Jo`rayeva A


 Nuklein kislotalarning tuzilish darajalari



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

9.3. Nuklein kislotalarning tuzilish darajalari. 
3¹, 5¹- fosfodiefir bog`lari 
bilan bog`langan mononukleotidlarning to`g`ri chiziqli polinukleotid zanjiriga 
DNK va RNK ning birlamchi strukturasi deyiladi. DNK va RNK birlamchi 
strukturasining tuzilish negizi bir xil: bir mononukleotid pentozasining har bir 3¹-
gidroksil guruhi ikkinchi mononukleotid pentozasining 5¹-gidroksil guruhi bilan 
kovalent bog` orqali bog`langan. Shu sababdan 3¹, 5¹-difosfodiefirli bog`lar deb 
ataladi. DNK va RNK to`g`ri chiziqlarining uzunligi uning zanjiri tarkibidagi 
mononukleotidlar soniga bog`liq bo`lib, ikkita uchga ega bo`ladi: ulardan 
birinchisi 3¹-uchi, ikkinchisi esa 5¹-uchi deb ataladi. 
Hujayradagi nuklein kislotalar zanjirining yig`ilishida 5¹-trifosfatlar 
boshlang`ich material bo`lganligi sababli zanjirning 5¹-uchki tomoni trifosfat, 3¹-
uchki tomoni esa erkin gidroksil guruhi tutadi. Nuklein kislotalar zanjiri qutblidir. 
Ular 5¹→ 3¹ va 3¹→5¹ yo`nalishda bo`lishi mumkin. 
DNK ning genetik “matni” nukleotid tripletlari yordamida tuzilgan kodli 
“so`zlar”dan iborat bo`lib, kodogenlar deb ataladi. RNK ning barcha turlari 
birlamchi strukturasi to`g`risida ma’lumot saqlovchi DNK qismlariga struktura 
genlari deyiladi. 
Nuklein kislotalarning birlamchi strukturasi ularning yuqori darajada 
tuzilishini, ya’ni ikkilamchi va uchlamchi strukturalarini belgilaydi. 
DNK ning ikkilamchi strukturasi. 
DNK molekulalari nukleotidlari tarkibi 
uchun ularning ajratib olingan manbasidan qat’iy nazar muhim umumiy 
qonuniyatlari ham ma’lum. Bu qonuniyatlar ularni kash etgan olim sharafiga 
Chargaff qoidalari deb ataladi. Ular quyidagilardan iborat: 
1. Purin asoslari (A+G) soni pirimidin asoslari (S+T) ga teng, ya’ni 
purinlarni pirimidinlarga nisbati birga teng: A+G/S+T =1. 
2. Adenin qoldiqlarining soni timin qoldiqlari soniga teng, ya’ni adeninning 
timinga nisbati birga teng ( A = T yoki A/T = 1). 
3. Guanin qoldiqlarining soni sitozin qoldiqlarining soniga teng (G = S yoki 
G/S = 1). 
4. DNK tarkibidagi 6-aminoguruhlar soni 6-ketoguruhlar soniga teng: G + T 
= A+S. 
5. Faqat A + T va G + S yig`indilari o`zgaruvchan. Agar A + T > G + S 
bo`lsa, bu AT-turli DNK; agar G + S > A + T bo`lsa, bu GS - turdagi DNK 
bo`ladi. 
Bu qoidadan DNK tuzilishi uchun purin va pirimidin asoslarining qat’iy 
tartibda mos kelishi (juftlashishi) emas, balki umuman timinning adenin bilan 
sitozinning guanin bilan mos kelishi nazarda tutilgan. Nukleotidlarning molekulyar 
massasi 330 ga, qo`sh nukleotidlarniki esa 660 ga teng. 1953 yilda Uotson va Krik 
qo`sh spiral nomini olgan DNK ning ikkilamchi strukturasi modelini kashf etdilar. 


78 
Uotson va Krik taklif qilgan DNK ning qo`sh spiral modeliga binoan, DNK 
faraz etiladigan o`q atrofida bir-biriga o`ralgan komplementar, ya’ni bir-biriga mos 
keladigan, ammo bir xil bo`lmagan burama shakldagi ikkita zanjirdan tuzilgan. Bu 
ikki burama polinukleotid uglevod - fosfat zanjirini hosil qilib, ularga spiral ichida 
azot asoslari tortilgandir. Ikki zanjir azot asoslari orasida paydo bo`lgan vodorod 
bog`lari orqali ushlab turiladi. Zanjirlar bir-biriga mos kelishi uchun birinchisining 
purin asosi qarshisiga ikkinchisining pirimidini bo`lishi shart. Adenin bilan timin 
o`rtasida ikkita, guanin bilan sitozin o`rtasida esa uchta vodorod bog`lari hosil 
bo`ladi. Vodorod bog`lari faqat adenin bilan timin va guanin bilan sitozin orasida 
hosil bo`ladi, shuning uchun bir zanjirdagi asoslarning tarkibi ikkinchi zanjirdagi
asoslarning tartibini, ikkinchi zanjirda ularning birin-ketin kelishini belgilaydi. 
Asoslarning bunday mos kelishiga komplementarlik deyiladi. 
Qo`shni azot asoslari orasidagi o`zak uzunasiga 0,34 nm ga teng va ularning 
biri ikkinchisiga nisbatan 36° ga buralgan. Binobarin, bitta to`la spiral 10 ta qo`sh 
asosni, ya’ni 10 ta nukleotidni o`z ichiga oladi va 3,4 nm uzunlikda bo`ladi. 
Spiralning diametri 2 nm ga teng. Ikki zanjir bir-biriga antiparallel, chunki 
dezoksiribozalar orasida fosfatdiefir bog`lari bir zanjirda 5¹→ 3¹ yo`nalishda, 
ikkinchisida esa 3¹→5¹ yo`nalishda o`qiladi.
DNK molekulasining boshqa (A va S) shakllari ham kashf etilgan. Ular 
Uotson va Krik taklif qilgan shakl – strukturadan spiraldagi qo`sh asoslarni faraz 
etiladigan o`qqa egilish burchagi va ularning soni tomonidan bir oz farqlanadilar. 
Lekin bunday DNK larning miqdori va bajaradigan funktsiyasi bo`yicha hissasi 
katta emas.
Ba’zi virus DNK lari yakka zanjirli tuzilishga ega. Yakka va qo`sh zanjirli 
DNK molekulalari ikki uchi ulangan halqa shaklida ham bo`ladilar. DNK ning 
bunday xillari asosan bakteriyalarda va mitoxondriyalarda mavjud.


79 
DNK ning uchlamchi strukturasi qo`sh spiralli molekulaning qo`shimcha 
buralishi natijasida hosil bo`ladi. U superspiral yoki egilgan qo`sh spiral 
ko`rinishida bo`ladi. 
RNK ning ikkilamchi va uchlamchi strukturalari. 
RNK bir zanjirli 
molekuladan iborat, shu sababli uning ikkilamchi va uchlamchi strukturalari 
doimiy emas. RNK ning hamma turlari DNK ning bir zanjirini nusxasi bo`lib, 
tarkibida palindromlar saqlagan qismlaridan nusxa ko`chirilganda RNK 
molekulalarida shpilkalar hosil bo`lishiga olib keladi. 
mRNK bioximik G.P.Georgiyev tomonidan kashf etilgan bo`lib, ular 
hujayrada o`tmishdoshi – pre-mRNK dan hosil bo`ladi. Pre-mRNK DNK 
qismlarining nusxasiga ega bo`lganligi uchun uning ikkilamchi strukturasi 
shpilkali va to`g`ri chiziqli bo`ladi. Pre-mRNK ning yetilish jarayonida shpilkalar 
fermentlar ta’siriga uchraydi va mRNK hosil bo`ladi. Nukleotidlar tripletlari 
mRNK ning kodli elementi bo`lib, kodon deb aytiladi. Har bir kodon ma’lum bir 
aminokislotaga mos keladi. mRNK ning ikkilamchi strukturasi egilgan zanjir 
shaklida, uchlamchi strukturasi esa katushkaga o`ralgan ipsimon shaklda bo`lib, 
bunda transport oqsili – informofer alohida o`rin tutadi.
tRNK ning ikkilamchi strukturasi “beda bargi” ko`rinishiga ega. U tRNK 
ning ma’lum bir qismlaridagi zanjirning ichki komplementar nukleotidlarining
juftlashishi oqibatida kelib chiqadi. tRNK ning nukleotidlar orasida vodorod 
bog`lari hosil qilmaganlari halqa (petlya) shaklida yoki to`g`ri chiziqli bo`g`inlar 
hosil qiladi. tRNK da quyidagi struktura qismlari farq qilinadi: 
1. Aksteptor shoxchasi to`rtta to`g`ri joylashgan nukleotidlardan tashkil 
topgan bo`lib, ulardan uchtasi hamma turdagi RNK larda bir xil tartibda – SSA 
ko`rinishiga ega. Bunda adenozinning 3¹ - OH gidroksili erkin. Unga 
aminokislotaning karboksil guruhi birikadi, tRNK ning bu qismi aktseptor deb 


80 
nomlanishi ham shundan kelib chiqqan. Adenozinning 3¹ - OH gidroksil guruhi 
bilan bog`langan aminokislotani tRNK oqsil sintezi amalga oshadigan 
ribosomalarga yetkazib beradi. 
2. Antikodonli halqa odatda ettita nukleotiddan hosil bo`ladi. Har bir tRNK 
o`zining maxsus antikodoniga ega. tRNK ning antikodoni komplementarlikka 
asosan mRNK kodoni bilan juftlashadi. Kodon-antikodonning o`zaro ta’siri 
polipeptid zanjirining ribosomalarda yig`ilishida aminokislotalarning yig`ilishida 
aminokislotalarning joylashish tartibini belgilab beradi. 
3. Psevdouridilli halqa 7 ta nukleotiddan iborat va albatta o`zida psevdouridil 
kislota qoldig`ini tutadi. Bu halqa tRNK ning ribosoma bilan bog`lanishida ishtirok 
etadi deb taxmin qilinadi.
4. Digidrouridinli yoki D-halqa odatda 8-12 ta nukleotiddan tashkil topgan 
bo`lib, ularning orasida digidrouridinning bir nechta qoldiqlari bo`ladi. D-halqa 
aminokislota o`zining transport RNK sini tanishida aminoatsil – tRNK – sintetaza 
bilan bog`lanishi uchun zarur deb hisoblanadi. 
5. Qo`shimcha halqa turli xil tRNK larda o`lchami va nukleotidlar tarkibi 
bo`yicha har xil bo`ladi. 
tRNK ning uchlamchi strukturasi beda bargi shaklida emas, balki bukilib 
buralgan shaklda bo`ladi, bunda beda bargining halqali yaproqchalari qo`shimcha 
van-der-vaals bog`lari orqali bog`langan holda o`ralgan bo`ladi: 
rRNK egilgan zanjirning birikishidan hosil bo`lgan spiralli uchastkalar 
ko`rinishidagi ikkilamchi strukturaga ega. rRNK ning uchlamchi strukturasi 


81 
ribosomaning skeleti bo`lib hisoblanadi. U tayoqcha yoki kalava shakliga ega. 
Uning ichki tomoniga ribosoma oqsillari tegib turadi. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish