Jo`rayeva A


Nuklein kislota komponentlari



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

9.2. Nuklein kislota komponentlari. 
Ajratib olingan va tozalangan DNK 
va RNK maxsus sharoitda kislota (DNK) va ishqor (RNK) bilan gidrolizlanadi; 
ko`pincha gidroliz polinukleotidlardagi fosfodiefir bog`larini uzadigan maxsus 
fermentlar – nukleazalar ishtirokida boradi. Nuklein kislotalarning fosfodiefir 
bog`lari gidroliz qilinganda ularning struktura monomerlari – azotli asos, pentoza 
va fosfat kislota qoldiqlaridan iborat mononukleotidlar ajralib chiqadi. 
Azotli asoslar. 
Nuklein kislotalarning azotli asoslari kimyoviy tuzilishiga 
ko`ra 2 guruhga – purin va pirimidinli guruhlarga bo`linadi. Ularning orasida 
asosiy va siyrak (minor) purin va pirimidinli asoslar mavjud. Eng muhim purinli 
asoslarga adenin va guanin; pirimidinliga esa – sitozin, uratsil va timin kiradi. 
DNK tarkibiga A,G,S,T; RNK tarkibiga esa timindan boshqa shu asoslarning 
hammasi va uratsil kiradi. Minor asoslar asosan tRNK va rRNK da uchraydi. 
Ularga qo`shimcha metillangan purin va pirimidinli asoslar kiradi. 
Nukleozidlar. 
Azotli asosning pentoza bilan birikishidan hosil bo`lgan 
moddaga nukleozid deb aytiladi. Nukleozidlar N-glikozidlarga mansub. Ularda 
pentozaning C-1 atomi purinning N-3 yoki pirimidinning N-1 atomi bilan 
bog`langan. Pentoza turiga qarab 2 xil nukleozidlar – tarkibida 2-dezoksiriboza 
bo`lgan dezoksiribonukleozidlar va tarkibida riboza bo`lgan ribonukleozidlar 
farqlanadi. Dezoksiribonukleozidlar faqat DNK ga; ribonukleozidlar esa faqat 
RNK ga kiradi. Pirimidin va purinli nukleozidlar o`ziga mos azotli asoslar tutadi. 
Nukleotidlar. 
Nukleozidlarning fosfat kislota qoldig`i bilan birikishidan
nukleotidlar hosil bo`ladi, ya’ni nukleotid tarkibiga azot asosi, uglevod qoldig`i va 
fosfat kislota kiradi. Bu tartib (A-U-F) dagi nukleotid 2 xil gidroliz qilish bilan 
aniq tasdiqlanishi mumkin. Birinchi gidrolizda uglevod bilan fosfat kislota orasida 
bog` uzilib, azot asosi va uglevoddan iborat glikozid (nukleozid) hosil bo`ladi. 
Ikkinchi tur gidrolizda azot asosi erkin holda ajralib, uglevod bilan fosfat 
kislotadan iborat monosaxarid-fosfat hosil bo`ladi. Demak, nukleotid 
molekulasida uglevod o`rtada joylashgan.
Pentoza halqasida fosfat turlicha birikishi mumkin: ribonukleotidlarda 2¹, 3¹, 
5¹ va dezoksiribonukleotidlarda - 3¹, 5¹ holatlarda bo`ladi. Hujayradagi erkin 
nukleotidlar fosfatni 5¹ holatda biriktirgan bo`ladi. Nukleozid - 5¹-fosfatlar nuklein 
kislotalarning biologik sintezida ishtirok etadi va ularning parchalanishidan hosil 
bo`ladi. Nukleozid - 5¹-fosfatlar yoki mononukleotidlar ularga mos keluvchi 
nukleozidlarning unumlari bo`lgani uchun asosiy va siyrak ribomononukleotidlar 
va dezoksiribomononukleotidlar farq qilinadi. Mononukleotidlarning fosfatli 
uchiga 
qo`shimcha 
fosfatlarning 
birikishi 
hisobiga 
uzayishidan 


77 
nukleozidpolifosfatlar hosil bo`ladi: adenozin 5¹-trifosfat (ATF). Hujayrada 
ko`proq nukleoziddifosfatlar va nukleozidtrifosfatlar uchraydi. 
Siklik nukleotidlar nukleotidlarning unumlari bo`lib, hujayra ichidagi 
moddalar almashinuvining universal regulyatorlari hisoblanadi (3¹, 5¹ - AMF va
3¹, 5¹ - GMF). Nukleotidlar unumlarining katta guruhi turli fermentlarning 
kofermentlari bo`lib xizmat qiladi. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish