Jo‘raev, Narzulla. Jadal taraqqiyot davri (So‘zboshi o‘rnida) «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj- lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»



Download 219,48 Kb.
bet27/84
Sana12.07.2022
Hajmi219,48 Kb.
#781113
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   84
Bog'liq
Juraev Narzulla. Tamaddunga Davat

Uchinchidan, tomonlarning sud maxkamasiga vaqt sarf- lab, yo‘l azobini ko‘rmasdan, turgan joyida Internet orqali ariza va shikoyatlarini xamda boshqa murojaatla- rini sudga yetkazish va uning natijasidan o‘z vaqtida tez- korlik bilan xabardor bo‘lish kabi keng imkoniyatga ega bo‘ladi.
To‘rtinchidan, taraflar sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilinadi, pochta orqali chaqiruv qog‘ozlarini yuborish yoki tegishli ma’- lumotlarni fuqarolarga yetkazish kabi uzoq vaqt talab qiladigan eskirib qolgan usullarga barham beriladi.
Beshinchidan, sud majlisi bayonnomasi va boshqa huj- jatlarni tayyorlash, uni tegishli mahkamalar va fuqarolarga yetkazish borasida keng qulayliklar vujudga keladi.
Oltinchidan, suslarda ish yuritish jarayonida hisobotlar- ni tayyorlash, uning sifatini va aniqlik darajasini oshirish, pirovardida esa, tegishli mahkamalarga yuborish osonlashadi.
Yettinchidan, sud qarorlarini tomonlarga va ijro de- partamentlariga tezkorlik bilan yetkazish, uni pirovard na- tijasini samarali amalga oshirish imkoniyati kengayadi.
Bu, albatta, nafaqat sud-huquq tizimi xodimlariga, bal- ki yaxlit jamiyatda barcha fuqarolarda zamonaviy siviliza- siya yutuqdaridan foydalanish ko‘nikmasining shakllanishi- ni, axborot texnologiyalari vositalaridan foydalana olish tajribasining yanada oshirilishini taqozo etadi. Odam- lar kompyuter texnologiyasi va Internet tizimidan unum- li foydalanish, uni kundalik turmush tarzining muhim va ishonchli vositasiga aylantirish choralarini ko‘rmog‘i lo- zim. Bu o‘z-o‘zidan jamiyatning yuksak ma’naviy-ma’rifiy darajasidan dalolat beradi.
«...biz huquqiy demokratik davlat qurayotgan ekan- miz, har tomonlama bilimli, yuqori malakali, xalqaro standartlarga javob beradigan, o‘z kasbining xaqiqiy fidoyisi bo‘lgan xuquqshunos kadrlar tayyorlash ishla- rini takomillashtirishimiz kerak»,- deydi Prezident Sh.Mirziyoev. Ana shu xulosadan kelib chiqib, ta’kidlash joizki, ayni shu masala doirasida o‘tgan yili davla- timiz rahbarining «Toshkent davlat yuridik universiteti- da kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Harakatlar strategiyasi doirasida amaliyotga yo‘naltirilgan mazkur hujjatda milliy yuridik kadrlar tayyorlash tizimini xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq tubdan isloh qilish nazarda tutildi.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: xo‘sh, bu tizimda muayyan o‘zgarishlarni tatbiq etishning moxyayati va zarurati nima- larda ko‘rinadi? Ularning ahamiyati qanday?
Qarorga ko‘ra, yuridik kadrlar tayyorlash tizimini ta- komillashtirish uchun tayanch oliy o‘quv yurti bo‘lmish Tosh- kent davlat yuridik universitetini yanada rivojlanti- rishning aniq yo‘nalishlari belgilab berildi. Professor- o‘qituvchilar tarkibini yuqori darajadagi kasbiy pedagogik mahoratli, huquqiy va siyosiy madaniyatli mutaxassislar bilan to‘ldirish, amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan kadr- larni ta’lim jarayoniga keng jalb etish, talabalarning mustaqil izlanishlariga imkoniyat yaratish uchun naza- riy mashg‘ulotlarni optimallashtirish, ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib, yuristlarda taxdiliy fikrlash va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan reja, dastur, o‘quv-metodik materiallarni qo‘llash shular jumla- sidandir, - deydi Uzbekiston Respublikasi adliya vaziri- ning o‘rinbosari, Toshkent davlat yuridik universiteti rek- tori Yesemurat Kanyazov14.
Endilikda universitet pedagog xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirish tizimi joriy qilinmokda. Bu esa, ta- biiyki, ta’lim sifati, mehnat samaradorligi oshishi, professor-o‘qituvchilar va boshqa xodimlarning o‘z ustida ishlashi, izlanishi hamda ishga bo‘lgan munosabati yanada yaxshilanishiga, mas’uliyati kuchayishiga sezilarli ta’- sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, universitetga mavjud ehtiyojdan kelib chiqib, qo‘shimcha kontrakt kvotalari olish huquqi berildi.
Modul tizimi va o‘qitishning innovatsion metodlari- ni rivojlantirish, talabalar, o‘qituvchilar va yosh tad- qiqotchilarning global axborot-huquqiy va ta’lim resurs- laridan foydalanish imkoniyatlari kengayishi, klinik ta’- lim joriy etilishi, talabalarning akademik almashinuvini ta’minlash bo‘yicha yetakchi xorijiy ilmiy-ta’lim muassasa- lari, taxliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikning mustahkamlanishi, o‘quv jarayoniga kredit tizimi tatbiq qilinishi ayni muddaodir. Shuning- dek, TDYuU xalqaro reytingi va raqobatdoshligini oshirish uchun xorij fuqarolarini bakalavriat bosqichiga alohida tartibda, test sinovlarini topshirmasdan suhbat natijasi- da qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Qarorga asosan, Toshkent davlat yuridik universiteti- ning har tomonlama rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida Vasiylik kengashi tashkil etildi. TDYuU Vasiylik kenga- shining raisi etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuro- ri tayinlandi, qolgan a’zolari esa qator davlat organlari- ning rahbarlaridir.
Prezidentimizning O‘zbekistonda yuridik kadrlar tay- yorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorli- gini oshirishga doir qarori nafaqat yuridik ta’lim, bal- ki, umuman, ta’lim tizimida salmoqli o‘zgarishlarga zamin yaratadi. Asosiysi, umidli, o‘z kasbiga, vijdoniga sodiq, jamiyatda adolat, insonparvarlik tamoyillari qaror topi- shi yo‘lida sidqidildan xizmat qiladigan yuksak malakali kadrlarni tarbiyalash sifati oshadi15.
Ayni paytda, ta’kidlash joizki, yuridik ta’limni rivoj- lantirish ko‘pgina davlatlar oldida turgan dolzarb muammo- lardan sanaladi. Bugun rivojlangan davlatlarda ham yuristlar tayyorlash tizimida islohotlarga ehtiyoj sezilmokda. Xususan, AQShning Garvard universitetida yuridik ta’limni rivoj- lantirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan konferensiyada ishtirok etgan AQSh, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Fransiya kabi mamlakatlar vakillarining fikricha, yuristlarni tay- yorlash sohasida ziddiyatli holat vujudga kelgan: bir tomon- dan, yuridik ta’lim muassasalari va ularning bitiruvchilari juda ko‘p, mehnat bozori yosh huquqshunos mutaxassislar bi- lan to‘la, ikkinchi tomondan, yuqori malakali, professional kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda. Yuridik ta’lim muassasalari kadrlar tayyorlash bo‘yicha yuqori stan- dartlarni ta’minlay olmayotgani, o‘kuv dasturlari zamon ta- lablariga javob bermayotgani, amaliyotdan, real hayotdan uzi- lib qolayotganini buning asosiy sabablari sifatida e’tirof etish mumkin. Ushbu masalaning dolzarbligini nazarda tutib: «Ayni paytda yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalariga yuridik mutaxassislik bo‘yicha bir yilda 600 ga yaqin ta- laba qabul qilinadi. Bu jami oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinadigan talabalarning atigi bir foizini tashkil etadi. O‘zingiz ayting, bu bilan davlatimiz va jamiyati- mizning xuquqshunos mutaxassislarga bo‘lgan, tobora or- tib borayotgan extiyojini qondirish mumkinmi? Albatta, yo‘q. Bu borada Toshkent davlat yuridik universitetining o‘quv-metodik bazasini kengaytirish bilan birga, mamla- katimizda mazkur yo‘nalishdagi yirik va nufuzli xori- jiy oliy ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish biz uchun muhim vazifa xisoblanadi», - deydi Pre- zident Sh.Mirziyoev.
Huquqiy ta’lim berish faqat oliy ta’lim muassa- sasida o‘qish davrida emas, balki mutaxassisning butun kasbiy faoliyati davomida amalga oshirib borilishi lozim. Binobarin, mamlakatimizda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil bosqichi hisoblanadi.
Uzbekistonda yurist kadrlarni tayyorlash va qayta tay- yorlash tizimi yaratilgan. Bu borada 7 ta ta’lim muassasa- si, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar va- zirligi, Davlat bojxona qo‘mitasida kadrlar malakasini oshirish muassasalari faoliyat ko‘rsatib kelmokda.
Mamlakatimizda umuminsoniy qadriyatlar, xalqaro huquq me’yorlariga mos islohotlar amalga oshirilayot- ganini, bu yo‘nalishda hamkorlik kengaytirilib, ri- vojlangan davlatlarning ilg‘or tajribalari milliy qonunchilikka implementatsiya qilinayotgani sud-huquq sohasi rivojida, yuridik kadrlar tayyorlash va malakasi- ni oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Professor Alfred Kellermanning (Niderlandiya) qayd etishicha: Niderlandiya oliy o‘quv yurtlarida yuri- dik kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan 9 ta fakul- tet bor. Universitetda yuristlarni tayyorlash birin- chi bosqich xisoblanadi. Shuningdek, Yaponiyadagi singari xuquqshunoslik maktablari ham bor.
Ma’lumki, Gaaga jaxonning yuridik poytaxti sanaladi. Yuristlarimiz bevosita BMT Bosh Assambleyasi bilan ishla- gani uchun xam ta’lim dasturlarida xalqaro huquq me’yorla- rini chuqur o‘rgatishga alohida e’tibor qaratiladi.
Milliy qonunchilikni xalqaro standartlar bilan solish- tirib o‘rganish ham nihoyatda foydalidir. Ko‘pgina mamla- katlarning yuridik ta’lim muassasalarida avval mahalliy qonunchilik, keyin xalqaro xuquq normalari o‘rgatiladi. Ma’lumki, qonunchilikning muntazam ravishda takomil- lashishi, amaliyot, ish yuritish sohalaridagi o‘zgarishlar yuristlar, prokurorlar, advokatlardan uzluksiz malaka oshi- rishni talab etadi. Shunga ko‘ra, ta’limning davomiyligi yoki doimiyligi malakali huquqshunoslar tayyorlashda o‘ta muhim jarayon hisoblanadi.
Vengriyada sud-huquq sohasida markazlashgan uzluksiz ta’lim tizimi joriy etilgan. Faoliyati bevosita sud-huquq sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan kadrlarga ta’lim berish, ular- ning malakasini oshirish maqsadida 2006 yilning 1 sen- tyabrida Vengriya Odil sudlov akademiyasiga asos solingan. Akademiya yillik o‘quv rejasini ishlab chiqib, seminar, konferensiyalar tashkil etish bilan shug‘ullanadi, bu esa maxsus va an’anaviy yurisdiksiya sudlari xodimlarining uzluksiz ta’lim olishini ta’minlaydi. Ta’lim jarayoni ularning kasbiy etikasi, yuridik bilimlari darajasini yuksaltirish, qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlanti- rishga yo‘naltirilgan. Akademiyada ixtiyoriy kurslar bilan bir qatorda majburiy kurslar ham mavjud.
Ta’kidlash lozimki, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar, eng avvalo, mamlakatimizda huquqshunos kadr- larni tayyorlash, ularning yurisprudensiya sohasidagi naza- riy va amaliy bilimlarini yanada mustahkamlash va, umuman, ularning salohiyatini yuksak darajaga ko‘tarishga qaratilgan. Yuridik ta’limni rivojlantirish Uzbekistonda olib bo- rilayotgan demokratik islohotlarning huquqiy bazasini takomillashtirish va milliy huquqiy tizimni rivojlan- tirish, pirovard natijada, demokratik huquqiy davlat barpo etish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllan- tirish kabi strategik maqsadlarga erishish garovidir.
Odil sudlovning eng dolzarb masalalaridan biri sud ja- rayonida ishtirok etuvchi taraflarning teng huquqliligi va tortishuv tamoyilining amal qilishini ta’minlash- dir. Jumladan, advokat vakolatlarini tergov va sud ja- rayonlarining barcha bosqichida kengaytirish, advokat tomonidan ishni nazorat tartibida ko‘rib chiqish tashab- busining professional va hozirjavob mexanizmlarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Darhaqiqat, amaldagi jinoyat-protsessual kodeksining qator normalariga ko‘ra, jinoyat ishini ko‘rish jarayonida ishtirok etayotgan pro- kuror, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabr- lanuvchi va fuqarolik da’vogari hamda ularning vakil- laridan farqli ravishda advokat dalil taqdim etish huquqiga ega emas. Advokat faqat dalil sifatida foy- dalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plashga va takdim etishga haqli. Advokatga dalil to‘plash va taqdim etish huquqining berilishi uning huquqlarini kengayti- radi. Jumladan, ishda ishtirok etuvchi boshqa taraflar bilan teng huquqqa ega bo‘ladi. Unga o‘z himoyasida bo‘lgan shaxsning huquqi, erkinligi va qonuniy manfaatlarini yanada ishonchli himoya qilish imkonini beradi. Sudgacha va sudda ish yuritishda advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan masalalar bo‘yicha davlat or- ganlari va tashkilotlardan ma’lumotlar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni, ekspertlarning yozma xulosala- rini, mutaxassislarning ma’lumot va maslahatlarini olish tartibining takomillashtirilishi advokatga o‘ziga yuklatilgan vazifani samarali amalga oshirish imkonini be- radi. Uning majburiyati va javobgarligini oshiradi. Nati- jada, o‘z himoyasida bo‘lgan shaxs yoki ishonch bildiruvchining huquklarini ximoya qilishning qonunda nazarda tutilgan barcha uslublaridan foydalanish vakolati kengayadi16.
«Xabeas korpus» institutini qo‘llash soqasini kengayti- rish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish davr taqozosidir. «Xabeas korpus akt» - yuridik qoidasi dastlab XV asrda Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan. Keyinchalik, ja- miyat taraqqiyoti jarayonida uning xuquqiy maqomi va zarura- ti oshdi. Natijada, Angliya Parlamenti tomonidan 1679 yil 26 mayda qabul qilingan qonunda mustaxqamlab qo‘yilgan. Shuni aytish kerakki, «Xabeas korpus» instituti inson xuquqi bilan bog‘liq qator xalqaro xuquqiy xujjatlarda ham o‘z aksini topgan. Xususan, 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 8-moddasida «har bir inson unga Konstitutsiya yoki qonun orqali berilgan asosiy huquqlari buzilgan hollarda nu- fuzli milliy sudlar tomonidan bu huquqlarning samarali tiklanishi huquqiga ega» ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan.
«Xabeas korpus» institutining Uzbekiston Respublika- sida jinoyatlarni ko‘rib chiqish jarayoniga bosqichma-bosqich joriy qilinishi sudga qadar ish yuritishda fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizligini, ulardan sud qarorisiz mahrum qilishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emasligi- ni mustahkamlovchi konstitutsiyaviy prinsipni to‘liq amal- ga oshirish imkonini beradi. Bu Harakatlar strategiyasida alohida ta’kidlangan.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzar- liklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvo- fiqlashtirishning samaradorligini oshirishda quyida- gilarga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq:

  • huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ular rahbarlari- ning birgalikda muvofiqlashtiruv kengashlarini tashkil etishlari;

  • qayd etilgan organlarning jinoyatchilikka va ayrim turdagi jinoyatlarga qarshi kurash masalalari bo‘yicha o‘zaro axborotlar almashinuvi;

  • o‘zaro kelishilgan harakatlarni amalga oshirish maqsadida hamkorlikda mintaqalarga chiqish, quyi bo‘g‘indagi huquqni muhofaza qilish organlariga jinoyatchilikka qarshi kurashda yordam berish, mavjud ijobiy tajribalarni o‘rganish va boshqa hududlarda amaliyotga tatbiq etish;

  • ko‘p epizodli va jamoatchilik e’tiborida bo‘lgan aniq jinoyatlarni tergov qilish uchun tergov-tezkor guruhlar tu- zish va tergovni tashkil etish;

  • jinoyatlarni anikdash va oldini olish maqsadida hamkorlikdagi maqsadli tadbirlar o‘tkazish, shuningdek, ularning sodir etilish sabablari va sharoitlarini barta- raf etish choralarini ko‘rish;

  • xodimlarning malakasini oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning imkoniyatlaridan foydalanish, ham- korlikda seminarlar, konferensiyalar o‘tkazish;

  • jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyati jarayonida ish- tirok etayotgan xodimlar xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zaro yordam ko‘rsatish;

  • xdmkorlikda buyruqlar, qo‘shma ko‘rsatmalar chiqarish, ax- borot xatlarini va boshqa tashkiliy-farmoyish hujjatlarini tayyorlash, hamkorlikda ko‘llanmalar, byulletenlar (to‘plamlar) hamda boshqa axborot nashrlarini chiqarish;

  • muvofiqlashtiruv faoliyatining o‘zaro kelishilgan rejalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ijrosini ta’- minlash;

  • mamlakatda amalda bo‘lgan jinoyatchilikka qarshi kurash- ni tashkil etishga oid qonunlar va normativ hujjatlarning ijro etilish ahvoli bo‘yicha hamkorlikda hududlarga chiqib tekshirishlar tashkil etish;

  • mintaqalarda jinoyatchilikka qarshi kurash dasturlari- ga kiritish uchun hamkorlikda takliflar ishlab chiqish.

  • jinoyatchilik va sudlanganlik holati haqida o‘zaro ax- borot almashuv;

  • jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish chora-tad- birlarini ishlab chiqishda sud statistikasi ma’lumotlari- dan va sud amaliyoti materiallaridan foydalanish;

  • jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun lo- yihalarini hamkorlikda tayyorlash;

  • hamkorlikda seminarlar, konferensiyalar o‘tkazish, te- gishli mutaxassislarning huquqni muhofaza qiluvchi organ- lar xodimlarining malakasini oshirishdagi ishtiroki;

  • hamkorlikda axborot xatlarini, ma’lumotnomalarni, sharhlarni jo‘natish va boshqalar17.

Sud raislari, sudyalar jinoyatchilikka qarshi kurash- ni amalga oshiradigan organlar rahbarlarining muvofiq- lashtiruv kengashlarida kuzatuvchi sifatida yoki kengash ishtirokchilarini o‘z organi faoliyati bilan tanishtirish maqsadida qatnashishi mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish ma- salasi Harakatlar strategiyasida alohida o‘rin egallagan. Zotan, «Jamiyat rivojiga g‘ov bo‘layotgan yana bir illat - bu korrupsiya balosidir»,18 degan edi Prezident Sh.M.Mirziyoev.
Jinoyatchilikka qarshi kurash tizimini va inson hu- quqlarining ishonchli himoyasini yanada takomillashti- rish, xalqning davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash qonuniylikni ta’minlashning institutsi- onal va huquqiy asoslarini shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini tashkil etish zaru- riyatini namoyon etadi.
Mazkur sohadagi islohotlarning amalga oshirilishi- da milliy qonunchilikka xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari tatbiq etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Buni biz 2008 yili «Birlashgan Millatlar Tashki- lotining Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasiga (Nyu- Iork, 2003 yil 31 oktyabr) Uzbekiston Respublikasining qo‘shilishi tug‘risida»gi Qonunning qabul qilinishida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Mazkur Konvensiyaning asosiy maqsadi korrupsiya- ga qarshi kurashda uning oldini olish bo‘yicha yanada sa- marali va ta’sirchan chora-tadbirlarni qabul qilish va mustaxqamlash, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni qo‘llab- quvvatlash hisoblanadi.
2010 yili O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va rivojla- nish tashkiloti (OESR) Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tizimining Istanbul harakat dasturiga qo‘shildi. OESR xalqaro ekspertlari o‘zining bir necha bor amalga oshirgan tashriflari natijasidagi hisobotlarida oxirgi yillarda yurtimizda ushbu sohada amalga oshirilgan va tatbiq etilgan islohotlarga ijobiy baho berishdi.
O‘zbekiston tomonidan tashlangan yana bir muhim qadam - bu 2016-2017 yillarga mo‘ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar kompleks rejasi tasdiqdanganidir.
Ushbu Kompleks dastur turli davlat idoralari va tashki- lotlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va il- miy soha mutaxassislari ishtirokida ishlab chiqilgan. Reja korrupsiyaga qarshi kurashishga doir davlat siyosati va kor- rupsiyaning oldini olish bo‘yicha tegishli tashkilotlar fao- liyatini muvofikdashtirishni, ularning ish samaradorligi va ta’sirchanligini oshirish chora-tadbirlari tizimini yara- tishni taqozo etadi.
Kompleks reja strategik hujjat hisoblanib, unda ushbu masaladan manfaatdor bo‘lgan barcha taraflarning majburi- yatlari va bu boradagi vazifalarni ijro etish bosqichlari aniq ko‘rsatib o‘tilgan.
Xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, korrupsiya- ga qarshi kurash bo‘yicha huquqiy va institutsional asoslarni kelgusida takomillashtirish maqsadida 2017 yilning 4 yan- var sanasida O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurash tug‘risida»gi Qonuni qabul qilindi.
Ushbu qonunda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi dav- lat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, vakolatli davlat or- ganlari tizimi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organ- lari, nodavlat-notijorat tashkilotlarining, fuqarolar va ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kura- shishda ishtirok etishi, shuningdek, ushbu sohadagi xalqaro hamkorlik masalalari aks etgan.
Qonun bilan qamrab olingan chora-tadbirlar doira- si O‘zbekistonning siyosiy xohish-irodasi va korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining jiddiyligini tasdiqlaydi. Qonun yagona va bir butunligicha barcha korrupsiyaga qarshi kurashish elementlarini o‘zida qamrab olgan.
Qonunga ko‘ra korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • qonuniylik;

  • fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfa- atlarining ustuvorligi;

  • ochiqpik va shaffoflik;

  • tizimlilik;

  • davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;

  • korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;

  • javobgarlikning muqarrarligi19.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilot- larning faoliyatini muvofikdashtirish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil etiladi. Idoralararo komissiyani shakllantirish va uning faoliyati tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezi- denti tomonidan belgilanadi.

Download 219,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish