Jo‘raev, Narzulla. Jadal taraqqiyot davri (So‘zboshi o‘rnida) «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj- lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»



Download 219,48 Kb.
bet29/84
Sana12.07.2022
Hajmi219,48 Kb.
#781113
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   84
Bog'liq
Juraev Narzulla. Tamaddunga Davat

Mavzuga doir material
O‘zbeknston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
Men Siz va Sizning iqtisodiy jamoangiz O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va aholi moddiy fa- rovonligini yuksaltirish yo‘lida yuzaga kelayotgan muammo- larni bartaraf etish borasida mamlakat ihtisodiyotini isloh etishga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlaringizni astoydil ma’qullayman. Shuni ishontirib aytamanki, Sizning rahbarligingizda olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini biz texnik ko‘maklashish va iqtisodiy siyosat masalalari bo‘yicha tavsiyalar berish orqali to‘liq qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.
Sizning vakillaringiz va Xalqaro valyuta jamgarmasi xodimlari yaqin vaqtlarda O‘zbekistonda investi- siya muhitini takomillashtirish maqsadida boshqa yo‘nalishlarda ham olib borilayotgan islohotlar orqali valyuta tizimini erkinlashtirishni qo‘llab-quvvatlashga doir keng ko‘lamli masalalarni, jumladan iqtisodiy sta- tistikani yaxshilash chora-tadbirlarini muhokama etishi- ga ishonaman. Bu hukumat va investorlarga asosli qarorlar qabul qilish imkonini beradi.
Janob Prezident, amalga oshirilayotgan islohotlar sa- marasida O‘zbekiston ulkan natijalarni qo‘lga kiritishiga qat’iy ishonaman va biz Sizni bu borada har tomonlama qo‘llab- quvvatlashga tayyor ekanimizni yana bir bor tasdiqlayman.
Samimiyat bilan,
Krnstin Lagard,
Xalqaro valyuta jamgarmasi ijrochi direktori.
2017 yil 17 iyul.


81
6- N. Jo‘raev
Harakatlar strategiyasida davlat mulkini xususiylash- tirish jarayonlarini jadal davom ettirish, uning miqyosini kengaytirish, xususiylashtirish mexanizmini soddalash- tirish, bu boradagi ortiqcha qog‘ozbozlik va rasmiyatchilik- larga barham berish masalalariga jiddiy e’tibor beril- gan. Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ulushini kamaytirish, xususiylash- tirilgan ob’ektlar hisobiga tadbirkorlikni rivojlanti- rishga jiddiy e’tibor berish vazifalari qo‘yiladi.
Iqgisodiyotni erkinlashtirish, unga davlatning ishti- rokini qisqartirib borish vazifasi dolzarb masala. Shuni aytish kerakki, 2015-2016 yillarda davlat mulkini xusu- siylashtirish dasturi ishlab chiqilgan edi. Ushbu dastur asosida Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 apreldagi «Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi. Dasturda quyidagilar ko‘rsatib o‘tilgan:

  • to‘la quvvat bilan ishlamayotgan 660 tadan ko‘proq dav- lat korxonasini tugatish va ochiq savdo orqali yangi xususiy mulkdorlar tasarrufiga o‘tkazish;

  • strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan 360 ta korxonadagi davlat ulushini to‘liq ravishda sotish;

  • foydalanilmayotgan 400 tadan ortiq davlat mulki ob’- yektini «nol» qiymati bo‘yicha sotish. Bu, o‘z navbatida, qisqa muddatlarda strategik xorijiy investorlar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish imkonini beradi;

  • xususiy investorlarga 450 milliard so‘mlik qo‘shimcha aksiyalarni fond bozorida sotish orqali ishlab turgan 203 ta korxonadagi davlat ulushini 51 foizgacha qisqartirish.

Shuningdek, davlat mulkidagi ob’ektlar va aktivlar- ni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, shu jumladan xususiy investorlarga sotish ishlari samara- dorligini oshirishga qaratilgan ta’sirchan mexanizmlar ishlab chiqilib, davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish soqasida qator qulayliklar yaratildi. Jumla- dan:

  • nashrlarda davlat aktivlarini «nol» xarid qiymatida sotish bo‘yicha savdolar to‘g‘risidagi e’lon chop etilgan sa- nadan boshlab to ular o‘tkaziladigan sanagacha bo‘lgan muddat ikki oydan 30 kungacha qisqartirildi;

  • savdolarda davlat aktivlariga 2 oy mobaynida talabno- ma tushmagan takdirda, ularning narxini 50 foizigacha, har 15 kunda 10 foizdan pasaytirish mexanizmi joriy etildi;

  • ob’ektlar narxi 50 foizgacha pasaytirilgandan so‘ng 1 oy mobaynida sotilmasa, ular investitsiya kiritish va yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan «nol» xarid qiymati bo‘yicha sotilishi belgilandi;

  • davlat aktivlariga bir oy davomida investor xarid to‘lovlarini to‘lagan taqdirda, unga xarid summasidan shart- noma tuzilgan sanadagi Markaziy bankning qayta moliyalash yillik stavkasi mikdorida chegirma berildi;

  • davlat ob’ektlarini qismlarga bo‘lib sotish mumkin- ligi belgilandi, bu bilan tadbirkorlarga o‘z imkoniyati va zaruriyati doirasida ob’ektlarni sotib olish imkoni beril- di;

  • davlat aktivlari bo‘yicha xarid to‘lovlarini xaridor- lar tomonidan 24 oygacha bo‘lgan muddatda amalga oshirish yuzasidan imtiyoz berildi;

  • davlat ob’ektining ijarachilariga ijara ob’ekti so- tilishida ustunlik berilishi belgilandi;

  • xo‘jalik boshqaruvi organlarining ustav kapitaliga berilgan davlat ulushlarini sotishdan tushgan mablag‘lar korxonalarni modernizatsiyalashga yo‘naltirilishi mumkin- ligi belgilandi;

  • davlat korxonalari faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tuzilishi mumkinligi o‘rnatildi;

  • xususiylashtirilgan korxonalarda xususiylashtirish vaqtida aniqlanmagan davlat aktivlari yoki foydalanishga berilgan korxona xusutsida joylashgan kuchar va ko‘chmas mulk mazkur korxonaning mulki hisoblanishi aniq belgilandi20.

Harakatlar strategiyasida investitsiya muhitini takomil- lashtirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlariga xorijiy in- vestitsiyalarni to‘g‘ridan-tug‘ri jalb etish, bu boradagi faoliyat samaradorligini oshirish va jadallashtirish ishiga katta e’tibor berilgan. Jumladan, 2017 yilning oxirida xorijiy sarmoyadorlarni ko‘proq jalb etish maqsadida va investitsiya sa- maradorligini oshirishda xukuqiy asos bo‘lib xizmat qiladigan investitsiya faoliyatini tartibga soladigan qonunchilik bazasi- ni mustahkamlash ta’kidlanadi. Ushbu vazifadan kelib chiqib «Xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida»gi, «Xorijiy investor- larning xuquqlarini himoya qilish choralari va kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarni qdytadan ko‘rib, jahon tajribasini o‘rganib chiqib, uni yangi taxrirda qabul qilish nazarda tutilgan. «Investitsiyalar va in- vestitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Majlis kun tartibiga kiritish belgilab berilgan.
Jahon iqgisodiy forumi kuzatishlariga ko‘ra, Uzbekiston 2014-2015 yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016-2017 yil- larda iqgisodiy o‘sish prognozlari bo‘yicha dunyodagi eng tez ri- vojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgan. Bu, albat- ta, mamlakatimizdagi iqgisodiy islohotlarning katga samara bilan olib borilayotganidan dalolat beradi. Jahon iq! isodiy forumi reytingi Jahon bankining «Global iqgisodiy istiqbollar» xujjatida tasdiqlangan ma’lumotlar asosida tuzilgan. Demak, ushbu xalqaro xulosa Uzbekiston iqgisodiy taraqqiyotining zalvorli odimlaridan dalolag beradi va uning jahon hamjamiyatidagi mavqeini belgilaydi. Harakatlar strategiyasida ana shu tarixiy yutuqlar va tajribalarni mustahkamlash hamda jadal taraqqiyot yo‘nalishlari belgi- lab berilgan. Jumladan, unda «Ijtimoiy-iqtisodiy ri- vojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun xar bir xududning tabiiy, mi- neral xomashyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’min- lash» ko‘rsatib o‘tilgan.

Download 219,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish