Jo`rayeva A



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

8.4. Poliferment sistemalar. 
Har bir hujayra o`ziga xos fermentlar 
to`plamiga ega. Ba`zi fermentlar hamma hujayralarda, boshqalari esa faqat ayrim 
hujayralardagina uchraydi. Hujayrada har bir fermentning ishi alohida bo`lmasdan 
boshqa fermentlar bilan uzviy bog`langan. Ko`p shaklli fermentlardan poliferment 
sistemalar yoki konveyerlar shakllanadi.


72 
Poliferment sistemalar ishi ularning hujayrada tashkil topish xususiyatlariga 
bog`liq. Shartli ravishda poliferment sistemalarning tashkil topishiga ko`ra 
quyidagi turlarini ajratish mumkin: funktsional, struktura - funktsional va aralash.
Funktsional tuzilishda fermentlar poliferment sistemada birlashgan bo`lib, 
birinchi fermentdan ikkinchisiga o`tadigan metabolitlar yordamida ma`lum bir 
vazifani bajaradi. Jumladan, funktsional tashkil topgan poliferment sistemalarda 
zanjirdagi birinchi ferment reaktsiyasining mahsuloti keyingi ferment uchun 
substrat bo`lib xizmat qiladi va hokazo. 
Funktsional tashkil topgan poliferment sistemalarga glikoliz, ya`ni 
glyukozaning parchalanishi misol bo`la oladi. Glikolizning hamma fermentlari 
erigan holatda bo`ladi. Har bir reaktsiya alohida fermentlar bilan katalizlanadi. 
Bunda metabolitlar bog`lovchi bo`g`in bo`lib xizmat qiladi. Zanjirdagi har bir 
fermentning holati glyukozadan boshlab substratga o`xshashligi bo`yicha 
belgilanadi va ularning har biri oldingi ferment katalizlaydigan reaktsiyaning 
mahsuloti hisoblanadi.
Struktura funktsional tuzilishda fermentlar ferment - fermentli o`zaro ta`sir 
yordamida ma`lum seriyali struktura sxemalarini hosil qiladi. Shunday usulda 
molekula darajasidan yuqori kompleks poliferment strukturalar shakllanadi. Bunga 
pirouzum kislotasining oksidlanishida ishtirok etuvchi bir nechta fermentlardan 
tashkil topgan piruvatdegidrogenaza poliferment kompleksi hamda 7 ta struktura 
jihatidan bog`langan fermentlardan tashkil topgan, birgalikda yog` kislotalarning 
sintezi - umumiy funktsiyani yaxlit bajaruvchi yog` kislotalar sintetazasi misol 
bo`la oladi. Bunday poliferment sistemalar juda mustahkam va juda qiyinlik bilan 
alohida fermentlarga parchalanadi. Shu jihati bilan ular funktsional tuzilgan 
poliferment sistemalardan farq qiladi.
Struktura - funktsional tuzilishning poliferment komplekslaridan tashqari 
yana boshqa variantlari ham bo`lishi mumkin. Masalan, fermentlar biologik 
membranada birikib, zanjir bo`lib tizilib oladi. Elektron va protonlarning tashilishi 
va energiya hosil bo`lishida ishtirok etuvchi mitoxondriyaning nafas olish zanjiri 
masalan, mana shunday tuzilishga ega.
Struktura - funktsional tuzilish turi asosan biologik funktsiyasi yuqori 
darajada turg`un holatda bajarilishi lozim bo`lgan ferment sistemalari uchun 
muhimdir. Bundan sistemalardagi fermentlarni ajratish ularning faoliyatini 
to`xtashiga olib keladi. 
Poliferment sistemalarning aralash turi 2 turdagi tuzilishning birgalikda 
bo`lishidir, ya`ni poliferment sistemaning bir qismi struktura tuzilishiga, boshqa 
qismi esa funktsional tuzilishga ega bo`ladi. Bunday tuzilishga Krebs halqasining 
poliferment sistemasi misol bo`la oladi, unda ba`zi fermentlar struktura 
kompleksida birlashgan (2-oksoglutaratdegidrogenazali kompleks), boshqalari esa 
bir-biri bilan bog`lovchi metabolitlar yordamida funktsional jihatdan birlashgan.

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish