Jo‘raev, Narzulla. Jadal taraqqiyot davri (So‘zboshi o‘rnida) «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj- lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»



Download 219,48 Kb.
bet30/84
Sana12.07.2022
Hajmi219,48 Kb.
#781113
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   84
Bog'liq
Juraev Narzulla. Tamaddunga Davat

Mavzuga doir material
O‘zbekistonda kichik biznesni jadal rivojlantirish kulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yanada yax- shilash bo‘yicha yaqinda qabul qilingan chora-tadbirlar goyat muhim ahamiyatga ega.
Siril Myuller, Jahon banki vitse-prezidenti
Aytish mumkinki, dunyoda tovar va xizmatlarni xarid qilishni nakd pulsiz amalga oshirish tajribasi keng yoyilgan. Bu o‘z-o‘zidan ijtimoiy adolat va fuqarolar haq- huquqlarining ma’lum darajada himoya qilinishiga olib keladi. Chunki mahsulotlarni naqd pulsiz xarid qilish amalda joriy etilganida sotuvchi tomonidan narxlarni sun’iy oshirish, tamagirlik, manfaatparastlik illatlariga barham beriladi. Yana shu narsaga e’tibor beriladiki, xo- rijiy valyutani tartibga solishda ilg‘or bozor mexanizm- lari tajribalarini joriy etish asosiy masala qilib ko‘tarilgan. Valyutani tartibga solishning samarali me- xanizmini ishlab chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorini tayyorlash masalasi Harakatlar strategiyasida qat’iy belgilab qo‘yilgan. Qarorda jumla- dan, quyidagilar nazarda tutiladi:

  • valyuta bozoridagi xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqib, bozor mexanizmini hisobga olgan xolda, ichki va tashki bozorlarda mahalliy ish- lab chiqaruvchilarning raqobatdoshligini ta’minlovchi va qo‘llab-quvvatlovchi valyuta kursi siyosatini takomillashti- rish;

  • tadbirkorlik sub’ektlarini o‘z valyuta mablag‘larini erkin tasarruf etish huquqi to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash;

  • har qanday manipulyatsiyalarning oldini oladigan mexa- nizmlarni joriy etgan holda, xorijiy valyutaning birjada erkin muomalada bo‘lishini ta’minlash;

  • tijorat banklari tomonidan jalb qilingan va o‘z re- surslari hisobidan xorijiy valyutani tegishli qoidalarga rioya qilgan holda erkin sotish tizimini joriy qilish;

  • byudjetga qo‘shimcha tushumlar, tijorat banklari- ning joriy kreditlari va O‘zbekiston Respublikasi Tik- lanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini vaqtinchalik qo‘llab- quvvatlash choralarini ko‘rish.

Ana shu tarzda Harakatlar strategiyasi 2017-2021 yil- larda O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyotida sakrash hodisasi yuz berishini bashorat qiladi. Demak bu iqtisodiy sohani iqtisodiy islohotlarning hozirgacha to‘plangan tajriba- larini umumlashtirish va jahon tajribasining eng ilg‘or usullarini joriy etishni yangi bosqichga ko‘tarish imkoni- ni beradi.
Harakatlar strategiyasida O‘zbekiston Respublikasi mo- liya bozorini o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda ri- vojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va ushbu konsep- siyani hayotga joriy etish maqsadida O‘zbekiston Respubli- kasi Prezidentining qarorini kabul qilish g‘oyasi ilgari surilgan. Mazkur konsepsiya va qaror bu sohada erishilgan yutuqlar va to‘plangan tajribalar asosida foydalanilmay qolgan imkoniyatlar va mavjud muammolar yechimini topishga huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Konsepsiya va qarorda mustaxdsam moliyaviy institutlar, ya’ni banklarga, sug‘urta kompaniyalariga, yirik davlat kompaniyalariga, aksiyadorlik jamiyatlariga obligatsiyalar, veksellar singari qimmatli qog‘ozlarni chiqarishga ruxsat berish, qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organning rolini oshirish, ularni faqat nazoratchi organgina emas, balki qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining man- faatlarini himoya qiluvchi organ sifatida jamiyatda o‘ziga xos mavqega ega bo‘lishini ta’minlash, sug‘urta va boshqa mo- liyaviy xizmatlarning yangi shakllarini joriy qilish, ular- ning hajmini kengaytirish va boshqalar nazarda tutilgan.
Harakatlar strategiyasida iqtisodiy sohani yanada ri- vojlantirishning asosiy omili sifatida ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan. Jumladan, keyingi besh yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,15 barobar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizga, qayta ishlash tarmog‘i ulushi 80 fo- izdan 85 foizga oshishi nazarda tutilgan. Dasturga muvofiq 2017 yilning o‘zida 75 dan ortiq yangi turdagi raqobatdosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi. 2017 yilda umumiy qiymati 1 milliard dollarlik 145 ta ishlab chiqarish quvvatini foydalanishga topshirish belgilangan. Jumladan, meva-sabzavot va go‘sht, sut mahsulotlarini qayta ishlash sohasida 147 million dollarlik 63 ta loyiha, rangli va qimmatbaho metallarni qayta ishlash bo‘yicha 217 milli- on dollarlik 6 ta loyiha, kimyoviy xomashyoni qayta ishlash bo‘yicha 25 million dollarlik 2 ta loyiha, charm-poyafzal mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha 9 ta loyiha, farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan 7 ta loyiha va boshqalar barpo etiladi, ular- ning to‘la quvvat bilan ishlashi ta’minlanadi.
Harakatlar strategiyasining 136-bandida quyidagilar bayon etilgan: «2017 yilda sanoat tarmoqlaridagi yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tan- narxini o‘rtacha 8 foizga qisqartirish va raqobatdoshligini kengaytirishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, ma’nan va jismonan eskir- gan uskunalarni yangilash xamda modernizatsiya qilish, ish- lab chiqarishga energiya samaradorligini oshirish, texnolo- gik jarayonlarni optimallashtirish lozim». Bu iqtisodiy sohani modernizatsiya qilish, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradigan va uni rag‘batlantiradigan dasturiy hujjatdir.
Ma’lumki, Uzbekiston juda katta tarixiy va madaniy merosga ega bo‘lgan davlat. Boshqacha qilib aytganda, o‘zbek xalqi insoniyat hayotiga madaniyat olib kirgan, jahon si- vilizatsiyasiga kuchli ta’sir o‘tkazgan xalq. Dunyoning sanoqli xalqlari bir martagina sivilizatsiya hodisasiga guvoh bo‘lgan bir paytda, ajdodlarimiz ikkita Renessans hodisasini yuzaga keltirgan buyuk va betakror madaniyat vo- rislarimiz.
Taniqli shoir va jamoat arbobi David Kugultinov o‘zbek xalqi vauningtarixi haqidato‘xtalib: «Sizningxalqingiz dunyoda eng ko‘p madaniy merosga egalik qilayotgan xalq. Dunyoda bunday xalq juda kamdan-kam topiladi»,- degan edi. Darhaqiqat, o‘zbek xalqining madaniy taraqqiyoti qariyb to‘rt ming yillik evolyusion rivojlanish jarayonini boshi- dan kechirgan. Shu bilan birga, jahon taraqqiyotida, inso- niyatning ma’naviy, ma’rifiy va ilmiy-texnik yutuqlarida ulkan hissasi bor. Tabiiy-geografik nuqtai nazardan ham Uzbekiston o‘ziga xos. U dunyo xalqlarini o‘ziga maftun eta- digan, ularning diqqatini tortadigan betakror ne’matlar- ga ega. Bu o‘z-o‘zidan mamlakatda turizmni rivojlantirishga muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
Hozirgi zamon sharoitida turizm tarmog‘i jahon savdo bozorida eng yirik samarali va katta daromad keltiruvchi tarmoqqa aylandi. O‘zbekistonda esa, bu sohani rivojlan- tirish iktisodiy taraqqiyotning muqim omili xisoblanadi. Shuning uchun qam Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda turizm industriyasini jadal rivojlantirish, turistik xiz- matlar madaniyati va sifatini oshirish, turizm infratuzil- masini yanada kengaytirish nazarda tutilmokda. Jumladan, 2017-2021 yillarda turizmni rivojlantirishga doir chora- tadbirlar dasturini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Nati- jada, Uzbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi qonunini yangi taxrirda tayyorlash va qabul qilish vazifasi qo‘yilgan.
Harakatlar strategiyasi belgilab bergan vazifalarga ko‘ra, qadimiy shaharlar va turistik manbalarga borishning qulay imkoniyatlarini yaratish, jumladan yangi temir yo‘llar qurish, tezyurar elektr poezdlari qatnovini yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlanadi. Mavjud xalqaro aeroportlar va temir yo‘l vokzallarida xizmat sifatini yanada yaxshilash, ularni jahon me’yorlari darajasiga ko‘tarish, xorijiy fuqarolarning, sayyoxlarning kirib-chiqishlarini yengilla- tish hamda eng qulay va samarali nazorat qilishni takomil- lashtirish va ruxsat berish imkoniyatlarini kengaytirishga katta e’tibor qaratilgan.
Harakatlar strategiyasida qishloq xo‘jaligini moderni- zatsiya qilish va uni jadal rivojlantirish bo‘yicha qator va- zifalar belgilangan. Jumladan:

Download 219,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish