DYHXX yo‘l nazorati bo‘lim (bo‘linma)lari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida:
yo‘l-transport hodisalari sabablarini tahlil qiladilar, yo‘l sharoiti xavfli hisoblangan va etarlicha o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lmagan yo‘l qismlarining holatlarini o‘rganadilar, yo‘l harakatini takomillashtirish hamda harakatdagi xavfsizlikni ta’minlash sharoitlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildiradilar;
qurish, qayta tiklash, zaruriy hollarda yo‘llar, sun’iy inshootlar va temir yo‘l kesishmalari, shahar elektr transporti tarmog‘i yo‘llaridagi harakat xavfsizligini ta’minlashga aloqador bo‘lgan qismlarini ko‘rib chiqadilar va xulosalar beradilar;
davlat va ishchi komissiyalar tarkibida yo‘lning harakat qatnoviga ajratilgan mintaqasidagi yo‘llarni, sun’iy inshootlarni, temir yo‘l kesishmalarini foydalanishga topshirish ishlarida qatnashadilar;
- yo‘llarda, sun’iy inshootlarda hamda temir yo‘l kesishmalarida olib borilayotgan barcha ishlar harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi me’yoriy hujjatlar talablariga javob berishini nazorat qiladilar;
- yo‘llar, sun’iy ishnootlar va temir yo‘l kesishmalarining holati, ularning texnikaviy vositalar bilan jihozlanishini nazorat qiladilar
- qurish, qayta tiklash, yo‘l holatini saqlash va temir yo‘l kesishmalarida harakat xavfsizligini hamda yo‘llarda harakatlanishni tashkil etishga aloqador bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadilar;
- yo‘llarda harakatlanishni tashkil etishning texnik-boshqaruv vositalarini joriy qilish va o‘rnatish bo‘yicha topshiriqlar ishlab chiqadilar.
- YHXB maxsus foydalanish boshqarmasi, bo‘lim va bo‘linmalari faoliyati ustidan tashkiliy-uslubiy boshqaruvni amalga oshiradilar;
- dahldor tashkilotlar bilan birgalikda yo‘llarda harakatlanishni tashkil etishda texnikaviy vositalardan va avtomatlashtirilgan usullardan foydalanishning samaradorligini tahlil qiladilar, ularni kelajakda tatbiq etish rejalarini hamda yo‘llarda harakatlanishni tashkil etishda texnik-boshqaruv vositalar, elektr kabellari va maxsus avtotransport vositalarining zaruriy miqdorini aniqlaydilar;
taqdim etilgan jamoat transporti vositalarining harakatlanish yo‘nalishini ko‘rib chiqadilar va qatnoviga ruxsat beradilar;
- o‘ta og‘ir, katta o‘lchamli va xavfli yuklarning transport vositasida tashilishida ularning xavfsiz harakat yo‘nalishlarini o‘rganib chiqadilar va qatnoviga ruxsat beradilar;
- O‘zbekiston Respublikasi IIV DYHXX yo‘l nazorati xizmati yo‘l harakatini boshqarishning standartlarda ko‘zda tutilmagan texnik-boshqaruv vositalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishga oid hujjatlarni ko‘rib chiqib ruxsat beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |