Birinchidan, davlat tashkilotlari tomonidan me’yoriy talablarga rioya qilinishini nazorat qilish.
Ikkinchidan, davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan xuquqiy hujjatlarning qonunga muvofiq- ligini nazorat qilish.
Uchinchidan, davlat tashkilotlari faoliyatining tashkil etilishi va amalga oshirilishi bo‘yicha boshqaruvga oid qaror- larining jamiyat manfaatlariga muvofikdigini nazorat qilish.
To‘rtinchidan, davlat tashkilotlari uchun belgilangan burch, mas’uliyat, xizmat intizomi hamda ularning zimmasiga yuklan- gan majburiyatlarning o‘z vaqgida to‘liq bajarilishini nazorat qilish.
Beshinchidan, davlat tashkilotlarining kadrlar tarkibini tanlash, joylashtirish, malakasini oshirish bo‘yicha nazorat.
Oltinchidan, fuqarolarning qonun tomonidan himoyalana- digan xukuq va erkinliklari hamda manfaatlari himoya qilini- shini nazorat qilish.
Yettinchidan, modsiy, moliyaviy va boshqa zaxiralarning oqilona taqsimlanishi va ishlagilishini hamda tejamkorlikka amal qilishni nazorat qilish23.
Qonunchilikning hozirgi tizimiga muvofiq davlat tashki- lotlarining faoliyatini ijtimoiy-huquqiy nazorat qiladigan sub’ekglar sifatida kuyidagilar:
davlat hududida belgilangan qonuniy tartibda ro‘y- xatga olingan jamoatchilik tashkilotlari (siyosiy partiya- lar, ijtimoiy birlashmalar, kasaba uyushmalari, huquqiy himoya harakatlari);
ijtimoiy kengashlar (palatalar);
ommaviy axborot vositalari;
davlat fuqarolari amalga oshiradi.
Jamoatchilik nazorati sub’ekglari bir paytning o‘zida ham huquqiy, ham ijtimoiy nazorat mexanizmlaridan foy- dalanishlari mumkin. Huquqiy mexanizmlar qo‘llanilganda, jamoatchilik nazorati sub’ektlari davlat tashkilotlari yoki fuqarolar xizmatida bo‘lgan mas’ul shaxslar tomonidan qonun buzilishlari aniqlangan holatlarda zarur chora-tad- birlarni qabul qilish maqsadida turli davlat hokimiyati tashkilotlariga nisbatan konstitutsiyaviy huquqni ishga tu- shirishadi. Xizmatchi fuqarolar faoliyatida kamchiliklar aniqlangan holatlarda esa, nazorat ta’siri jamoatchilik fikri instituti (referendum, saylovlar, davlat muammola- rini hal qilishda jamoatchilik ishtiroki, so‘rovlar, anke- talar va boshqa tadbirlar) orqali amalga oshiriladi.
Axloqiy me’yorlarga asoslangan mazkur ijtimoiy insti- tutdan foydalangan holda, jamoatchilik nazorati sub’ekt- lari tartibbuzarlik holatlarini aholiga ma’lum qiladi va ularga nisbatan salbiy munosabat shakllantiradi, ya’ni siyosiy ob’ektivlik vaziyatini yuzaga keltiradi. Ko‘p hollarda, davlat tomonidan majburlashdan ko‘ra jamoatchi- lik tanbehi va ayblovi ta’sirchan bo‘ladi.
Ana shu tarzda Harakatlar strategiyasida fuqarolik jamiya- tini shakllantirishda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalish- lari va tamoyillarini ro‘yobga chiqarish va takomillashtirish, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining xukuqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlashga, ular- ga ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish uchun teng huquqiy im- koniyatlar yaratib berishga muhim ahamiyat berilgan.
Prezident Sh.M.Mirziyoev tomonidan ishlab chiqilgan Konsepsiya doirasida bir qator muhim qonunlar, jumla- dan, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi, «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi, «Davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonun hujjatlari qabul qilindi. Ular NNT faoliyatini ku- chaytirish bilan birga, uchinchi sektorning davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklik asosida hamkorlik qilish, tabiat- ni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash masa- lalari bo‘yicha huquq va imkoniyatlarini kengaytirdi. Nodav- lat notijorat tashkilotlarining samarali va erkin faoli- yat ko‘rsatishi uchun bir qdncha imtiyozlar berildi. Jumladan, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, suv resurslari- dan foydalanganlik uchun, mol-mulkiga solinadigan soliq, yer solig‘i va boshqa soliqlardan, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari o‘z xuquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadi- gan davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining amaldagi qonunlarga zid harakatlari yoxud befarqligi, sansalorligi va o‘zibo‘larchilik illatlari ustidan sudga shikoyat qilganda davlat boji to‘lashdan ozod etildi.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashti- rish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan islohotlar natijasida NNT tizimini keng ri- vojlantirish, eng muhimi, ularni tashkil etish hamda faoli- yatini yo‘lga qo‘yish borasida ortiqcha to‘siqlar olib tashlandi, byurokratik illatlarga, ortiqcha qog‘ozbozlikka barham beril- di. Shuningdek, NNT uchun qonunchilikdagi ayrim tashkiliy- huquqiy mexanizmlar hamda tartib-taomillarni takomil- lashtirish va soddalashtirish maqsadida 2013 yil 12 dekabr- da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazish sohasida hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi takomillashtirildi hamda to‘lov miqsorlari kamaytirildi.
Fuqdrolik jamiyatini barpo etish davrida jamoat bir- lashmalarining faoliyati Harakatlar strategiyasida belgi- langanidek, asosan, quyidagi maqsadlarni amalga oshirishga qaragiladi:
jamoat tashkilotlari faoliyatining Konstitutsiya va mav- jud qonunlar doirasida bo‘lishini ta’minlash;
jamoat tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi Pre- zidentining jamiyatimizda siyosiy va ijtimoiy barqarorlikni saqlash, jamiyatni har tomonlama isloh qilish g‘oyalarini hayotga tatbiq qilishda faol ishtirok etishi;
o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini bozor munosa- batlariga o‘tish, jamiyatimizdagi boqimandalik, loqaydlik, ijtimoiy passivlik, mutelik ruhiyatini barham toptirish, xalqimizda milliy g‘urur va iftixor, vatanparvarlik, yangi ko- mil insonni shakllantirish, ishbilarmonlik va tadbirkorlik fazilatlari va xislatlarini shakllantirishga safarbar etish;
jamoat birlashmalari a’zolarining o‘z nizomlarida- gi xukuqlarini himoya qilish va ularning manfaatlarini qondirishga imkoniyatlar yaratish;
jamoat tashkilotlarining davlat hokimiyati va bosh- qaruv idoralari qarorlarini tayyorlashda keng ishtirok eti- shi;
jamoat birlashmalari bilan davlat hamkorligini rivoj- lantirish, ularni ilg‘or mamlakatlar tajribasi asosida fao- liyat ko‘rsatishi uchun o‘z-o‘zini mustaqil boshqarish, demokratik me’yorlarga amal qilgan holda faoliyat ko‘rsatish bo‘yicha tajri- ba va an’analarni egallash24.
Bugungi kunda Adliya vazirligi tomonidan nodavlat noti- jorat tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish sohasidagi xukuqiy islohotlar davom ettirilmoqda. «O‘zbekiston Res- publikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va ko‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublika- si Qonuni loyihasi 2017 yilning 25 aprelida parlament to- monidan qabul qilindi. Shuni ta’kidlash kerakki, endi NNT davlat organlari uchun faqat nazorat ob’ekti emas, balki eng faol hamkorlarga, xususan, Adliya vazirligi o‘zining barcha asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha NNT bilan hamkorlik qiladigan mas’ul rasmiy-huquqiy organga aylandi. Jumla- dan, huquqiy targ‘ibot, inson huquqlarini, tadbirkorlar, xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilish, qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash, ularni ekspertiza qilish yo‘nalishlaridagi NNTning mas’uliyati oshirildi. Natijada, vazirlik qator yirik NNTlar bilan qamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzoladi.
Shu tariqa Harakatlar strategiyasi asosida yurtimizda davlat boshqaruvini isloh qilish va jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirishga katta e’tibor berilmoqda. Bu bevosita O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgi- langanidek, xalq xokimiyatchiligi bo‘yicha eng muhim talab- dir. Zotan, jamoatchilik boshqaruvi - davlat boshqaruvini erkinlashtirish va demokratlashtirishning asosiy sharti. Aholining davlat boshqaruvidagi faol ishtirokini ta’min- lash uni erkinlashtirishning asosidir25.
Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan xalq qabulxonalariningtashkil etilishi esa, davlat boshqaruvida yangi bosqichni boshlab berdi.
Bugungi kunda yurtimizda 7 ta erkin iqtisodiy zona (EIZ) tashkil etilgan. (Navoiy, Angren, Jizzax, Urgut, G‘ijduvon, Qo‘qon va Hazorasp). Ulardan 4 tasi, ya’ni Urgut, G‘ijduvon, Qo‘qon va Hazorasp EIZlarining tashkil topganiga hali bir yil ham bo‘lgani yo‘q.
Navoiy EIZ 2008 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugun- gi kunda 19 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Navoiy EIZ tashkil etilganidan buyon jami 122 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilgan. Kiritilgan investitsiya- larning 35 foizga yaqini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investi- siyalar hisoblanadi. 2015 yil yakuni bilan 184,4 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan va 5,1 million AQSh dollarilik mahsulotlar eksport qilingan.
Angren EIZ 2012 yilda tashkil etilgan bo‘lib, shu paytga qadar 23 ta loyihaga jami 457,76 million dollarlik inve- stitsiya kiritilgan, shundan 155, 26 million dollari Xitoy, Koreya, Avstriya, Singapur, Rossiya, Buyuk Britaniyadan jalb etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir. Mazkur investitsiyalarning samarasi o‘laroq Angren EIZda 1600 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. Hozirda Angren EIZda 20 dan ortiq mahsulot turlari ishlab chiqarilmoqda. Bir- gina 2016 yil davomida EIZ qatnashchilari tomonidan 929,0 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Jizzax EIZ. 2013 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 91 million dollarlik investitsiya evaziga 19 ta zamonaviy korxona ishga tushirilgan. 2016 yilda jami 255,2 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, shun- dan 11,9 million dollari eksportga yo‘naltirilgan.
Bundan tashqari, Prezident Sh.M.Mirziyoev 2017 yilning 3 may kuni mamlakagda farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yetgita erkin iqgisodiy zona tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni tasdiqladi. Mazkur Farmonga bi- noan, Tuproq va iqlim sharoitlari noyobligini inobatga olib, Qoraqdlpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Sur- xondaryo va Toshkent viloyatlarida erkin iktisodiy zonalar tash- kil etish to‘g‘risida kiritilgan taklifga binoan «Nukus-farm», «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm», «Sirdaryo-farm», «Boysun- farm», «Bo‘stonliq-farm» va «Parkent-farm» erkin iqgisodiy zonalarini tashkil etish bo‘yicha qaror kabul qilindi.
Investitsiya faoliyatyni tartibga solishda eng muhim va hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalardan biri - chet el in- vestitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni hududlar bo‘ylab maqbul darajada bir tekis joylashtirishdir. Hudud- larning tabiiy shart-sharoiti, mavjud biznes muhit, ij- timoiy-siyosiy, tashkiliy-boshqaruv tamoyillarining ado- latli yo‘lga qo‘yilgani, aholining biznes yuritishga va tad- birkorlikni amalga oshirishga bo‘lgan ishtiyoqi, ularning qat’iy ishonchga suyangan tavakkalchilik fazilatlari xdmda malakasi, turli tadbirkorlik tuzilmalari mavjudligi, ularning rivojlangani kabi omillar investitsion joziba- dorlikni namoyon etadigan muhim shartlardan hisoblanadi26.
Mintaqaviy siyosat - Prezident Sh.M.Mirziyoevning islohotchilik faoliyatida alohida o‘ringa ega. Har bir ki- chik mintakd-hudud o‘z tabiiy imkoniyatlari va ishlab chiqarish salohiyatiga ega. Bu - mamlakatda erkin iqgisodiy xududlarni yaratish hamda mintaqa, tarmoq soha va alohida korxonalarning potensialini chukur o‘rganib, ushbu potensialni amalda joriy etish tizimini ishlab chiqish bo‘yicha davlatning olib boradi- gan chora-tadbirlar majmuasi bo‘lib, unga mamlakatda shakllan- gan mehnat taqsimoti samarali rivojlanishini rejalashti- rishning muhim omili sifatida qaraladi.
EIHlarni mamlakatda mavjud resurslarning samara- siz ishlatilayotgan soha, tarmoq va mintaqalardan samarali ishlatib bo‘ladigan soha, tarmoq, mintaqaga aylantirishga ko‘maklashuvchi vosita, deb qarash zarur. Hududiy siyosat mam- lakatda EIHlar erkin va samarali faoliyat yuritishi uchun umumdavlat miqyosida sharoit yaratishga xizmat qiladigan siyosatdir. Buning uchun esa:
samarali normativ-xuquqiy bazani yaratish;
xusudlar tashkil etishning umumiy tamoyil va sharg- sharoitlarini ishlab chiqish;
xusudni tashkil etish va tarqatib yuborish tartiblarini belgilash;
soliq solish va soliq imtiyozlari tizimini belgilash;
valyuta tartibini aniqlab berish;
o‘zaro hisob-kitoblar tartibini belgilash;
bojxona chegaralari va tartibini belgilab berish;
yuz berishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni barta- raf etishning iqgisodiy mexanizmini yaratish;
hududda kredit siyosati tamoyillarini belgilash;
xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning iqgisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish lozim27.
EIHlarni joriy etish tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, boshqarishning iqtisodiy va huquqiy mexanizmi, joylashgan mamlakat va mintaqaning geografik muhiti, hududning tipi, maydonning katta-ki- chikligi va hokazolar.
Erkin iqgisodiy xudud yaratish mamlakatning iqtisodiy raqobatdoshligini oshirishning sinalgan va eng samarali qurolidir. EIH, ayni paytda, mamlakatning imiji hamdir. EIHlar, hatto, yomon faoliyat yuritgan takdirda ham mamla- katning liberallashuviga xizmat qiladi. EIHga oqilona yondashilganda, uning faoliyat yuritish mexanizmlari chuqur o‘rganilib, mamlakat iqtisodiyotini sifat jixatidan yuqori darajaga olib chiqish imkoni beriladi. EIH qaysi mamlakatda, uning qaysi xududida yaratilmasin, u ijtimo- iy loyihadir. Hududni tashkil etish, nafaqat hudud uchun qushimcha daromad keltiradi, balki butun mamlakat uchun turli shaklda foydali qaytim beradi. Jumladan:
xorijiy investorlar bilan muloqot qilishga imkon be- ruvchi sarmoyadorlararo kommunikatsiyani yaratadi;
iqtisodiy madaniyatni, shu jumladan tadbirkorlik ma- daniyatini xalqaro darajaga ko‘taradi;
hududda yangicha ishlayotgan mutaxassis kadrlarning ilg‘or tajribasini o‘zlashtirib, sekin-asta uni hududdan tashqaridagi korxonalarga ham yoyadi;
mamlakatdagi infratuzilmaning foydali ish koeffi- sienti ko‘tariladi;
mamlakagda ishlab chiqarish raqobati muhiti yuzaga keladi, ya’ni xududdagi korxonalar xududdan tashqarida joylashgan kor- xonalarni o‘zlari bilan raqobat qilishga majbur qiladi;
tadbirkorlik faoliyati samarasini oshiradi, ya’ni EIH atrofida xalqaro standartlar tarkib topadi, rivoj- lanadi (mahsulot sifatida, infratuzilma darajasida, biznes munosabatlarida, professional menejment masala- larida).
Ana shu tarzda Prezident Sh.M.Mirziyoevning keng miqyosli jadal islohotlar strategiyasida iqtisodiyot, uni butun ko‘lami bilan yangilash, modernizatsiyalash alohida o‘rin tu- tadi. Xususan, iqtisodiyotni rivojlantirishning hududiy jihatlari, turli mintaqalarda tarixan yashab kelayotgan xalq turmush tarzi, aqidalari, intellektual salohiyati va kasbiy tajribalarini asos qilib olgan konsepsiya muhim ahamiyat kasb etadi.
IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRIShNING
USTUVOR YO‘NALIShLARI
Aytish mumkinki, ijtimoiy sohani rivojlantirish ja- miyat barqarorligi va davlat qudratini belgilaydigan muhim ma’naviy-ma’rifiy va ruhiy omillardan biri xisoblanadi. Jumladan, aholi bandligi, qandaydir ish yoki hunar bilan shug‘ullanish darajasi konkret fuqaroning kundalik real da- romadlari bilan uyg‘unlashib ketgan ijgimoiy muammodir. Bu Harakatlar strategiyasida asosiy masala sifatida belgilangan.
Aholini ijgimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash ti- zimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyo- siy faolligini oshirish jamiyat taraqqiyotida alohida mavqe kasb etadi. Ushbu masalaning naqadar dolzarbligi va real hayotiy haqiqatga asoslanganligini nazarda tutib, Prezident Sh.M.Mirziyoev arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik- kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlan- tirish hamda ularni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish g‘oyasini ilgari surmokda. Bu bevosita mehnat qilish qobiliyatini yo‘qotgan nogironlar, pensionerlar, yosh bolalar, yosh bolali onalarni himoya qilish, qishloq joylarida, olis shahar va tumanlarda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashti- rish, ularni zamonaviy asbob-uskunalar hamda malakali tibbiy xodimlar bilan ta’minlashni dolzarb vazifa qilib ko‘ydi.
Kam ta’minlangan oilalarga alohida e’tibor berish, ular- ning turmush sharoitini yanada yaxshilash choralarini har to- monlama ko‘rish zarur bo‘lib qolmoqda.
Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish, fan va ish- lab chiqarish uyg‘unligini ta’minlash, ishlab chiqarishni fan asosida qayta qurish, fan yutuqlarini, yangi ishlanma va ixtirolarni o‘z vaqtida amaliyotda joriy etish jamiyat taraqqiyotida asosiy omil sifatida ko‘rsatiladi. Jahon fani ilg‘or tijribalarini o‘zlashtirish, milliy fanimiz- ni ijtimoiy hayotning barcha sohalariga tegishli bo‘lgan mu- ammolarning ilmiy yechimini topishga qaratish hozirgi kun- ning dolzarb vazifasidir.
Aholisining asosiy qismini bolalar va yoshlar tashkil etayotgan Uzbekistonda, yoshlarga oid davlat siyosatini ta- komillashtirish davlat ijtimoiy siyosatining istiqbolga mo‘ljallangan, uzoqni ko‘zlagan, Uzbekistonning buyuk ke- lajagini yaratishga qodir bo‘lgan avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishni talab qilmoqda. Chunonchi, xalqimizning mavjud intellektual salohiyati, aqliy va ma’naviy imkoniyati bu borada katta yutuqdarga erishishga asos bo‘ladi. Biroq, uni takomillashtirishning, undan foydalanishning yangi, zamo- naviy mexanizmini yaratishni hayotning o‘zi taqozo etmokda.
Har qanday davlatning qudrati uning ijtimoiy himoya siyosatida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy va siyosiy jihatdan kuch- li davlatda aholini ijtimoiy himoyalash va umuman aholi turmush farovonligini oshirish yuqori darajada bo‘ladi. Uzbekiston mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o‘zining aniq konsepsiyaga asoslangan ijtimoiy siyosatini izchil amalga oshirish yo‘lidan bordi. Jumladan, ish haqi, pensiya va nafaqalarning muntazam ravishda oshirib bori- lishi, kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash mexanizmining samarali ishlashi, 1997 yildan boshlab yil- larni qaysi shior ostida o‘tkazish an’anasi davlat ijtimo- iy siyosatining izchilligidan dalolat beradi.
Buyuk kelajak sari dadil qadam tashlanayotgan, tezkor islohotlar jarayoni va jadal taraqqiyot yo‘li tanlangan hozirgi sharoitdan kelib chiqib Prezident Sh.M.Mirziyoev: «Aholini ish bilan ta’minlash biz uchun nafaqat iqtisodiy, ayni paytda, katta ijtimoiy ahamiyatga ega- dir. Hokimlik, vazirlik va idoralar, ish beruvchi tash- kilotlar bilan bir qatorda bank muassasalarini ham bu ishga yanada faol jalb etishi kerak. Aholi bandligini hal etishda turizmni rivojlantirishda katta imkoni- yatlarni ham ishga solishimiz lozim», - deydi.
Darhaqiqat, mamlakatning asosiy qismini yoshlar tash- kil etgan Uzbekistonday mamlakatda ushbu masala hamisha dolzarb bo‘lib qolaveradi. Har yili o‘rtacha 600 mingta yaqin yigit-qiz akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini tu- gatishadi. Ularning o‘n foizi oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishadi. Qolgan katta qismini ish bilan ta’minlash, ish- sizlikning oldini olish, kundalik muammosini hal qilish qator davlat va nodavlat tashkilotlari oldida turgan muhim vazifalardan biridir.
Harakatlar strategiyasida mehnat bozorini kengayti- rish va aholini ish bilan ta’minlash muammolariga katta e’tibor berilgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakati- mizda bir yarim million odamni ishga joylashtirish mum- kin bo‘lgan bir paytda o‘tgan 2016 yilda 248 ming kishi ish bilan ta’minlandi. Yoki, boshqacha qilib aytganda, mavjud bo‘sh ish joylarining 16 foiziga aholi joylashtirilgan, xolos. Buning asosiy sabablari bandlikka ko‘maklashish markazlari faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi rasmiyatchiliklarning mavjudligidir. Demak, bu sohadagi ishlarni qayta ko‘rib chiqishga, mavjud rasmiyatchilik, boqimandalik, befarqlik va o‘zibo‘larchilik illatlariga barham berib, mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan har qanday fuqaroni layoqati va qiziqishiga qarab ish bilan ta’minlash zarur.
Zamonaviy sharoitda yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish, ijtimoiy masalani hal etishning muhim omilidir. Zotan, ishsizlik insonni ma’nan va ruhan zaiflashtiradi. Ishsiz odam o‘zini hech kimga keraksizday his qiladi. Yashash uchun zarur bo‘lgan kundalik ehtiyojlarga muhtoj bo‘lib qoladi.
Natijada, hayotning ham, yashashning ham ular uchun qizig‘i qolmaydi.
Biroq, har qanday inson o‘zini o‘zi rivojlantirishi, takomillashtirishi, ichki bunyodkorlik va yaratuvchanlik salohiyatini, aqliy imkoniyatlarini ishga solmog‘i lozim. Bunga erishgan odam jamiyatda o‘ziga xos va munosib o‘rin topa oladi. Qaysi kasb egasi bo‘lmasin, o‘z kasbi bilan, mehnatiyu aqli bilan kun kechirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu, albatta, har bir insonning o‘ziga tegishli bo‘lgan, o‘zini o‘zi boshqarish, yo‘lga solish, hayotda o‘z o‘rnini topa bilishga da’vat qila olish, ichki iroda va ruhiy salohiyatni ishga so- lish bilan bog‘liq bo‘lgan xususiy holat.
Davlat har bir fuqaroga munosib ish joyi, munosib mehnat qilish sharoiti va har bir fuqaroning ichki yaratuv- chanlik va bunyodkorlik salohiyatini kuchaytirishga olib ke- ladigan imkoniyatlarni yaratmoqda. Bandlik masalasi, kasb- ga egalik, hunar sohibi bo‘lish shart-sharoitlarini tobora kengroq yaratib bermokda. Hamma gap endi ana shu imkoniyat- lardan unumli foydalanishda.
Ta’lim tizimidagi jiddiy o‘zgarishlar, tub burilish- lar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Umumta’lim maktabla- rining 11 yillik ta’lim tizimiga o‘tishi bu fuqarolar, ota-onalar va qator jamoat tashkilotlari maqsadlarining ro‘yobga chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan juda katta ma’naviy, ma’rifiy, ijtimoiy va huquqiy hodisa. Ayni maktab yoshi- da bolalar aniq hayotiy pozitsiyaga, butun umrini belgilab beradigan, hayoti mazmuniga aylanadigan kasbni tanlagan bo‘lishi kerak. Buning uchun oila-mahala-maktab uyg‘unligi, ularning o‘zaro mustahkam hamkorligi katta rol o‘ynaydi. Xususan, 11 yillik ta’lim tizimiga o‘tishning bu boradagi afzalliklari ko‘zga yaqqol tashlanadi. Jumladan:
Do'stlaringiz bilan baham: |