DYHXX yo‘l nazorati bo‘lim (bo‘linma)larining asosiy vazifalari:
yuridik shaxslarning yo‘llar, sun’iy inshootlar va temir yo‘l kesishmalarini qurish, qayta qurish ishlarini loyihalashda me’yoriy hujjatlar talablari asosida harakatlanish xavfsizligini taminlashni nazorat qilish;
yo‘llar, sun’iy inshootlar va temir yo‘l kesishmalarida tashkillashtirilgan harakatni nazorat qilish;
yo‘l nosozligi sababli sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarini doimiy tahlil qilish va ularning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;
yo‘llarda mavjud harakatlanish holatlari va sharoitlarini o‘rganish hamda takomillashtirish borasidagi tadbiriy choralarni ishlab chiqish;
yo‘l harakatini tashkillashtirishda yangi texnik-boshqaruv vositalarini joriy qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |