Hamkorlik tartibini belgilab beruvchi bosqichlar:
- terroristik-qo‘poruvchilik faoliyat, narkotik moddalar, o‘qotar qurol va diniy ekstremistik adabiyotlar hamda varaqalarni tashish yoki boshqa xavfli jinoiy hatti-harakatlar to‘g‘risidagi holatning aniqlanishi;
- ma’lumotning MDX (markaziy dispetcherlik xizmati) va uning filiallariga etkazilishi;
- olingan ma’lumotni qayd etish, mas’ul rahbar xodimlar va yuqori idora (IIV, IIBB, IIB) navbatchilik qismining xabardor etilishi;
- vujudga kelgan vaziyatga baho berilishi, undan kelib chiqqan holda e’lon qilinadigan tadbirlarning belgilanishi;
- tadbirning («Tutib olish», «Qal’a», «Sirena» va h.k.) e’lon qilinishi;
- e’lon qilingan tadbir bo‘yicha xizmat o‘tash tartibining belgilanishi;
- holatga ko‘ra (vaziyatni e’tiborga olgan holda) kuch va vositalarning taqsimlanishi;
Hamkorlikni tezkor amalga oshirishda markaziy dispetcherlik xizmati muhim o‘rin egallaydi.
Markaziy dispetcherlik xizmati o‘z faoliyatini axborot- kompyuter markazi bilan uzviy hamkorlikda amalga oshiradi, yo‘l - patrul xizmati bo‘linmalari harakatini muvofiqlashtiradi, yo‘l harakatining kompyuterlashgan boshqaruv tizimi ishini ta’minlaydi, transport oqimi yo‘nalishini kuzatishni amalga oshiradi va ularning to‘xtovsiz harakati ta’minlanishini tashkil etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB navbatchilik qismlari, YPX bo‘linmalari (brigadasi, bataloni, otryadi) komandirlari, MDH filiallari, mobil guruhlari va YPX ekipajlari, vertoletda patrullik qilish guruhi, shahar-tuman IIBlari navbatchilik qismlari, PPX bo‘linmalari va militsiya tayanch punktlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, zarurat tug‘ilsa, ishlab chiqilgan maxsus tadbirlar rejalariga muvofiq MXX, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, CHegara qo‘shinlari hamda qo‘shni davlatlar huquq -tartibot idoralari bilan tezkor aloqani ushlab turadi.
YPX brigadasi, batalonlari, otryadlari ichki ishlar idoralarining boshqa xizmatlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlarni tashkillashtiradi.
YPX otryadi o‘zining javobgarlik sektorida yo‘l harakati xavfsizligini va jamoat tartibini, avtomobil yo‘llarida hamda yo‘llarga tutashgan hududlardagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashni ta’minlaydi. Huquqbuzarliklarni aniqlash va uning oldini olishda YPX otryadlari o‘z sektorlarida (shahar va tumanlarida) yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bilan bir qatorda jamoat tartibini saqlash, avtomobil yo‘llarida hamda unga tutashgan ko‘chalarda huquqbuzarliklarni aniqlash va ularning oldini olishda YPX brigadasi, batalon komandiri, MDH filiallari, qo‘shni YPX otryaddari, vertoletda patrullik qilish guruhi, IIV, IIBB, IIB, shahar-tuman IIBlari navbatchilik qismlari, militsiya tayanch punktlari va PPX bo‘linmalari hamda sodir etilgan jinoyatlarning holatiga qarab MXX, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, CHegara qo‘shinlari bilan xamkorlik qilib tezkor aloqani ushlab turadi.
YPX mobil guruhlari ekipajlardan iborat bo‘lib, xizmat olib borayotgan yo‘llar va ko‘chalarda yo‘l harakati qoidalarini buzuvchilarni, olib qochilgan transport vositalarini, hodisa joyidan yashiringan haydovchilarni hamda sodir etilayotgan boshqa jinoyatlarni PPX, profilaktika inspektorlari, jinoyat qidiruv xodimlari bilan birgalikda fosh etish choralarini ko‘radi. Har bir sodir etilgan jinoyat haqida zudlik bilan MDH (yoki uning filiallariga) xabar qiladi va zaruriy choralar ko‘radi, otryad komandiri bilan doimiy to‘g‘ri tezkor aloqani ushlab turadi, qo‘shni mobil guruhlar, vertoletda patrullik qilish guruhi, javobgarlik hududida joylashgan tuman-shahar IIBlari navbatchilik qismlari, militsiya tayanch punktlari, PPX bo‘linmalari hamda tasdiqlangan rejaga muvofiq ichki qo‘shinlar bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi.
Mobil guruh MDH va uning otryadlari javobgarlik mintaqalarida joylashgan filiallari bilan doimiy to‘g‘ridan- to‘g‘ri tezkor aloqani ushlab turadi.
Mobil guruh xizmat olib borayotgan joyidagi tezkor vaziyatning o‘zgarishi haqida brigada (batalon, otryad, alohida otryad) rahbariyatini va hamkorlik bo‘yicha tegishli xizmatlarni, shu jumladan, navbatchilarni xabardor qiladi.
YPX ekipaji o‘z harakat mintaqasidagi yo‘llarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash vaqtida MDH va uning filiallari, mobil guruh, otryad komandiri, qo‘shni ekipajlar, vertoletda patrullik qilish guruhi, zarurat tug‘ilsa, shahar-tuman IIBlari navbatchilik qismlari, militsiya punktlari, PPX guruhlari, militsiya tayanch punktlari bilan axborot almashish yo‘li bilan hamkorlik qiladi va doimiy tezkor aloqani ushlab turadi.
Favqulodda holatlar sharoitlarida YPX bo‘linmalari ichki ishlar idoralari boshqa xizmatlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan maxsus tadbirlar rejalariga binoan kuch va vositalarini jalb qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |