8.2. Fermentlarining faollik birligi va aniqlash usullari.
Organ, to`qima
va hujayralardagi fermentlar maxsus usullar qo`llanilgan holda ekstraktsiya
qilinadi. Ularni ajratib olishda fermentlarning faolligini saqlab qolish uchun
maxsus stabilizatorlardan foydalaniladi. Fermentli eritma (biologik materiallardan
olingan ekstrakt) fermentlarni aniqlash uchun ishlatiladi. Qon plazmasi yoki
zardobi, boshqa biologik suyuqliklar fermentlarning tayyor eritmalari hisoblanadi,
shu sababli ularni darhol aniqlash uchun foydalanish mumkin.
Fermentlarni sifat va miqdor jihatdan aniqlash uchun reaktsiya muhitidagi
substratning kamayishi yoki reaktsiya mahsulotining hosil bo`lishini aniqlash yo`li
70
bilan bilvosita o`lchanadi. Fermentlar miqdorini bevosita to`g`ridan-to`g`ri
aniqlash faqat gomogen, ya`ni kristall fermentlardagina bo`lishi mumkin.
Vaqt birligi ichida substratning kamayishi yoki reaktsiya mahsulotining
o`sish tezligi ferment faolligi deb aytiladi.
Ferment faolligini aniqlash uchun standart sharoitlar.
Ferment faolligini to`g`ri aniqlashga har bir ferment uchun belgilangan
muayyan sharoitda va ma`lum bir vaqt oralig`ida subtrat miqdorining yoki
reaktsiya mahsuloti miqdorining o`zgarishini aniq o`lchash kerak bo`ladi:
-
aniqlanadigan ferment uchun optimal pH qiymatini nazorat qilish
(mos keladigan buferdan foydalaniladi);
-
substrat miqdori to`yinish darajasidan ortiqroq bo`lishi kerak, bunday
sharoitda reaktsiyaning maksimal tezligini ushlab turishga erishish mumkin;
-
kofaktorlar talab etadigan murakkab fermentlar (metall ionlari,
kofermentlar) uchun ham kofaktorlar miqdori to`yinish darajasidan yuqori bo`lishi
kerak;
-
standart harorat 25° C bo`lishi kerak;
Bunday standart sharoitlar reaktsiyaning 0 ga teng ekanligini ta`minlaydi va
bunda substrat yoki reaktsiya mahsuloti miqdorining o`zgarishi faqatgina muhitga
qo`shiladigan ferment miqdoriga bog`liq bo`ladi.
Ferment faolligini to`g`ri o`lchash uchun reaktsiyaning boshlang`ich
tezligini aniqlash kerak, chunki vaqt o`tishi bilan reaktsiyani tormozlovchi
mahsulotlarning hosil bo`lishi yoki qaytalama reaktsiya sur`atining sezilarli
darajada borishi natijasida fermentativ reaktsiyaning tezligi ancha pasayadi.
Substrat yoki reaktsiya mahsuloti miqdorini aniqlash usullari. Bunday
aniqlash uchun ma`lum bir vaqt o`tgandan so`ng reaktsiya to`xtatilib yoki
reaktsiya borishi davomida qayd qilinib, kolorimetrik, spektrofotometrik,
fluorimetrik, polyarografik usullarda olib boriladi.
Ferment faolligi birliklari. Ko`pincha fermentlarning miqdori mutlaq
kattaliklar, masalan mg larda yoki fermentlarning mollarida o`lchash mumkin
bo`lmaganligi uchun shartli ferment birliklarida ifodalanadi. Halqaro bioximiklar
ittifoqining “Fermentlar nomenklaturasi” kitobida fermentlarning struktura birligi
(ME) deb substratning 1 mikromolini bir minutdagi (standart sharoitda)
o`zgarishini katalizlovchi miqdori qabul qilingan edi. Lekin, ME SI sistemasiga
ko`ra nomlana olmaydi, chunki minut bu sistemada qabul qilingan emas. 1972 yil
bioximiyaviy nomenklatura komissiyasi katal nomi bilan boshqa birlikni qabul
qiladi. Katal (ramzi- kat) reaktsiyaning 1 sekundda 1 molga teng sur`at bilan bajara
oladigan katalitik faolligini ifodalaydi. Binobarin, 1 katalga teng faollik 1 mol./sek
dir. U juda yuqori kattalik bo`lganligidan amaliy tadbiq uchun mikrokatal (mk kat),
nanokatal (nkat) qo`llaniladi. Bu kattaliklar 1 sekundda mikromol, nanomollarga
to`g`ri keladi. Qondagi fermentlarning faolligi SI sistemasiga muvofiq kattaliklarda
ifodalanadi.
Fermentning solishtirma faolligi 1 mg dagi birliklar soni standart
sharoitlarda 1 mikromol substratni 1 minutda o`zgartirish qobiliyatiga ega bo`lgan
ferment massasiga teng hamda mkmol/(min H mg oqsil) da ifodalanadi.
71
Do'stlaringiz bilan baham: |