8.3. Ko`p shaklli fermentlar.
Fermentlar bir turda, bir to`qimada, hatto bir
hujayraning o`zida ham bir - biridan farqlanadigan ikki va undan ortiq shakllarda
uchrashi aniqlandi. Bu fermentlar ayni bitta reaktsiyani kataliz qilsalar ham bir -
birlaridan substratga yakinliklari, ta`sirining optimumi, kataliz qiladigan
reaktsiyaning eng yuqori sur`ati yoki boshqarilishini xossalari bo`yicha o`zaro
farqlanadi.
Ko`p shaklli fermentlarning paydo bo`lish tabiati xilma - xil bo`lib,
oxirigacha o`rganilmagan. Izofermentlar oqsil molekulasining birlamchi
strukturasida nasliy farq bo`lishidan kelib chiqadi, ya`ni ularning fizik - ximik
farqlari
nasliy
xossalarga
ega.
Bir
fermentning
nasliy
bo`lmagan
modifikatsiyalariga shaklli fermentlar deyiladi.
Izofermentlar moddalar almashinuvida boshqaruvchilik vazifasini bajarib,
ichki va tashqi omillarga turli to`qimalardagi metabolizmni moslashtirish
imkoniyatini beradi, degan fikrlar mavjud. Izofermentlar turli hujayra va
to`qimalarda, hattoki organoidlarda bir xil bo`lmaganligi sababli ular bioximik
reaktsiyalar yo`nalishini o`zgartirish imkonini beradi.
Oligomer tuzilishga ega bo`lgan izofermentlarning bir ajoyib xususiyati bor:
butun kompleksning faolligi ayrim subbirliklarning bir - biriga nisbatan
joylashishiga bog`liq. Keyingi yillarda juda ko`p fermentlarning izofermentlari
aniqlangan:
achitqilar,
odam
va
hayvon
hujayralaridagi
gliserataldegidfosfatdegidrogenaza,
piruvatdegidrogenaza,
geksokinaza
va
boshqalar.
Bu guruhga mansub fermentlardan birinchilar qatorida yaxshi o`rganilgani
oksidlanish-qaytarilish reaktsiyasini kataliz qiluvchi laktatdegidrogenaza bo`ldi:
Laktat + HAD
+
Piruvat + HADH + H
+
Bir turdagi organizmlarning turli organlarida uning besh xil izozimi
uchraydi, ular to`rtta polipeptid zanjirdan iborat. 5 ta izofermentning har biri
aminokislota tarkibi va birlamchi strukturasi bo`yicha farqlanadigan 2 polipeptid
zanjirlardan: A yoki M zanjir (ing. «muscle» - muskul so`zidan) va B yoki H -
zanjir (ing. «heart» - yurak so`zidan) tuzilgan. Binobarin, faol ferment bu 4
subbirliklarning kombinatsiyalaridan biriga: H
4
, H
3
M, H
2
M
2
, HM
3
, M
4
va LDG
ning quyidagi izofermentlari LDG
1
, LDG
2
, LDG
3
, LDG
4
, LDG
5
, ga to`g`ri keladi.
Skelet muskullarida mavjud LDGning izoshakli asosan 4 M - zanjirlaridan, yurak
muskul to`qimasidagisi esa asosan N - zanjirlardan tashkil topgan. LDGning
izoferment tarkibining ba`zi kasalliklarda o`zgarishi undan tashxis maqsadlarida
foydalanish umidini tug`dirdi. Izofermentlar miqdorini qon zardobida o`zgarishiga
qarab qaysi a`zo kasallikka duchor bo`lganini, patologik jarayoni naqadar og`ir
ekanligini aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |