molekula og`irligi va nukleotidlar tarkibiga qarab RNK ning quyidagi 
asosiy turlari farq qilinadi: informatsion yoki matritsali (mRNK), transport (tRNK) 
va ribosoma (rRNK).

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish