IQTISODIYoTNI RIVOJLANTIRISh VA
LIBERALLAShTIRIShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI
Ma’lumki, iqtisodiy islohotlar jamiyat taraqqiyoti- ning muhim omili. Harakatlar strategiyasida ushbu masala- ga alohida e’tibor beriladi. Jumladan, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish masalasi hozirgi kun va istiqbol ehtiyojlari nuqtai nazaridan dolzarb qilib qo‘yiladi. Chunonchi, Uzbekiston mustaqillik yillari mo- baynida uzoq yillardan buyon yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmini 8 foizdan tushirmayapti. U dunyoning eng tez rivojlanayotgan davlatlarining birinchi beshta- ligi tarkibida turibdi. Ana shu tarixiy yutuqni yanada rivojlantirish va iqtisodiy jihatdan qudratli davlat maqomini saqlab qolish Harakatlar strategiyasining aso- siy mazmunidir.
Tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’min- lash jahon bozorida mavqei va salmog‘ini oshirish chora- larini ko‘rishni ilgari suradi.
Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va uni jadal rivojlantirish, bevosita dehqonchilikni boshqarishning yangi usul va uslublarini targ‘ib etish, bu boradagi jahon tajribasini o‘zlashtirishni, hayotga tatbiq etish- ni taqozo qiladi. Tuproq unumdorligini meva-sabzavot, poliz, go‘sht, sut mahsulotlari hosildorligini oshirish davr talabi bo‘lib qolmokda. Qishloq xo‘jaligi va chor- vachilikni rivojlantirishda yangidan-yangi, serunum mahsulotlarni yetishtirish, bu borada eng zamonaviy tex- nologiyalarni joriy etish zarur. Bu masalalarni Prezi- dent Sh.M.Mirziyoev Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo- razm, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida bo‘lganida aloxida ta’kidladi va aniq ko‘rsatmalar berdi.
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xusu- siy mulk xuquqini ximoya qilish, uning ustuvor mavqeini yanada oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarki- biy islohotlarni davom ettirish masalasi alohida o‘rin tutadi. Har bir fuqaroning yaratuvchilik, bunyodkorlik qobiliyatini va yashab turgan joyidagi tabiiy sharoit- ni hisobga olib, tadbirkorlikning yangi shakl va usul- larini joriy etishni taqozo etmoqda. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samara- li va optimal foydalanish, Harakatlar strategiyasidan kelib chiqadigan muhim vazifadir. Bunda har bir vilo- yat, tuman va shaharning tabiiy-geografik imkoniyatlari, yer va suv sharoiti, aholining turmush tarzi, ehtiyojlari, ijtimoiy muammolari va psixologiyasidan kelib chiqib, dehqonchilik, chorvachilik, kichik biznes va xususiy tad- birkorlikning ularga mos shakllarini, usullarini jo- riy etish zarur. Ana shunda har bir fuqaro o‘z qobiliyati, dunyoqarashi va turmush ehtiyojidan kelib chiqib, o‘z yara- tuvchilik qobiliyatini rivojlantiradi. Natijada, butun mamlakat aholisi orasida yalpi safarbarlik, yaratuvchi- lik ruhiyati kuchayadi.
Harakatlar strategiyasida makroiqtisodiy barqa- rorlikni yanada mustahkamlash, jamiyat taraqqiyotining hozirgi ehtiyojlari nuqtai nazaridan uni rivojlanti- rish va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini hozirgi da- rajasidan yana ham yuqori ko‘rsatkichlarga olib chiqish alohida belgilab berilgan.
Prezident Sh.M.Mirziyoev iqtisodiyotni rivojlanti- rish va uni liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari xususida shunday dedi: «Taraqqiyotning «O‘zbek mode- li»ni amalga oshirish va zamonaviy davlat barpo etish borasidagi strategik tamoyillarga biz o‘z ishi- mizda doimo suyanamiz, bu tamoyillar O‘zbekistonda bundan buyon ham siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o‘z- garishlarni ta’minlashning mustahkam poydevori hisoblanadi». Bu bevosita mamlakatda iqtisodiy rivoj- lanishning izchilligini, tadrijiyligini va barqaror rivojlanish tamoyilini asoslab beradi.
Harakatlar strategiyasida makroiktisodiy barqarorlik va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolishning qator vazifalari belgilab berilgan. Jumladan:
makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qi- lingan o‘rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o‘zgarishlarni chuqurlashtirish xisobidan yalpi ichki mahsulotni barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;
xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligini saq- lab qolgan holda davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning da- romad qismini mustaxqamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;
soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muri- yatchiligini soddalashtirish, takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish;
ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrument- lardan foydalangan xolda, pul-kredit siyosatini yanada ta- komillashtirish, shuningdek, valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash;
bank tizimini islox qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliya- viy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish;
sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ko‘paytirish, ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobidan kengaytirish, shuningdek, kapitalni jalb qilish, korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylash- tirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini ri- vojlantirish;
xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlan- tirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliya- viy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni da- vom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kre- ditlardan samarali foydalanish va boshqalar1.
Ko‘rinib turibdiki, Harakatlar strategiyasi makro- iqtisodiyotni rivojlantirish va uni erkinlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar ko‘lamini va yo‘na- lishlarini aniq-ravshan ifoda etgan. Bu keyingi besh yilda mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti va uning moliyaviy qudratini yanada mustahkamlashning muhim asosi bo‘lib xizmat qiladi. Davlatning iqtisodiy siyosati mamlaka- timiz ishlab chiqarish imkoniyati xalqimizning katta intellektual, bunyodkorlik va yaratuvchilik salohiyati asosida dunyoning rivojlangan davlatlari tajribalari- ni uyg‘unlashtirgan holda iqtisodiy rivojlanishning yangi davrini boshlab berdi.
'. Qaran g.2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasinirivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar stratsgnyasi va «Xalk bilan mulokot va nnson manfaatlari yili» Davlat dasturi. 2017 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |