“Paxmoq kuchuk” o’yini
Bolalarning biri paxmoq kuchukni ifoda etadi. U polda boshini oldinga uzatilgan qо’llariga qо’yib yotadi. Qolgan bolalar asta uning atrofiga tо’planishib she’r о’qiydilar:
Paxmoq kuchuk yotadi,
Qarang, xurrak otadi.
Bilib bо’lmaydi aslo,
Uygoqmi u, uxlarmi yo?
Sekin kelib uygotsak,
Qiziq ish bо’lsa kerak.
Bolalar kuchukni uyg’ota boshlaydilar, uning tepasiga kelib, engashib, otini aytadilar, chapak chaladilar, hurkitadilar. Kuchuk irg’ib о’rnidan turib ketadi va qattiq vovullaydi. Bolalar har tomonga qochib ketadilar. Kuchuk ularninng ketidan quvlaydi, birortasini ushlab olishga harakat qiladi. Hamma bolalar har tomonga qochib, berkinib olganlaridan sо’ng, kuchuk yana yerga yotadi. О’yin 3-4 marta takrorlanadi.
Agar kuchukni tarbiyachi aks ettiradigan bо’lsa, u stul yoki о’rindiqda о’tirib «uxlaydi».
Do'stlaringiz bilan baham: |